Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari


Download 63.53 Kb.
bet16/22
Sana15.02.2023
Hajmi63.53 Kb.
#1200331
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
BUXGALTERIYA MA\'RUZLAR MATNI 12-16

Yakuniy moliyaviy natija hisobi
Yakuniy moliyaviy natija — bu korxonaning hisob davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari (9010, 9300, 9500, 9710) bilan jami faoliyat bo‘yicha ko‘rilgan zarar (9720) va xarajatlarning (9100, 9400, 9600) hamda soliqlar va boshqa yig‘imlar (9800) o‘rtasidagi farqidir. Bunda jami faoliyat turlaridan olingan daromadlarga 9000, 9300, 9500 hisobvaraqlar debetlanib, 9910 hisobvaraq kreditlanadi. Jami faoliyat bo‘yicha ko‘rilgan zararga 9720 hisobvaraq kreditlanadi. 9910 hisobvaraqqa o'tkazilgan xarajatlar summasiga ushbu hisobvaraq debetlanib, 9100, 9400, 9600 hisobvaraqlar kreditlanadi. Shu kabi hisobot davri davomida soliqlar va boshqa yigMmlarni to ‘lash bo‘yicha foydaning ishlatilishiga 9910 hisobvaraq debetlanib, 9810, 9820 hisobvaraqlar kreditlanadi. Shu asosida 9910 — «Yakuniy moliyaviy natija hisobvarag‘i»da hisobot yilining sof foydasi (zarari) aniqlanadi. 9910 hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, aktiv-passiv hisobvaraq xarakteriga ega. Yuqorida ta’kidlanganidek, hisobvaraqning debetida xarajatlar, zararlar soliq va boshqa yig‘imlar oborotlari aks etsa, kreditida daromadlar bo‘yicha oborotlar aks etadi. Ular ichida 9910 hisobvaraqdagi foydaning soliqlar va boshqa yig‘imlardan tashqari qismi hisobot yilining soliq tolanguncha foydasini, soliq va boshqa yig‘imlar chiqarilgandan qolgan qismi xo'jalikning sof foydasini tashkil etadi. Xo‘jalikning hisobot yili sof foydasi (zarari) 9910 hisobva- rag‘idan 8700 — taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) hisobvarag‘iga quyidagi hisobvaraqlar bog‘lanishi bilan o‘tkaziladi: DT 9910 KT 8710 — foyda summasiga; DT 8720 KT 9910 — qoplanmagan zarar summasi. Ushbu buxgalteriya yozuvlaridan so‘ng 9910 hisobvaraq hisobot yo‘li muomalalari bo‘yicha to‘liq yopiladi.
Soliqlar va majburiy ajratmalar hisobi hamda ular bo‘yicha to‘lovlarga foyda ishlatilishining hisobi
Qonunchilikda belgilangan tartibda yil davomida foyda (daromad) hisobidan bo‘nak tariqasida hisoblangan hamda foydaning haqiqiy miqdori ning yil oxirida qayta hisoblangan soliqlar bo‘yicha hisoblashuvlariga quyidagi hisobvaraqlar mo‘ljallangan: 9810 — daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar; 9820 — foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar. Bunda yil davomida davlat byudjetiga soliqlar, yig‘imlar va boshqa ajratmalarga 9810, 9820 hisobvaralar debetlanib, 6410 — «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» hisobvaqag‘i kreditlanadi. Hisobot davri oxirida yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9810, 9820 hisobvaraqlari kreditlanib, 9910 hisobvarag‘i debetlanadi va ushbu hisobvaraqlar (9810, 9820) foyda hisobiga yopiladi. Ushbu toMovlar byudjetga o‘tkazib berilganda 6410 hisobvaragM debetlanib, 5110-5530 hisobvaraqlar kreditlanadi.

Download 63.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling