Boshqaruv metodlari to`g`risida: Usul – bu tadqiq qilish yoki ta`sir ko`rsatishdir. Tadqiq qilish nuqtai nazaridan usul deganda boshqaruv obyektni o`rganish jarayonida qo`llaniladigan usullar, ya`ni


Download 347.95 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi347.95 Kb.
#1349835
1   2   3   4
Bog'liq
бошқарув усуллари

Boshqaruv usullari
Boshqarishning nazorat funksiyasi bajarishda qo`llaniladigan usullar tezkor, buxgalteriya hisobi hamda statistika holatiga bog`liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya usullari xodimlarni mehnatga chorlaydigan barcha usullarni, ya`ni:
  • ish haqi;
  • rag`batlantirish tizimi;
  • foyda taqsimotiga qatnashish;
  • ma`naviy rag`batlar
  • yuqori lavozimlarga tayinlash;
  • malakalarini oshirish kabilarni o`z ichiga oladi.

Boshqaruvning iqtisodiy usullari
Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlar tarzida namoyon bo`ladi. Manfaatlar uch xilda bo`ladi:
  • Umumjamiyat manfaatlari
  • Jamoa manfaatlari
  • Shaxsiy manfaatlar

Boshqarishning iqtisodiy usullari va ularning shakllari jumlasiga:
  • kredit va foiz stavkasi

  • Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta`sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o`zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi.
    Davlat bo`sh turgan pulning tarkibini o`zgartirish orqali bozordagi pulga talab va taklifni o`zgartirishga erishadi. Bo`sh pullar:
        • Hozir qarz berish ajratilgan;
        • Zahiradagi kredit sifatida turgan pullarga bo`linadi
  • Soliq va soliq yuki

  • Davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotga ta`sir o`tkazadi va boshqarish jarayoniga qatnashadi. Soliqlar hamma davlatlarda mavjud bo`lib, majburiy to`lov shaklidir
    Soliqlar boshqaruv jarayoniga uch vazifani bajarish orqali o`z ta`sirini ko`rsatadi:
        • Fiskal vazifa, ya`ni davlat xazinasiga pul tushirish
        • Iqtisodiy faollikni rag`batlantirish
        • Aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni sotsial himoyalash
  • Undiriladigan soliq summasining soliq obyekti summasiga nisbatan hisoblangan miqdori soliq yuki(stavkasi) deyiladi
  • boj to`lovlari
  • subsidiya va sanksiya

  • Subsidiya – bu davlat tomonidan aniq maqsad yo`lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag`idir.
    Subsidiya:
        • Jahon bozorida milliy manfaatni himoya qilish;
        • Dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar eksportini to`xtatib turgan firmalarga mada berish;
        • Zarur ish bilan shug`ullanuvchi, lekin yangi, hali moliyaviy zaif firmalarni qo`llab- quvvatlash;
        • Davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish tutayotgan firmalarni siylash uchun beriladi

        • Sanksiya- iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatda chiqarib, ularning bir me`yorda ishlab turishini ta`minlash hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo`lishiga bermasdan, raqobatchi korxonalarni sonini kerakli miqdorda saqlab turish maqsadlarida amalga oshiriladi.
  • litsenziya;
  • transfert to`lovlari;

  • Transfert to`lovlari – bu o`tkazma to`lovlar, davlat byudjet vositalarini qayta taqsimlash shakllaridan biri.
    Bu to`lovlar:
        • Xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;
        • Davlat qarzlari bo`yicha foiz to`lovlari
        • Ijtimoiy ehtiyojlari ko`rinishida bo`lishi mumkin.
  • narx-navo va hokazolar kiradi.


Download 347.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling