4. Shakllanish manbasiga ko‘ra: Birlamchi va ikkilamchi davlat organlari. Birlamchi davlat organlari – xalq tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash orqali tashkil etiladigan organlar. O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati (qisman) saylash yo‘li bilan tashkil etiladi. Ikkilamchi davlat organlari — xalq tomonidan saylash yo‘li bilan tashkil etilgan organ yoki shaxslar tomonidan shakllantiriladigan davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi xalq saylagan Prezident va Oliy Majlis tomonidan shakllantiriladi.
5. Vakolatni amalga oshirish tartibiga ko‘ra: kollegial organlar va yakka tartibda vakolatni amalga oshiruvchi organlar. Kollegial organlar — ushbu organlar o‘z ish faoliyatini jamoaviy tarzda, ya’ni kollegial asosda tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunlarni qabul qilish jarayonida deputatlarning jamoaviy muhokamasi va umumiy ovozi asosida qonunlar qabul qilinadi. Yakka tartibda faoliyat yurituvchi davlat organlari — mazkur idora rahbarlari xizmat faoliyatida muayyan bir ish yuzasidan jamoa bilan maslahatlashuv yoki muhokama qilish shaklidan ma’lum bir ma’noda mustaqil bo‘ladi va o‘zi yakka holda qaror qabul qiladi. Bunga Prezident, Bosh vazir, Prokuror, hokim va boshqalarni misol tarzida aytib o‘tish mumkin.
47.
|
Давлат механизми ва унинг таркибий элементларини ёритиб беринг.
|
Jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda barcha davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari bir tizimga birlashadi va asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Davlat mexanizmi – barcha davlat organlarining yagona, markazlashgan tizimi bo‘lib, ular o‘zlariga berilgan vakolat asosida davlat funksiyalarini bajaradilar va hokimiyatni amalga oshiradilar. Hozirgi kunda davlatshunos olimlar davlat apparatining, eng avvalo, fuqarolar va ular uyushmalarining turli ehtiyoj va manfaatlarini mutanosiblashtirish mexanizmi deb hisoblaydilar. Bunday fikrning to‘g‘riligi davlat mexanizmining o‘ziga xos umumiy belgilarini tahlil etish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Davlat mexanizmi quyidagi asoslarga ko‘ra faoliyat yuritadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |