Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Umumfarovonlik davlati nazariyasi


Download 129.28 Kb.
bet32/50
Sana04.01.2023
Hajmi129.28 Kb.
#1078412
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Bog'liq
DHN savollar javobi

Umumfarovonlik davlati nazariyasi. U ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan bo‘lib, davlatning ijtimoiy hayotga aralashmasligiga oid oldindan mavjud ta’limotga qarshi chiqadi. Bunda nafaqat davlatning huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyati («Tungi qorovul davlati» nazariyasi), balki ijtimoiy hayotga faol ta’sir etishi nazarda tutiladi. Uning mohiyati 30-yillarda D. Keyns tomonidan ta’riflab berilgandi. D. Myurdal, A. Sigu, K. Boulding, V. Mund va boshqalarning asarlarida bu nazariya yanada rivojlantirilgan. Mazkur nazariyaning bosh g‘oyasi shundan iboratki, barcha sinflardan ustun turarkan, davlat aholi barcha qatlamlari
manfaatlarini ifodalay boshlaydi, umumfarovonlikni ta’minlaydi. Rivojlangan mamlakatlarning aholi turmushining yuksak darajasini ta’minlashdagi, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yirik davlat dasturlarini amalga oshirishdagi ulkan muvaffaqiyatlari ushbu nazariyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mazkur nazariya inson manfaatlarini davlat faoliyatining asosiga qo‘yish bilan har bir shaxs qadr-qimmatiga e’tiborni jalb etadi. Bizning nazarimizda, ushbu nazariyaning ijobiy jihatlari umuminsoniy qadriyatlar, inson manfaatlari va huquqlari ustuvorligi uning asosiga qo‘yilganligi bilan belgilanadi. Uning kamchiligi esa, nimalar va kimlar evaziga bunga erishish mumkinligini ko‘rsatib bera olmaganidadir. Mabodo, ekspluatatsiya markazini yarim mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish nazarda tutiladigan bo‘lsa bunday «farovonlik» e’tiborni tortishi amri mahol11.
Davlatning mohiyatiuning eng muhim, barqaror belgi va xususiyatlari, ichki aloqalari yig‘indisi. Mohiyat – qonuniyatni, qonuniy munosabatlarni, eng muhim tavsiflovchi jihatlarni anglashdir, ularning namoyon bo‘lishidir. Davlatning barcha belgi va xususiyatlari uning ijtimoiy vazifasida, bajaradigan funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatni boshqarishdan iborat. Hokimiyatning alohida tashkiliy shakli bo‘lgan davlat jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi. Davlat boshqaruvi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirish maqsadida ularga qat’iy ta’sir o‘tkazishdir. Shu orqali davlat ijtimoiy taraqqiyotni yo‘naltirib turadi. Davlat mohiyatida ikki jihatni nazarda tutish lozim. Birinchi holatda davlat boshqaruvi butun jamiyat manfaati yo‘lida amalga oshirilishi mumkin; ikkinchi holatda esa u alohida ijtimoiy guruh yoki alohida shaxs manfaati uchun amalga oshirilishi mumkin. Shunga ko‘ra, davlat yoki jamiyat irodasini ifoda etadi, yoxud ayrim shaxs (ayrim guruh) irodasini aks ettiradi.
Demokratik yo‘nalishda rivojlanayotgan jamiyat uning serqirra obyektiv ehtiyojlari davlatning diqqat markazida bo‘lishiga muhtoj. Bu davlatning umumiy ijtimoiy funksiyalari kengayishi va rivojlanishiga olib keladi.



42.

Ҳуқуқий тарбия – ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданиятни шакллантиришнинг зарурий шарти




Download 129.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling