Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogik ta’lim fakulteti
Download 21.74 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ MUSTAQIL ISHI
- 1. Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asosi, vazifalari.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIK TA’LIM FAKULTETI 5111700-BOSHLANG‘ICH TA’LIM VA SPORT-TARBIYAVIY ISHI YOʻNALISHI 9-14BTUS-19 - GURUH TALABASI _____________________________________ning ONA TILI O‘QITISH METODIKASI FANIDAN ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ MUSTAQIL ISHI Mavzu: Lug‘at ustida ishlash Reja: Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asosi, vazifalari. So‘z ma’nosini tushuntirish yo‘llari. Ko‘p ma’noli so‘zlar ustida ishlash. Mantiqiy mashqlar. Lug‘at ustida ishlashda metodik usullardan foydalanish 1. Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asosi, vazifalari. So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligi. Tildagi so‘zlar yig‘indisi tilning lug‘at boyligini tashkil etadi. So‘zning ikki tomoni: tovush tomoni va ichki - ma’no tomoni bo‘lib uning ma’nosi leksikada o‘rganiladi. So‘z aniq predmetini ham, mavxum tushunchalarni ham bildiradi. Tilning lug‘at tarkibi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘zgarib, rivojlanib, boyib boradi. Bularni leksikologiya tekshirib boradi. Shuning uchun ham leksika lug‘at ustidan ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Tilning lug‘ati qancha ko‘p bo‘lsa, fikr shuncha aniq ifodalanadi. Jumladan, aniq bir shaxsning ham o‘z lug‘ati boyligi bo‘ladi. Nutqi lug‘atga boy kishining nutqi aniq, ravon bo‘ladi, shuning uchun boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ham o‘quvchilar nutqini so‘z bilan boyitishdir. Metodika lug‘at ishlarini yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, o‘quvchilar lug‘atini boyitish jarayonini boshqarish yo‘llarini ishlab chiqadi. Boshlang‘ich ta’lim lug‘at ustida ishlash metodikasi 4 yo‘nalishda ish olib boradi; 1. O‘quvchilar lug‘atini boyitish. O‘qituvchilarga so‘zlarnig ma’nolarini tushuntirish orqali har kuni 8-10 ta so‘z bilan, jumladan, ona tili darsida 4-6 so‘z bilan lug‘atini boyitishni ko‘zda tutadi. 2. Lug‘atiga aniqlik kiritish: a) o‘qituvchilar ma’nosini yaxshi bilmaydigan so‘zlar ma’nosini izohlash orqali; b) kinoyali, ko‘p ma’noli so‘z ma’nolarini izohlash orqali; v) sinonim so‘zlarning ma’no ottenkalarini izohlash orqali; g) iboralarning ma’nosini izohlash orqali; 3. Lug‘atni faollashtirish, kam ishlatadigan so‘zlarni ishlatish uchun sharoit yaratish: diologlar, suhbat uyushtirish, bayon, insho yozdirish. 4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni passiv lug‘atiga o‘tkazish. Lug‘at ustida ishlashda so‘zning adabiy orfoepik talaffuzi, imlosi ustida ham ishlanadi. O‘quvchilar nutqi muayyan manbalar asosida boyitiladi. a) tabiatni, kishilar hayoti, mehnati, bolalar o‘yin va o‘qish faoliyatini kuzatish orqali; b) badiiy asarlar orqali; v) gazeta va jurnal materiallari orqali; g) radio va teleko‘rsatuvlar orqali; d) ona tili darslaridagi mashqlar orqali; e) lug‘atlar orqali. Download 21.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling