Boshqaruv personali mexanizimi tashkil etish
axborot tizimi modullari funksional chizmasi
Download 105.55 Kb.
|
BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH
axborot tizimi modullari funksional chizmasi
«Shtatlar jadvali» moduli korxona yoki tashkilot tarkibini aks ettirish va ularning shtatlar jadvalini yuritishni ta’minlaydi. Korxona (tashkilot) tarkibi hamda uning shtatlar jadvalidagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar)ni tayyorlash va hisobga olish shtatlar jadvalini yuri- tishning muhim va zarur elementi hisoblanadi. Ma’lumki, korxona (tashkilot) bo‘lim xizmatlaridan tarkib topadi. Shuning uchun har bir bo‘lim va xizmat shtat birliklari, ularning tasnifi modullashtiriladi. Bu shtatlar jadvali va birliklarini hisobga olib borish, mazkur masala yuzasidan hisobotlar tayyorlash imkonini yaratadi. Modulning ba’zi funksional imkoniyatlari quyidagilardan iboratdir: — har qanday murakkablikka ega korxona (tashkilot) korporativ tarkibini ishlab chiqish va takomillashtirib borish; — korxona (tashkilot) bo‘limlari bo‘ysunish ko‘rinishlarini shakllantirish. Tayyorlangan hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) asosida bo‘linmalar bo‘ysunishlari shakllarini o‘zgar- tirish, ya’ni bo‘ysunish shakllarini ishlab chiqish, ularni takomillashtirib borish; 241
korxona (tashkilot) tarkibiy bo‘limlari shtatlar jadvalini shakllantirish. Amaldagi va rejalashtirilayotgan shtatlar jadvalini yuritish; — tayyorlangan buyruqlar asosida shtat birliklarini, ish haqi miqdorlarini qayta guruhlashtirish, o‘zgartirish, takomillashtirish; — ham tarkibiy bo‘linmalar va xizmatlar, ham umuman korxona (tashkilot) bo‘yicha shtatlar jadvali, personalni amalda joy-joyiga qo‘yilishi bo‘yicha asosiy hisobot shakllarini tayyorlash; — ish haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar, mehnatga ishbay va vaqtbay haq to‘lash, tarif setkalari, razryadlari, koeffitsiyentlari bo‘yicha tegishli hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, mehnatga haq to‘lashga doir buyruqlarni tayyorlash. Download 105.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling