Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari Qaror qabul qilishning individual stili


Download 24.95 Kb.
bet3/3
Sana03.11.2023
Hajmi24.95 Kb.
#1742129
1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari Qaror qabul qilishni

Qaror qabul qilishning individual stili

Fanda asosiy qarorlarning bir necha turlari mavjud:


  1. Muvozanatli qaror turi — insonlarga xos bo‘lib, muammoning holatiga va masalaga bo‘lgan talabni boshlang‘ich tahlilida hosil bo‘lgan, dastlabki mulohaza bilan yondashish. Gipotezalarni oldinga surish va ularni tekshirish bir xil inson diqqatini jalb etishida muvozanat vujudga keladi. Qaror qabul qilishning bunday taktikasi mahsuldordir.


  2. Impulsiv qarorlar — insonlarga xos. Bunday insonlargipoteza qurish jarayonidan ularni tekshirish va aniqlashdan ustun bo‘ladi. Bunday inson fikrlarni oson boshqaradi. Ammo ular baholashga kam e’tibor qaratadi. Bu esa, qaror qabul qilish jarayonini sakramay o‘tadi. Qarorning impulsivligi rahbarni hayotga to‘liq o‘ylanmagan va asoslanmagan qarorni tadbiq etishiga olib kelishi mumkin.


  3. Inert qarorlar — uzoq va ishonchli bo‘lmagan qidiruvnatijasidir. Dastlabki gipoteza hosil bo‘lgach, uni aniqlash juda sekin boradi. Baholash giperkritik, har bir qadamni inson bir necha bor tekshiradi. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini sekinlashuviga olib keladi.


  4. Tavakkal qarorlar — impulsiv qarorlarni eslatadi, ammoulardan individual taktikasiga ko‘ra farqlanadi. Impulsiv qaror asoslangan gipoteza bosqichidan sakrab o‘tsa, tavakkal qaror ularni bosib o‘tadi. Ammo odam faqat anglashilmovchilik vujudga kelganda baholaydi. Kech bo‘lsa ham, oxir-oqibat gipoteza qurish unsurlar va ularni tekshirish muvozanatga keladi.


  5. Ehtiyot turidagi qaror — gipotezani aniq baholash bilananiqlanadi. Inson bir xulosaga kelishdan avval turli tayyorlov ishlarini amalga oshiradi. Ehtiyot turidagi qarorlarga baholash xos. Ehtiyotkor insonlar o‘zlarining ijobiy ishlariga nisbatan salbiy ishlariga ta’sirchandirlar. Ular yutuqlardan xursand bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq xatoliklardan cho‘chiydilar. Shuning uchun ham ehtiyotkorlarning taktik usullari xatolarga yo‘l qo‘ymaslikdir. Impulsivlar uchun, masalan, qarama-qarshi taktik usul xarakterlidir: ular yutuqlarni mo‘ljallaydilar va muvaffaqiyatsizliklarga ta’sirchanligi kamroq.


Boshqaruv qarorlarinung samaradorlik shartlari.


Boshqaruv qarori samarali bo‘lishi uchun, bir necha omillarni hisobga olmoq zarur.


  1. Qaror qabul qilishdagi iyerarxiya — qaror qabul qilishdakerakli axborotlar yetarlicha bo‘ladi, hamda qarorni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi. Bunda qarorni bajaruvchilar qo‘shni darajadagi xodimlar bo‘ladi. Iyerarxik darajada bir pog‘ona past bo‘lgan quyi darajadagi ishchilar bilan shartnomaga yo‘l qo‘yilmaydi.


  2. Maqsadli funksiyalararo guruh ishlatish, bunda tashkilotning barcha bo‘limlariga a’zolar tanlab olinadi.


  3. Qaror qabul qilishdagi to‘g‘ri gorizontal aloqalarni ishlatish. Bunda axborot yig‘ish, qayta ishlash yuqori rahbariyatga murojaat qilmagan holda amalga oshiriladi (bu asosan qaror qabul qilish jarayonining boshlang‘ich bosqichida kuzatiladi). Bunday yondashuv qaror qabul qilishni qisqa vaqtda amalga oshirish hamda qarorni bajarilishiga javobgarlikni oshiradi.



Boshqaruv qarorlarining samaradorlik omillari




  1. Qaror qabul qilishdagi markazlashgan rahbariyat. Qarorqabul qilish jarayoni bitta rahbar qo‘lida bo‘lmog‘i lozim. Bu holatda qaror qabul qilishda iyerarxiya shakllanadi, ya’ni har bir quyi rahbar muammolarni o‘zining rahbariyati bilan o‘zlari yechadi, qaror tashkilot maqsadlari va vujudga kelgan holatni yechishda talabga javob bersagina u samarali bo‘ladi.


Birinchidan, qaror samarali bo‘lmog‘i kerak, ya’ni tashkilot oldiga qo‘ygan maqsadni butunlay bajarishini ta’minlash kerak.


Ikkinchidan, qaror tejamli bo‘lmog‘i darkor, ya’ni oldiga qo‘ygan maqsadga kam xarajat bilan erishmog‘i lozim.

Uchinchidan, tezkor qaror. Bunda faqat qaror qabul qilishdagi tezkorlik haqida emas, balki maqsadga erishishishi ham ko‘zda tutilgan. Chunki muammo yechilayotganida, hodisa rivojlanib boradi. Yaxshi fikr ham o‘zi eskirib kelajakda o‘z mazmunini yo‘qotishi mumkin.


Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar
To‘rtinchidan, qarorni asoslanganligi. Qarorni amalga oshiruvchilar uni asoslanganligiga ishongan bo‘lmog‘i lozim. Bu bilan faktik asosni va uni bajaruvchilar qanday qabul qilishini aralashtirmasligi kerak.
Beshinchidan, qaror real amalga oshirilgan bo‘lishi, ya’ni noreal, abstrakt qaror qabul qilish mumkin emas. Qabul qilingan qaror samarali va uni bajaruvchi jamoa kuchi va mablag‘lariga mos bo‘lmog‘i lozim.
Oltinchidan. Boshqaruv qarori huquqiy bo‘lishi kerak. Faqat rahbar qabul qilgan qoidalar bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
Yettinchidan. Qarorlar ziddiyatlarsiz bo‘lishi kerak. Boshqa qarorlar bilan mos kelishi, hamda aniq, yaxshi ta’riflangan qisqa va lo‘nda bo‘lishi kerak.

Qaror samarali bo‘lishida asosiy rol qabul qilingan qarorlarni bajaruvchijarga yetkazish hisoblanadi. Bunda har bir ishni bajaruvchilar tanlanadi, natijada har bir xodim konkret maxsus vazifa oladi. Bu holda xodimga o‘zi xizmat majburiyatlarida va boshqa obyektiv va subyektiv omil hisobga olinadi. Vazifani xodimlarga yetkazib berish qaror qabul qilishning asosiy samara manbayi hisoblanadi. Shu bilan birga qaror bajarilmasligini 4 asosiy sabablari mavjud:


  1. menejer qarorni aniq tavsiflab bera olmaganligi;


  2. qaror yaxshi tavsiflangan, lekin bajaruvchi yaxshi anglabyetmaganligi;


  3. qaror yaxshi tavsiflangan, bajaruvchi uni yaxshi anglagan,ammo uni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ va sharoit bo‘lmagan;


  4. qaror to‘g‘ri tavsiflangan, bajaruvchi uni yaxshi anglagan,uni amalga oshirishga hamma sharoitlar bo‘lgan, ammo menejer taklif etgan qaror bilan bajaruvchining taklifi mos kelmaganligi. Mazkur muammoga bajaruvchining samaraliroq o‘z fikri bo‘lishi mumkin.




Bajaruvchi faoliyatidagi model menejerning boshlang‘ich fikri bilan mos ravishda bajarilishi uchun unga bir necha talablarni keltirish kerak.
Download 24.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling