Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Download 85.61 Kb.
bet44/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

27. Kirish gapni aniqlang.
A) O‘qish, o‘rganish, hormay zo‘r ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g‘alabalarga etkazadi. B) Men sizga aytsam, buyuklikka eng yaqini halollikdir.C) Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? D) Afsus, ming bor afsuski, bu xayolgina, xolos.
28. Dunyoda hech bir xalq to‘g‘ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga. Ushbu gapdagi mening bilishimcha birikmasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) murakkab kesim B) mening – aniqlovchi; bilishimcha – kesim C) mening bilishimcha – aniqlovchi D) kirish birikma
29. Undalma uyushiq holda qo‘llangan gapni toping.
A) Oyi, oyi, menga-chi, tutib bersin ninachi. B) So‘yla, so‘yla, ko‘zgujon, Haqiqatni et bayon. C) Gunafshaxon, gunafsha, Kulishlaring chiroyli. D) Xayr, yashil o‘rmonzor, moviy dengizlar.
30. So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z qaysi gapda berilgan?
A) Ey farzand, fe’l-atvoring kishilarni ranjitmasin.B) O‘qishdan keyin sof havoda dam olamiz, albatta. C) Oy tangalari suv betida milt-milt oqadi. D) Bu joylar shuqadar chiroyli, shuqadar go‘zal!
31. Gumon ma’nosini bildiradigan kirish so‘z qaysi qatorda?
A) Xullas, o‘zbek paxtakori mo‘l hosil etishtirish uchun hamma kuch, vositalarga ega bo‘lishi kerak. B) Darvoqe, bu gap agronomning uyida ham aytilgan edi. C) Yaxshi ishlasam, albatta, chakki bo‘lmaydi.D)Dadam, ehtimol, Qo‘qonga ketgandir.
32. Kirish birikmani toping.
A) Olimning ta’kidlashicha, izchil mehnat hamma to‘siqlarni engadi. B) Menimcha, badiiy asar o‘qish yaxshi hordiq chiqarishdir. C) Nihoyat, Sultonmurod Hirot voqealari haqida gapirishni so‘radi. D) Haqiqatan, Kimsan bugun unumli mehnat qilgan edi.
33. 1. Jahonga yuz tutgan O‘zbekistonim, sening har bir yutug‘ing mening yutug‘imdir. 2. O‘g‘lim, Yodgor! Aftidan sen bu gaplarni eshitmagansan. 3. O‘-o‘, do‘stim. Buning hammasi xom xayol. 4. Sobir! Eski oshnalaringni topib keldim. Ushbu gaplarning qaysi biri tarkibida yoyiq undalma mavjud?
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 3

Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling