Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Relevant tushunchasi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga


Download 0.73 Mb.
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1462441
1   2   3
Bog'liq
boshqaruv qarorlarini qabul qilish

2. Relevant tushunchasi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga
relevantli yondashish
Boshqaruv qarorini ishlab chiqish mavjud muammoni hal etishda mumkin bo’lgan ikki yoki undan ortiq variantlarni taqqoslash va ulardan eng yaxshisini (optimalini) tanlashdan iboratdir. Rahbariyat uchun har bir alternativ variant uchun zarur axborot bilan ta’minlashni boshqaruv hisobi bo’yicha buxgalter bajaradi. Ushbu ma’lumotlar asosida rahbarlar muammoni yechishda amalga oshirsa bo’ladigan variantlarni baholaydilar.
Buni bajarish uchun ular axborotning katta hajmini to’plashi shart emas, aks holda ular qaysi alternativ variant biznesga qanday ta’sir etishini aniqlashi murakkab bo’ladi.
Ko’p dalillar va ma’lumotlar har bir tahlil etilayotgan alternativ variant bo’yicha o’zgarmasligi mumkin.
Masalan, yangi texnologik uskunalar o’rnatilishi natijasida mehnat sarfini qisqartirish taklifi ko’rib chiqilayotgan vaqtda, sotish hajmi o’zgarmaydi.
Yoki boshqacharoq ifoda qiladigan bo’lsak - harakatning uch ehtimol varianti mavjud bo’lsa (masalan, uch xil turdagi uskunalar) va sotish hajmi har bir holda bir xil bo’lganda sotish to’g’risidagi ma’lumotlar mazkur qarorni qabul qilishga ta’sir ko’rsatmaydi.
Undan tashqari, ustiga buxgalter xarajatlarni baholashda o’zgarmaydigan oldingi ma’lumotlardan foydalanadi. Boshqa tomondan, shu vaqtning o’zida oldingi, tarixiy ma’lumotlar bo’lmasada, qabul qilinayotgan qarorlarga sezilarli ta’sir ko’satadigan, xarajatlarni baholash ko’zga tashlanadi.
Relevant xarajatlar va daromadlar – bu alternativ variantlar bo’yicha farq qiluvchi kutilayotgan kelajakdagi xarajat va daromadlardir. Ushbu holatda xarajat va daromadlarni relevantga kiritishning ikkita mezoni ko’rsatilganini ta’kidlab o’tmoqchimiz. Birinchidan, faqat kelajak boshqaruv qarorlariga kiradigan, ikkinchidan, variantlar bo’yicha farq qiluvchi xarajatlar relevant xarajatlarga kirishi mumkin.
3. Bahoni shakllantirish bo’yicha qaror qabul qilish
(Maxsus buyurtma qabul qilishga relevantli yondashish)
Aksariyat xo’jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari ko’pincha bozorning o’rtacha bahosidan past, ba’zida esa o’z tannarxidan ham past baholardagi maxsus buyurtmani qabul qilish kerakmi yoki yo’q degan muammoga duch keladi. Bunday buyurtmalar, odatda, ko’p miqdordagi bir xil maxsulotlardan iborat bo’lib, ular ko’tarasiga (masalan, katta konteynerga yoki korobkalarga o’rab joylashtirish) sotiladi. Bunday buyurtmani rahbarlar kutmaganligi sababli, bunday bir martalik buyurtmalar yillik sotish va xarajatlar rejasiga kiritilmagan bo’ladi. Bu buyurtmalar faqat bir martalik, ya’ni aniqrog’i tasodifan sodir bo’lganligi uchun, ular keyingi yillardagi daromad va xarajatlar aniq ma’lumotiga kiritilmaydi. Xo’jalik yurituvchi subyekt ularni faqat ishlab chiqarish quvvati imkon bergandigina qabul qilishi mumkin.
Misol:
Xo’jalik yurituvchi subyekt sport mahsulotlari (buyumlari) ishlab chiqaradi. Xo’jalik yurituvchi subyektga futbol Federatsiyasidan 30 ming dona to’p tikib berishga va bu to’plarni 500 donadan yashiklarga joylab berishga maxsus buyurtma tushdi. Futbol Federatsiyasi har bir to’p uchun 2.45 p.b. to’lamoqchi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonun. – T., 15.02. 1991.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 2000 йил, 5-6 – son.
3.Menejment- N.K.Yo’ldoshev
E’tiboringiz uchun raxmat
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling