Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Download 129.28 Kb.
bet31/50
Sana04.01.2023
Hajmi129.28 Kb.
#1078412
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
DHN savollar javobi

Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vujudga kelib, 60 – 70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlari orasida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalar bor edi. Umuman olganda ushbu nazariya elitar nazariyasiga juda o‘xshab ketsa-da, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib turadi. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menejerlar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shular boshqarishadi). Aynan ularning o‘zlari jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodir. Bu boshqarishni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi hamda jamiyatning o‘sib boruvchi rivojini ta’minlaydi. Mazkur ta’limot g‘oyalaridan nafaqat davlatning mohiyatiga, balki uning boshqa jihatlariga ham tegishli bo‘lgan boshqa nazariyalarda ham faol foydalanilmoqda.
Markscha nazariya, aniqrog‘i tarixiy – materialistik nazariya davlatning mohiyati masalasiga sinfiy yondashuvni taklif etadi. Uning asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g‘oyasi yotadi. Mazkur ta’limot namoyandalarining isbotlashicha, davlat (siyosiy) hokimiyati iqtisodiy jihatdan hukmron bo‘lgan sinfga tegishli bo‘lib,
faqat uning manfaati yo‘lida amalga oshiriladi. Shu sababli davlat mohiyati sinfiy nuqtayi nazardan ta’riflanib, davlat iqtisodda hukmron sinfning siyosiy hokimiyatini ta’minlab, mazlum sinf ustidan amalga oshiriladi, uning qarshiligini bostirish quroli
(diktatura) hisoblanadi. Diktatura – bu hech qanday qonun bilan cheklanmagan va zo‘ravonlikka, majburlashga, kuchga tayanadigan hokimiyatdir. Sinfiy yondashuv tarixda ro‘y bergan, yashab o‘tgan quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik davlat tiplarining mohiyatini ta’riflash uchun qo‘llanilishi mumkin. Uni hozirgi demokratik yo‘nalishdagi davlatlar mohiyatini izohlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Demokratik rivojlangan mamlakatlarda davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni kelishtiruv asosida hal etish quroli – vositasiga aylanib bormoqda. Zamonaviy davlatlarni ta’riflab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov shunday deydi: “Demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas,
balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”10 .

Download 129.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling