Boshqaruv tamoyillari 2-amaliy ish bajardi: 714-20 guruh Razzoqov Xamidjon Tekshirdi
Yetakchilar rasmiy menejerlardan nima bilan farqlanadilar?
Download 169.69 Kb.
|
Boshqaruv 2-amali ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetakchilik modellari
Yetakchilar rasmiy menejerlardan nima bilan farqlanadilar?
Menejerlar qoidaga ko‘ra, boshqa kishilar tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga qanday, qaysi usullar bilan erishish kerakligini belgilaydilar, qo‘li ostidagilarning ishini rejalarga muvofiq tashkil qiladilar va yo‘naltiradilar, ammo bunda passiv o‘rin egallaydilar.0 ‘zlarining atrofdagilar bilan o‘zaro hamkorliklarini huquq va majburyatlarini aniq tartibga solinishi asosida quradilar. Yetakchilar esa qanday maqsadlarga intilish kerakligini mustaqil ravishda, ortiqcha tafsilotlarni surishtirmasdan belgilaydilar. Ularning qarashlarini qabul qilgan va qiyinchiliklarga qaramay, ularning orqasidan borishga tayyor bo‘lgan kishilar, ularga ergashuvchilar bo'ladilar, yetakchilar bunda ilhom beruvchilar bo‘ladilar. Ular atrofdagilar tomonidan nazorat qilinmaydilar, ergashuvchilar bilan munosabatlarini esa ular ishonch asosida quradilar Yetakchilik modellari Yetakchilikning Tannenbaum-Shmidt yetakchilik modeli (xatti-harakati kontiliumi)da yetakchilikning uch faktori munosabati ta’sir kuchiga bog’liq ravishda yetakchi yetti xatti-harakat namunasidan birini tanlab oladi (yetakchining o’zi, uning izdoshlari va yuzaga kelgan sharoit). Fidlerning sharoitiy yetakchilik modeli. Amerikalik olim, F.Fidler vaziyatdan kelib chiqqan holda yetakchilik qilish nazariyasining asoschisi hisoblanadi. U kamroq afzal ko’radigan ishchi xarakteristikasi shkalasini ishlab chiqdi. Uning modelida yetakchilik muayyan yetakchilik uslubi uchun ma’qul vaziyatlar: rahbar va jamoa a’zolari bilan munosabatlar; ishni muvofiqlashtirish darajasi; mansab vakolatlari (real hokimiyat, rag’batlantirish va jazolash imkoniyati) hisobga olinadi. Bu model bo’yicha ishi kamroq muvaffaqiyat keltiradigan shaxsni aniqlash mumkin. Xauz va Mitchellning yetakchilik modeli. „Yo’l - maqsad” ham deb ataladigan bu usul asosiga xodimlar kuch-g’ayratlari va mehnat faoliyatlari natijalari kutishni asoslagan, shuningdek, bu natijalarga muvofiq rag’batlantirish o’zaro qat’iy bog’liq degan qoida qo’yilgan (izdoshlarda bo’lgan, yetakchilik samaraliligi darajasi bilan va kutishning asoslangan kuchi darajasi o’rtasida to’g’ri bog’lanish bor). Ana shu ta’minlangan holdagina xodimlar o’z ishlaridan qoniqish hosil qiladilar, degan xulosa chiqariladi. Stinson-Djonson sharoitiy yetakchilik modeli. Uning mohiyati shundaki, ishga qiziqish darajasi izdoshlarning xarakteristikasi va ular bajarayotgan ishning o’zini xarakteriga bog’liq ravishda aniqlanishi kerak. Vrum-Iston-Yago sharoitiy modeli. Uning o’ziga xosligi - qo’l ostidagilarning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etishga jalb qilishga yo’naltirilganligidir. Yetakchilikni o’rganishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqishga ehtiyoj, yetakchilikni o’rganishga an’anaviy yondashish yetakchining belgilari va xatti-harakati yo u o’zi tanlagan usul sharoitiga zo’r bergani uchun kelib chiqqan edi Download 169.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling