. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari va ularning shakllanishi
Moliyaviy natijalami, ya’ni foyda (zarar)ning shakllanishi bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yilning 5-fevralida tasdiqlanib, 2003, 2005, 2015-yillarda ayrim o‘zgarishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom hisoblanadi. Ushbu Nizomga asosan xo‘jaliklarda foyda (zarar)ning quyidagi turlari aniqlanadi: — mahsulot(ish, xizmat)lami sotishdan yalpi foyda (zarar); — asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan foyda (zarar); — umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar); — soliqlar to'languncha foyda (zarar); — hisobot davrining sof foydasi (zarari). Hisob va hisobotda foydaning yuqoridagi turlari quyidagicha tartibda aniqlanadi: 1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan yalpi foyda — ularni sotishdan pul tushumidan sotilgan mahsulotlami ishlab chiqarish tannarxini chegirish orqali aniqlanadi va u quyidagicha ifodalanadi:
YAF = SST - TN,
bunda: SST - sotishdan sof tushum; TN — sotilgan mahsulotning tannarxi. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan foyda tarkibiga yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va zararlarining farqi hamda ulardan davr xarajati chiqarilib aniqlanadi, ya’ni:
AFF = YAF - DX + BD - BZ,
bunda: YAF — yalpi foyda; DX — davr xarajati; BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ — asosiy faoliyatdan kiritilgan boshqa zararlar. Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda:
UF = AFF + MD - MX,
bunda: MD — moliyaviy faoliyatidan olingan foyda. MX — moliyaviy faoliyatdan xarajatlar. Soliq to‘languncha foyda:
STF = UF + FF - FZ,
bunda: FF — favqulodda vaziyatlardan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan zarar. Sof foyda:
SF = STF - DS - BS,
bunda:
DS — daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; BS — boshqa soliqlar va to‘lovlar. Yuqorida keltirilgan foyda ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha tegishli tushunchalar va ular bo‘yicha ko‘rsatkichlar moliyaviy hisobotning «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl)»ida batafsil berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |