hamkasblar bilan birgalikda shartnomalar hamda majburiyatlar to‘liq bajarilayotganini kuzatib borish.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) bajarilgan ish sifatini tekshirishning biror usulini topadi;(b) ish sifatini kuzatib boradi;(v) ma’lumotlarni tekshirib boradi;(g) o‘zi va o‘zgalarning ishiga aniqlik kiritish maqsadida kuzatib boradi;(d) tashkilotning ishdagi o‘sishni yoki ma’lumotlarni tekshirish tizimini ishlab chiqadi va tadbiq etadi;(e) boshqa foydalanuvchilar uchun uchun zarur materiallar yoki ma’lumotlarni yig‘adi va tashkil etadi;(j) ishchilarning, ma’lumot markazi boshqaruvchisining va boshqa hamkasblarining xisobotlaridagi ma’lumotlarning aniqligini sinchiklab tekshiradi va ko‘rib chiqadi. - 27. Qat’iyatlilik- murakkab qarorlarni tezlikda qabul qila oladi.
- Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) vaqt chegaralangan, murakkab yoki noma’lum vaziyatlarda qaror qabul qilishga tayyor turadi;(b) boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muammoni xal etish, vaziyatdan chiqib ketish uchun qilingan qarorning kafolatini va guruhga boshchilik qilishni o‘z zimmasiga oladi;(v) murakkab qarorlar qabul qiladi (bo‘limni tugatish, ish o‘rinlarini qisqartirish, tavakkalchilikka asoslangan bitimlardan voz kechish).
- 28. O‘ziga ishonch- o‘z g‘oyalari va muvoffaqiyat qozonish imkoniyatlariga ishonch hamda qarama-qarshi mavqei (pozitsiya)dagi shaxs oldida mustaqil lavozimni egallashga tayyor bo‘lish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) maqsadlarga erishishdagi o‘z imkoniyatlariga ishonadi;(b) zarur paytda adolat mezonlari asosida, haq bo‘lgan shaxs yoki guruhni qo‘llab-quvvatlay biladi;(v) murakkab masalalarga o‘z kuchiga to‘la ishonch bilan yondashadi.
- 29. Stresslarni boshqarish-bosim o‘tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini qo‘lga ola biladi.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) stressli vaziyatlarda tinch turadi;(b) bir vaqtning o‘zida bir necha muammo va masalalarni samarali hal etadi;(v) tanqid, tuxmat va shu kabilarga uchraganda o‘zini nazorat qila oladi;(g) qiyin vaziyatlarda ham o‘zining yumor kayfiyatini saqlaydi;(d) stresslarni kamaytirish yoki yo‘qotsh o‘z xulq-atvorini boshqara oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |