Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)laming turkumlanishi, ularni baholash tartibi
Download 63.53 Kb.
|
BUXGALTERIYA MA\'RUZLAR MATNI 12-16
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)laming turkumlanishi, ularni baholash tartibi
Qishloq xo‘jalik korxonalarida mahsulotlar hisobini to‘g‘ri tashkil etishda ularni turkumlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Mahsulotlar ishlab chiqarish sohasi, qabul qilish manbalari va boshqa belgilariga ko‘ra turkumlanishi mumkin. 1. Mahsulot ishlab chiqarish sohasiga ko‘ra: — o‘simlikchilik mahsuloti; — chorvachilik mahsuloti; — sanoat va yordamchi ishlab chiqarishlar mahsuloti. 2. Mahsulotlar kelib tushish manbasiga ko‘ra: — o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulot; — chetdan (savdo tarmoqlari, tovar bazalari va boshqa xo‘jaliklardan) sotib olingan mahsulotlar. 3. Mahsulotlar foydalanishiga ko‘ra: — urug‘lik va ko‘chat materiali; — yem-xashak; — sotishga mo‘ljallangan mahsulot va boshqalar. 4. Mahsulotlami xo‘jaliklar sotishi yo‘nalishlariga ko‘ra: — davlat buyurtmasi bo‘yicha sotish; — boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha sotish. 5. Mahsulotlami sotish kanallariga ko‘ra: — tayyorlov tashkilotlariga sotish; — dehqon bozorlarida sotish; — o‘z ehtiyojida foydalanish (sotish); — savdo shoxobchalari (do‘konlar) orqali sotish; — mehnat haqi hisobiga berish (sotish). Shu kabi ish va xizmatlar ham ulaming turi, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin. Qishloq xo‘jalik korxonalarida tayyor mahsulotlaming harakati hisob va hisobotda quyidagicha baholanadi: 1. Reja tannarxida — yil davomida. 2. Haqiqiy tannarxda — yil oxirida, shu yilning haqiqiy xarajatlari va mahsulotning haqiqiy miqdori aniqlangach. 3. Sotish baholarida — sotilgan mahsulot bo‘yicha. Shu kabi ayrim hollarda mahsulotlar harakatini baholashda sotishning sof qiymati, AVECO va FIFO kabi usullaridan ham foydalanishi mumkin. Ushbu tartib xo‘jalikning o‘zida tashkil etilgan ishlab chiqarishlar tomonidan amalga oshirilgan ish va xizmatlarga ham tegishli. Tegishli mahsulot chetdan sotib olinganda, ish va xizmatlar boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilganda shartnomaviy baho- larda, tomonlaming kelishuvi asosidagi joriy baholarda hisobga olinadi. 8.3. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)laming dastlabki, sintetik va analitik hisobi Qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlaming harakati quyidagi hujjatlarda rasmiylashtiriladi: — don va boshqa mahsulotlami daladan jo‘natish reyestri — don ekinlari mahsuloti bo‘yicha; — qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kelishi kundaligi - sabzavot, meva, poliz, tuxum va boshqalar; — paxta terimi to‘g‘risidagi kunlik ma’lumot — paxta daromadi bo‘yicha; — dag‘al va shirali ozuqalami daromadga olish dalolatnomasi — ozuqani daromadga olishda; — o‘simlikchilik mahsulotlarini saralash va quritish dalolatnomasi; — don va boshqa mahsulotlar harakati qaydnomasi — donli ekinlar mahsulotlarini yig'ishtirib olish mavsumida; — yem-xashakni sarflash qaydnomasi — yem-xashak sarfi bo‘yicha; — urug‘lik va ko‘chatni sarflash dalolatnomasi; — sut harakati qaydnomasi; — junni qirqish va daromadga olish dalolatnomasi hamda boshqa hujjatlar. Xo‘jaliklarda tayyor mahsulotning sintetik va analitik hisobiga quyidagi hisobvaraqlar moMjallangan: 2810 — ombordagi tayyor mahsulotlar; 2820 — ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar - ko£rgazma, yarmarka, reklama va ko‘rsatishga moMjallangan tayyor mahsulot; 2830 — komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar - ko- missiya va konsignatsiya bo‘yicha ortib jo‘natilgan tayyor mahsulotlar. Konsignatsiya — bir tomonning (konsignantning) boshqa tomonga (konsignatorga - vositachiga) xorijiy mamlakat om- boridagi tovarni o‘z nomidan, biroq konsignant hisobiga sotish to‘g‘risidagi topshirig‘i. Korxonalar tomonidan konsignatsiya shartlari asosida olinadigan tovarlar 004 — «Komissiyaga qabul qilingan tovarlar» balansdan tashqari hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotning harakati bo‘yicha quyidagi hisoblar o‘zaro bog‘lanadi. Muomalalarning Hisoblar bog‘lanishi mazmuni DT KT 1. O'simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarish, yordamchi va xizmat ko‘rsatishlardan mahsulot qabul qilindi (xizmat va ishlar bajarildi) 2810 2010 2310 2710 2. Tayyor mahsulot ko‘rgazmaga berildi ko‘rgazmadan qabul qilindi 2820 2810 2810 2820 3. Mahsulot qayta baholandi: bahoning oshishiga kamayishiga 2810 3190 6230 2810 4. Inventarizatsiya natijasida: mahsulotning oshiq chiqishiga kamomadiga 2810 5910 9390 2810 5. Mahsulotlar ichki ehtiyojlarga berilganda 2010, 2310, 2510, 2710, 9410 2810 6. Sotilgan mahsulot tannarxi bo‘yicha hisobdan chiqarildi 9110 2810 7. Tayyor mahsulot tekinga homiylik yordami sifatida berilganda va boshqalar 9430 2810 2810, 2820, 2830 hisobvaraqlar bo‘yicha tayyor mahsulotning analitik hisobi javobgar shaxslar bo‘yicha, mahsulot turlari (sortlar, partiyalar, kiplar va boshqalar) bo‘yicha va tayyor mah- sulotni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi. Bajarilgan ish va xizmatlaming analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha tashkil etiladi. Download 63.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling