Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Download 85.61 Kb.
bet6/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

3. Sifatli birikma. Mazkur birikmada hokim so‘z otlashmagan sifat bilan ifodalanadi, birikmaning qismlari boshqaruv yo‘li bilan sintaktik munosabatga kirishadi: akasidan kuchli, singlisidan ziyrakroq.
4. Ravishli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi otlashmagan ravish bilan ifodalanadi. Ravishli so‘z birikmalarida tobe va hokim qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi: raketadan tez, toshbaqadan sekin.
5. Modal so‘zli birikma. Bunda modal so‘z birikmaning hokim so‘zi sifatida keladi. Birikma boshqaruv yo‘li bilan tuziladi: bizga kerak, o‘quvchilarda bor.
Sifatli, ravishli, modal so‘zli birikmalar ham fe’lli birikma singari so‘zshakl bilan so‘z (leksema)ning o‘zaro bog‘lashi natijasida hosil qilinadi.
So‘z birikmalari, tobe qismning sintaktik vazifasiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) aniqlovchili birikma; 2) to‘ldiruvchili birikma; 3) holli birikma.
1. Aniqlovchili birikma. Bunday birikmalarning tobe qismi aniqlovchining barcha turlari vazifasini bajaradi. SHunga ko‘ra ularni: 1) sifatlovchili birikma; 2) qaratuvchili birikma; 3) izohlovchili birikmalarga ajratish mumkin. Masalan: yozma ish, ilmiy maqola, beshta kitob, allaqanday ovozlar – sifatlovchili birikma; iqtisodiyotning taraqqiyoti, maktab hovlisi - qaratuvchili birikma; o‘qituvchi Salimova, professor Qodirov - izohlovchili birikma.
Aniqlovchili birikma bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan tuziladi.
2. To‘ldiruvchili birikma. Tobe qismi to‘ldiruvchi vazifasini bajaradigan so‘z birikmasi to‘ldiruvchili birikma deb yuritiladi. Bunda qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li bilan birikadi. Masalan: yoshlarga nasihat qilmoq, odamlarni qadrlamoq, talabalar uchun darslik, ilm-fan haqida so‘zlamoq.
3. Holli birikma. Bu xil so‘z birikmalarining tobe qismi hol vazifasini bajaradi. Holli birikmaning tobe va hokim qismlari o‘zaro bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi: yangicha fikrlamoq, birga ishlamoq, maktabdan qaytmoq, erta boshlamoq.
So‘z birikmalari tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: 1) oddiy so‘z birikmalari; 2) murakkab so‘z birikmalari.

Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling