Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Download 85.61 Kb.
bet11/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

3. Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo‘q, toylog‘im,- deb qoldi professor, - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang. (J.Abdullaxonov). Keling, institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘ling avval. (J.Abdullaxonov).
Buyruq gapning ko‘pgina ma’nolari ohang orqali anglashiladi.
Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: 1) buyruq ohangi; 2) ko‘pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi; 3) gapga buyruq jilvasini qo‘shadigan maxsus so‘zlar (keling, kel, yaxshisi, iloji bo‘lsa va boshqalar).
Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko‘ra farqlanadi:
1. Buyruq gapning kesimi ko‘p hollarda buyruq-istak maylidagi fe’l bilan ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang.
Etishmasa ishga qurbati,
Xunukkina qizlarni siylang,
Go‘zal bo‘lar ular siyrati.
Birovlarning haqqin eganni
Dasturxonga yo‘lata ko‘rmang.
Rostni ko‘rib yolg‘ on deganning
Kosasini to‘lata ko‘rmang. (A.Oripov).
2. Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji bo‘lsa, uzoq kutdirib qo‘ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo‘lsa, marhamat qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov).
3. Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor haliginday takror qo‘l siltadi: - Raddiyani uning o‘ziga yozdirasiz, bo‘tam. (J.Abdullaxonov).
4. Buyruq gapning kesimi vazifasida fe’ldan boshqa so‘zlar ham kelishi mumkin. Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.Q.). Bobur uning so‘nggi yillarda o‘rgangan chavandozlik mashqlaridan ko‘rsatmoqchi ekanini sezdi. - Qani, qani,- dedi maroq bilan. (P.Q.). Hazratim, lozim bo‘lsa, endi musiqadan, bir imtihon qilib ko‘ring. -Qani, qani! (P.Q.). Orqadan kimdir: «E, bas, bas!» deb qichqirdi. (P.Q.).
4-§. Gapning his-hayajon ifodalash-ifodalamasligiga ko‘ra turlari
Gaplar emotsionallikka ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) his-hayajonsiz gaplar, 2) his-hayzjon yoki undov gaplar.
Xabar-darak, so‘roq, buyurish ohangsiga ega bo‘lgan gaplar emotsional bo‘lmagan gaplardir. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan gaplarning barchasi, ya’ni darak gap, so‘roq gap va buyruq gaplar emotsional bo‘lmagan gaplarni tashkil qiladi.
His-hayzjon gaplar, yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon ohangi, ohangi bilan talaffuz etiladi.
Darak, so‘roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. Shunga ko‘ra undov gaplarning darak-undovgap, so‘roq-undov gap, buyruq-undov gap turlari yuzaga keladi.
Darak-undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, o‘rtoq! (O‘.H.)
So‘roq-undov gap: Bu gaplardan so‘ng menga ko‘ngillarini ocharmidilar?! (P.Q.).
Buyruq-undov gap: Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin bo‘lavermasin!- dedi Davlatbekov. (P.Q.).
Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi:
1) turli his-tuyg‘ularni: shodlik, quvonch, taajjub, afsuslanish, hayratlanish, g‘azab va shu kabilarni bildiruvchi ohang yordamida. Masalan: Odamlar bilan... yashash, ishlash, do‘stlashish, yordamlashish va yordam olish naqadar yaxshi! (CH.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.). Ayam bilan xollam yo‘lga nima pishirsak ekan deb maslahat qilib o‘tirishibdi! (A.Q.). Yillar, yillar o‘tdi! (A.Q.). Kecha g‘ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.);
2) undov so‘zlar yordamida. Masalan: E, u gaplar o‘tdi-ketdi-da! (P.Q.). Obbo, noshudlar-ey!- dedi Ortiq qo‘ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi. (A.Q.). O‘h-o‘h-o‘h! CHuchvarak-ku... Hay-hay, og‘izda erib ketadi-ya!.. (A.Q.);
3) yuklamalar yordamida. Masalan: Nahot, Mavloningiz jiyanining to‘yiga kelmasa! (A.Q.). ... birpas tinch qo‘ymaydi-ya!- deb bolalarini koyidi. (P.Q.). Boyaqishlar selda qoldi-yov!- deb Suyunboy aka qoyatoshning kamaridan chiqdi. (P.Q.).




Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling