Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Download 287.42 Kb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaror qabul qilish
BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olish. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayyan bir fikrga kelish. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o‘nlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim jovonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga yetib olishda transport turini, kasbni tanlash va h.k. Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Amal qilish xarakteriga qarab boshqaruv qarorlari quyidagi turlarga bo‘linadi: vaqtinchalik qarorlar; tezkor (operativ) qarorlar; muntazam qarorlar; vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar. Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarzdorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayoni. Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu yerning o‘zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning yechimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi: Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash lozim)? Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo‘llash lozim? Ishlab chiqarish harajatlari qaydarajada, qanday miqdorda bo‘lishi kerak ? Kim javobgar bo‘lishi kerak? Kimga va qaysi bahoda sotish lozim? Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi? Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak? Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, xar bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo‘ladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, sex boshlig‘i xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan sex va ish uchastkalarining ishini muvofiqlashtirishga, o‘zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor (rais) asosan istiqboldagi masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi. Boshqarmaga oid qarorlar bu menejerning aniq boshqarish faoliyati natijasidir. Qaror qabul qilish boshqarish asosidir. Qaror ishlab chiqib qabul qilish har bir satxdagi rahbar faoliyatining ijodiy jarayonidir. Bunga quyidagilar kiradi: - maqsadni ishlab chiqish va maqsadni qo’yish; - olingan ma’lumotlarga asosan muammolarni o’rganib chiqish; - samaradorlik me’zonini tanlash va asoslash; - muammoni yechishning har xil variantlarini mutaxassislar bilan muhokama qilish; -optimal qarorlarni tanlash va ifodalash; - qaror qabul qilish; - ijrochilar uchun qarorlarni aniqlashtirish. Download 287.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling