Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Download 85.61 Kb.
bet10/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

1. So‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan qo‘rqqaningmi bu, Robiya? (P.Q.). Ammo Naziraning o‘rniga o‘zimni qo‘yib ko‘rsam-chi? (O‘.Usmonov).
2. So‘roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo‘ydingiz? (F.Musajonov). Nega o‘rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O‘.Usmonov).
3. So‘roq ohangi. Bunda savol mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zda ohang (ohang) ko‘tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? – deb so‘radi. (O‘.Usmonov). Juda kamnamolar, Akmalxon? (F.Musajonov).
So‘roq gaplar so‘roqning xususiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: sof so‘roq gaplar, ritorik so‘roq gaplar, so‘roq buyruq gaplar.
Sof so‘roq gaplar tinglovchidan so‘roqqa javobni talab qiladi. Masalan: Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xo‘jalik bo‘limi shumi? (F.Musajonov)
Ritorik so‘roq gaplarda so‘roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi. Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko‘radigan kishining yuziga oyoq bosishdan og‘ir jinoyat bormi? (A.Muhiddin).
So‘roq-buyruq gaplar so‘roq orqali buyruq jilvasini o‘z ichiga oladi. Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o‘zi qaerdaligini aytib berolmaysizmi? (O‘.Usmonov).
3. Buyruq gap
So‘zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi:
1. Buyruq, do‘q-po‘pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering. (P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga ham ota, ham ustozlik qiladi, o‘g‘lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov.). – Sen darsingga o‘tir, qizim, - buyruq qildi u YUlduzga, - sen Qunduz, Temirjonga darrandayu parrandalaringni ko‘rsat. (J.Abdullaxonov.).
2. Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo‘ladi. Faqat iltimos qilamanki, bo‘tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq solguvchilar paydo bo‘lib, biror ishkallikni o‘ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga uncha ro‘yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov).

Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling