Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Download 85.61 Kb.
bet9/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

Gapning ma’no turlari
O‘zbek tilida gaplar turli nuqtai nazardan tasnif qilinadi:
I. Ifoda maqsadiga ko‘ra.
II. Emotsionalikka ko‘ra.
III. Tuzilishiga ko‘ra.
Ifoda maqsadiga ko‘ra va bu maqsad bilan bog‘liq bo‘lgan ohangga ko‘ra gaplar darak, so‘roq, buyruq gaplarga ajratiladi.
Emotsionalikka ko‘ra gaplar ikki turga bo‘linadi: his-hayajonli gaplar yoki undov gaplar va his-hayajonsiz gaplar. Darak, so‘roq, buyruq gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo‘lmagan gaplar deb yuritiladi. YUqorida sanab o‘tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan his-hayajon gapga aylanadi.
Tuzilishiga ko‘ra gaplar sodda va qo‘shma bo‘ladi. Gaplarning bunday bo‘linishi ularning tarkibidagi predikativlik birliklarning soniga, miqdoriga asoslanadi.


Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap.
1. Darak gap
Borliqdagi hodisalar haqida tasdiq yoki inkor yo‘li bilan xabar qiluvchi gap darak gap deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko‘p qo‘llanadi.
Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo‘ladi. Darak gap darak ohangi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko‘tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli salqini. Ko‘kda, daraxtlar ustida g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi. (O.).
Darak gapning kesimi ko‘pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe’l bilan yoki fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalanadi.
Darak gap oxiriga nuqta qo‘yiladi.
2. So‘roq gap
So‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma’lumot olish ko‘zda tutiladigan gap so‘roq gap deyiladi.
So‘roq gaplar ko‘proq dialogik nutqda qo‘llanadi. Bunday gaplar alohida ohang bilan aytiladi.
So‘roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi:

Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling