Boshqaruv personali mexanizimi tashkil etish


Download 105.55 Kb.
bet3/26
Sana20.11.2023
Hajmi105.55 Kb.
#1788774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH

nazariyasi», «Mehnat iqtisodiyoti», «Mehnat sotsiologiyasi», 

«Mehnat huquqi» kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
«Personalni boshqarish» fani, jumladan, «Falsafa» fani 
tamoyillarini, ya’ni insoniyatning tarixiy shakllanishi, mehnat
jarayonining mohiyati va mazmuni insonning asosiy faoliyati 
sifatida namoyon bo‘lishi, uning ijtimoiy va fan-texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq tarzda har tomonlama rivojlanishi kabi 
muammolarni birgalikda o‘rganadi.
«Personalni boshqarish» fani, «Iqtisodiy nazariya» fani 
bilan ham chambarchas bog‘liqdir. U mehnat bozori va uning
tarkibiy qismlari, ishsizlik va uni kamaytirish yo‘nalishlari, 
mehnat bozorini tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati kabi
masalalarning iqtisodiy hamda nazariy jihatlarini birgalikda hal 
etadi.

11
Mehnatning mohiyati va mazmuni, taqsimoti va 


kooperatsiyasi, xodimlarning mehnatini ilmiy asosda
tashkil etish, mehnatga haq to‘lash, uni rag‘batlantirish kabi 
muammolarni birgalikda hal etish jihatidan ushbu fan «Mehnat
iqtisodiyoti» fani bilan uzviy bog‘liqdir. Bu xodimlarning 
serunum ishlashini ta’minlash, malaka ko‘nikmasidan samarali
foydalanish, salomatligini saqlash va mustahkamlash, komillikka 
erishishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berishda, ayniqsa,
muhimdir.
Personalni boshqarishda inson omiliga tashqi muhitning
ta’siri, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida ishlovchilarning 
o‘z atrofidagilarga munosabati, ishlab chiqarish muhitining,
sanitariya-gigiyena omillarining inson organizmiga, salomatligi 
va ishga bo‘lgan munosabatiga hamda ishlash qobiliyatiga
ta’siri kabi jihatlar, albatta, hisobga olinishi lozim. Bular 
ishlovchilarning o‘zi ishlayotgan korxonaga, o‘z ishiga
bo‘lgan munosabatida shakllanadi. Shunday ekan, «Personalni 
boshqarish» fani o‘zi chambarchas bog‘liq bo‘lgan «Mehnat 

fiziologiyasi», «Mehnat gigiyenasi», «Mehnat muhofazasi» kabi
fanlarning mehnatga munosabati borasidagi nazariy tomonlari 
va tavsiyanomalariga amal qilishi lozim.
Mehnat faoliyatining ijtimoiy yo‘nalishlari va jamoaning 
ijtimoiy masalalari — mehnatning mazmun va xarakteriga
ko‘nikish, uni tashkil etishda, ishlovchilarning faolligi, 
mehnatdan qoniqish hosil qilish omillari, rag‘batlantirishning
turli shakllari va ularga munosabat kabi masalalarni o‘rganishda 
«Personalni boshqarish» fani «Sotsiologiya», shu jumladan,

«Mehnat sotsiologiyasi» fani bilan uzviy aloqador. Shuningdek,
mehnat qonunlari, huquqlari va me’yorlarini o‘rganishda huquqiy 
fanlar, jumladan, «Mehnat huquqi» fani tavsiyanomalariga
tayanadi.

12
Umuman, kadr deganda, turli sohadagi fan va texnika 


mutaxassislari, shu jumladan, bajarayotgan ishi maxsus kasb
tayyorgarligini talab qiladigan malakali ishchilar tushuniladi. 



Download 105.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling