Boshqaruv qarorlarini qabul qilish reja: Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish bosqichlari. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish
-rasm. Foyda va mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik
Download 148.48 Kb.
|
Boshqaruv qarorlari
12.4-rasm. Foyda va mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik
Keltirilgan rasmdan ko‘rinib turibdiki, gorizontal o‘q ishlab chiqarish va sotish hajmini, vertikal o‘q esa hisobot davridagi foyda va zararlarni aks ettirgan. Agar sotish hajmi nolga teng bo‘lsa, unda maksimal zararlar doimiy xarajatlar summasiga teng bo‘lishi shart, chunki korxonaning zararlari uning doimiy xarajatlari summasidan oshib ketmasligi lozim. Har bir birlik mahsulot sotilganda, doimiy xarajatlardan yuqori 10000 so‘mlik yalpi foydaga erishiladi, chunki foyda va zararlarning intervali 10000 so‘mdan qilib belgilangan, natijada sotish hajmi 6000 donaga yetganda yalpi foyda doimiy xarajatlar yig‘indisiga tenglashadi. Bunda har bir 6000 donadan yuqori sotilgan mahsulot uchun 10000 so‘mdan qo‘shimcha foyda olinadi. Demak, sotish hajmi 10000 dona bo‘lganda foyda summasi 400000000 so‘mni (40000 so‘m x 10000 dona) tashkil etadi. Sotish hajmi va foyda o‘rtasidagi bu nisbat rasmda punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan. Boshqaruv hisobida ishlab chiqarish hajmi (quvvati) mashina va uskunalarning bo‘sh turib qolishi, ularni ta’mirlash vaqti, ishdagi tanaffuslar va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, u optimal yoki real imkoniyat darajasiga ega bo‘ladi. Optimal imkoniyat - mashina va jihozlarning bo‘sh turmasdan yuqori unum bilan ishlash darajasi hisoblanadi. Real imkoniyat esa - mashina va jihozlarning o‘rtacha (normal) quvvat bilan ishlashi mumkin bo‘lgan imkoniyatidir. Demak, optimal imkoniyatdan real imkoniyatni chegirib tashlasak, ishlab chiqarish quvvati kelib chiqadi, bu amaliyotda nazariy quvvat (imkoniyat) deb ham ataladi. Shu o‘rinda, ishlab chiqarish hajmi bilan o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasida o‘zaro chiziqli bog‘lanish mavjudligini ham ta’kidlab o‘tish lozim ya’ni koordinata tekisligida xarajatlar va mahsulot birligi ma’lum nuqtalarda kesishadi. Biroq, hamma o‘zgaruvchan xarajatlar ham ishlab chiqarish quvvati bilan to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishda bo‘lmaydi. Shu sababli, ularni rejalashtirish, tahlil qilish va ulardan boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanish imkoniyati mavjud emas. Chiziqsiz bog‘langan xarajatlarni shartli ravishda chiziqli bog‘lanishga moslashtirish maqsadida «chiziqli aproksimatsiya» usulidan foydalaniladi. Download 148.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling