Boshqaruv personali mexanizimi tashkil etish


Download 105.55 Kb.
bet1/26
Sana20.11.2023
Hajmi105.55 Kb.
#1788774
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH


BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH

Reja:


1. Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari,
tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi.
2. Personalni rivojlantirish.
3. Personalni boshqarishda axborot texnologiyalari.
4. Personalni tashkil etish va boshqarishda xorij tajribasi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yoki tashkilot, albatta yuqori 


daromad olishga intiladi. Buning uchun esa ulardan samarali boshqaruv
jarayoni hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish talab etiladi. 
Yuqori daromad olishga hamda raqobatda g‘olib chiqishga sabab bo‘luvchi eng
asosiy omillardan biri esa aynan inson omilidir.
Har qanday korxona yoki tashkilotning kuch-qudrati unda faoliyat olib
borayotgan xodimlar, insonlar bilan, ularning soni va intellektual potensiali bilan 
o‘lchanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti fazalari hisoblangan ishlab chiqarish,
taqsimlash, ayirboshlash va is’temol jarayonlarining ham boshqaruvchisi ham 
boshqariluvchisi aynan inson omili, personal hisoblanadi.
Bugungi kunda barcha sohalarda, xususan moliya institutlarida personalni 
tog‘ri boshqarish orqali samaraga erishish masalasi tashkilotlar oldida turgan eng
muhim vazifalar qatoridan joy olishi tabiiy holdir. Chunki har bir
jarayonning bevosita va bilvosita ishtirokchisi bo‘lgan inson, uning
psixologiyasi juda murakkabdir. Ayniqsa bugungi kunda personal faoliyatini
to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish orqali yuqori natijalarga erishish har bir
rahbarning asosiy maqsadi bo‘lishi lozim.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi moliya sohasining asosiy institutlaridan biri
bo‘lgan tijorat banklarida ham bank personalini t o‘gri tashkil etish va boshqarish 
orqali ko‘plab ijobiy natijalarga erishilmoqdi: “O‘tgan yili bank tizimini
yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish va
investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank tizimining jami
kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800 milliard
so‘mga etdi. So‘nggi 5 yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi. Bank
tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy 
qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori
ko‘rsatkichlardan 2 marta ko‘pdir” 

7


Download 105.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling