Boshqaruv Moslashuv Bitishuv
So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi
Download 85.61 Kb.
|
1-mavzu Sintaksis
So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi
Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi quyidagi vositalar orqali bo‘ladi: 1. Affikslar. O‘zbek tilida so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvida turlovchi va tuslovchi affikslarning xizmati katta. Masalan: chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ladi (O‘.H.). Bu gapdagi so‘zlar o‘zaro kelishik affikslari (-ning, -ga), egalik affiksi (-i) va shaxs-son affiksi (-di) orqali sintaktik aloqaga kirishgan. 2. Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar gapda so‘zlarning o‘zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi. Masalan: Xalqning ulug‘ vorligi uning soni bilan o‘lchanmaydi, yagona o‘lchov uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir. («Tafakkur gulshani»). Bu gapda ot (soni) fe’liga (o‘lchanmaydi) bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan; kamoloti, barkamolligi so‘zlari teng aloqaga kirishib, uyushgan ot kesim vazifasini bajargani holda va bog‘lovchisi yordamida sintaktik munosabatga kirishgan. Ba’zi hollarda yuklamalar ham bog‘lovchi vazifasida kelib, so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatni ko‘rsatib keladi: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi. (P.Q.) Bog‘lama ega va ot kesim munosabatini ifodalashga xizmat qiladigan yordamchidir: Hayotda go‘zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») 3. So‘z tartibi. Gap tarkibidagi so‘zlarda maxsus grammatik ko‘rsatkichlar bo‘lganda, ularning o‘rnini almashtirish sintaktik holatni o‘zgartirmaydi. Qiyoslaylik: daraxtlarning tagida... nozikkina maysalar ko‘rinib qoladi. (O‘.U.). – Nozikkina maysalar daraxtlarning tagida ko‘rinib qoladi. So‘zlarda maxsus grammatik ko‘rsatkichlar bo‘lmaganda, ularning o‘rnini almashtirish sintaktik holatga ta’sir qiladi. Qiyoslang: yam-yashil dala (aniqlovchili birikma) – Dala yam-yashil (ega, kesimdan iborat yig‘iq gap). Download 85.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling