- Agar muloqot jarayonini yaxlit bir faoliyat sifatida undagi asosiy maqsad - muomalaga kirishgan shaxslarning umumiy muammolarini yechish bo’ladigan bo’lsa, muloqotning tashabbuskori bo’lgan shaxsning ta’siri qanchalik adresatga - ta’sir yo’naltirilgan kimsaga yetib borishi katta amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham olimlar muloqotning samaradorligi ko’proq qaysi vositalarga bog’liqligiga qiziqadilar. Amerikalik olim Megrabyanning ma’lumotlariga ko’ra, birinchi uchrashuvda biz boshqalardan kelayotgan noverbal signallarga 55%ga ishonamiz, ulardan ta’sirlanamiz, 38% - paralingvistik va 7%gina nutqning bevosita mazmuniga ishonamiz.
- Shuning uchun ham obrazli tarzda “Kiyimga qarab kutib olinadi, aqlga qarab kuzatiladi” deyiladi. Keyingi uchrashuvlarda bu mutonosiblik, tabiiy, o’zgaradi.
- Yuqorida ta’kidlangan holatlar psixologiyadagi maxsus bo’lim - proksemika tomonidan o’rganiladi. Bu yo’nalishning asoschisi amerikalik E. Xoll bo’lib, uning o’zi proksemikani “fazoviy psixologiya” deb atagan. Masalan, u amerikaliklarga xos bo’lgan suhbatdoshning sherigiga nisbatan fazoviy joylashuvi xususiyatlarini aniqlab, muloqotning turli sharoiti va shakliga qarab, fazoviy yaqinlashuvning o’rtacha qiymatini aniqlagan:
- intim (yaqin) masofa - 0 - 45 sm;
- personal (shaxsiy) masofa - 45-120 sm;
- ijtimoiy masofa - 120-400 sm;
- ommaviy masofa - 400-750 sm.
Muloqotda suhbatdoshlarning ko’z qarashlari - vizual kontaktlari ham katta ahamiyatga ega. Vizual kontakt - bu qarashlar soni, ularning uzoqligi, qarashlardagi statik va dinamik almashinuvlar, ko’z olib qochishlar va boshqalardir. Argayl shulardan kelib chiqib, “yaqinlik (intimlik) formulasi”ni ishlab chiqqan va bunda intimlilik darajasi suhbatdoshlarning o’rtasidagi masofaga va ko’z qarashlarga bog’liqligini isbotlagan. Chunki ko’z qarashlar suhbatdoshning muloqotga tayyorligi, uni davom ettirish kerak yoki kerak emasligi haqida ma’lumot berib, suhbatning yo’nalishini belgilaydi. - Muloqotda suhbatdoshlarning ko’z qarashlari - vizual kontaktlari ham katta ahamiyatga ega. Vizual kontakt - bu qarashlar soni, ularning uzoqligi, qarashlardagi statik va dinamik almashinuvlar, ko’z olib qochishlar va boshqalardir. Argayl shulardan kelib chiqib, “yaqinlik (intimlik) formulasi”ni ishlab chiqqan va bunda intimlilik darajasi suhbatdoshlarning o’rtasidagi masofaga va ko’z qarashlarga bog’liqligini isbotlagan. Chunki ko’z qarashlar suhbatdoshning muloqotga tayyorligi, uni davom ettirish kerak yoki kerak emasligi haqida ma’lumot berib, suhbatning yo’nalishini belgilaydi.
- Yana bir muhim ta’sirchan belgilar majmuini o’ziga mujassam etgan soha - bu yuzimizdir. Ilmiy adabiyotda yuz qiyofasining 2000 dan ziyod qirralari aniqlangan. Ularni ma’lum tartibda tizimga solish uchun P. Ekman “FAST” - Facial Affect Sco’ring Technique deb nomlangan metodikani ham taklif etgan. Unga ko’ra yuz uch zonaga bo’linadi:
- - ko’z va peshona,
- - burun va burun oldi,
- - og’iz va iyak zonasi. Ularning har birida turlicha bo’ladigan 6 xil emotsional holatlar ajratiladi - quvonch, jahl, hayrat, qo’rquv, g’am va nafrat.
- Jon Chestara o’zining “Delovoy etiket” nomli kitobida (M.,1997) muloqot jarayonida namoyon bo’ladigan va aniq ma’no va mohiyat kasb etadigan noverbal qiliqlarga tasnif bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |