Boshqaruv usullari
Download 260.11 Kb.
|
o\'simlikshunoslik mustaqil ishj
KIRISH Boshqaruv - bu tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi uchun yo’naltirilgan jarayondir. Bu boshqaruv faoliyati harakatining ketma-ket bajarish jarayoni bo’lib, firmaning bir qator ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarini echish va ularni amalga oshirish uchun zarur. Bu harakat boshqaruv vazifalarini bajarish deb ataladi. “Funktsiya” so’zi lotin tilidan kelib chiqqan bo’lib, bajarish, vazifa, faoliyat, majburiyat ma’nosini bildiradi. Boshqaruv funksiyalari - bu biror ob’ektga rahbarlik qilish uchun zarur bo’lgan faoliyat turi, deb tushuniladi. Boshqaruv vazifalari o’zining tarkibi bilan boshqaruv texnologiyasini bunyod etadi. Boshqaruv vazifasining ma’nosiga ikkita element kiradi: u avvalgi tizimida nima qilinayotganini belgilasa, so’ngra qanday qilib savoliga javob berishni bildiradi. Ilmiy menejmentning toifaviy to’plamida vazifalarga markaziy o’rin beriladi. Bu quyidagi 3.1-chizmada yaxshi namoyon bo’ladi. Menejerlar mehnatining vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida yaratilgan. Uning asoschisi frantsuz olimi A.Fayoldir. U menejmentning 5 ta etaklovchi qoidasini ajratib ko’rsatadi: oldindan ko’rish, tashkilot, buyruq berish faoliyati, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. Bir vaqtda A.Fayol barcha vazifalarni oltita guruhga taqsimladi: 1) ishlab chiqarish, 2) moliya, 3) nazorat, 4) hisob-kitob, 5) ma’muriyat, 6) texnika xavfsizligi. Boshqaruv usullari. Boshqaruv usullari.Boshqaruv usuli – maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektga usullar va qo’llanmalar yig’indisi orqali ta’sir etishdir. Usullar ko’pincha metodlar deb ham yuritiladi. «Metod» grekcha so’z bo’lib (methodos) –«qandaydir maqsadga yetish» ma’nosini bildiradi. Boshqaruv metodlari (usullari) orqali boshqaruvning faoliyatlari amalga oshiriladi. Menejment metodi tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi. Menejment usullarining (metodlarining) ko’pligi va uslubiy yondashishlarning ham ko’pligi aniq boshqaruv vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini qo’llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham mavjud bo’lgan barcha boshqaruv usullarini o’z tavsiflariga binoan guruhlashni, tartibga tushirishni talab qiladi. Usullarning yo’nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni (firma, bo’lim, laboratoriya, kompaniya va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni ta’minlaydi. Tashkiliy shakllar usuli ko’p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o’zgara boshlaganida qo’llaniladi. Bu holatda ham o’sha vaziyatga mos bo’lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur bo’ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga, biryo’la qo’llaniladi. Bu holda qo’llanilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi. Qayd qilish lozimki, iqtisodiyotda boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko’rsatma yoki tavsiyalar yo’q. Chunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko’rsatmaydi. Bu holat ayniqsa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq ko’rinadi. Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste’molchilarning xohish-istaklari o’zgara boshlashi bilan boshqaruvda ko’plab usullar bir-biriga qo’shilib, bir-birini ba’zida inkor qiladi, ba’zida qo’llab-quvvatlaydi. Bunday vaziyatlarda qo’shimcha usullarni qo’llash ham talab qilinadi. Ta’kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini ta’minlashda hozirgi vaqtda asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, an’anaviy tarzda qo’llaniladi: 1. To’g’ridan-to’g’ri direktivalarga asoslangan tashkiliy ma’muriy usullar; 2. Iqtisodiy me’yorlashtirishga asoslangan iqtisodiy usullar; 3. Xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan ijtimoiy – psixologik usullar. 1. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullarida qo’llaniladigan buyruq berish, nazorat qilish, jazolash usullari doimo birini-biri kutib turganidan ko’p hollarda boshqaruvning bu usullarini tanqid qilishadi. Lekin keyingi vaqtlarda ma’lum bo’ldiki, jamoada (har qanday jamoada) tartibni saqlash, ishlab chiqarishdagi tartib, aniqlik, javobgarlikni sezish aynan ana shu – boshqarishning tashkiliy –ma’muriy usullarini qo’llashda namoyon bo’ladi. Bu usulda boshqaruvning ketma-ketligi yoki bir-biri orqali boshqaruvi yo’q qilinadi. Ma’muriyat o’z bo’yrug’i yoki ko’rsatmalari bilan butun bir jamoaning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Lekin, bu usulning kamchiligi shundan iboratki, tashkilot xodimlarining sustligi, befarqligi oqibatida rahbar o’z xizmat vazifalarini, vakolatlarini suiste’mol qilishi mumkin. Shuning uchun ham tashkiliy – ma’muriy boshqaruv usulini qo’llaganda rahbardan tortib to oddiy xodimning huquqlari va imtiyozlari ma’muriyat va jamoa o’rtasidagi mehnat shartnomasida qayd qilinishi lozim. Ma’muriyat boshqaruvida qonun doiralaridan chiqqan vaziyatlarda tashkilot umumjamoa yig’ilishi rahbarga ishonchsizlik bildirishi mumkin. 2. Boshqarishning iqtisodiy usullariga boshqaruvda markaziy o’rin berilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Menejmentda bu boshqaruv usuli erkin bozor munosabatlari sharoitida juda ko’p hollarda qo’llaniladi. Chunki, tashkilotning barcha a’zosi tashkilot iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo’lishligini juda yaxshi bilishadi. Bu usulni qo’llashdagi eng muhim huquqiy talablardan biri-tashkilotning mustaqil ish yuritishga sharoit yaratilish hisoblanadi. Bunda, asosiy e’tibor mustaqil xo’jalik yuritish boshqaruvida iqtisodiyotni rivojlantirishga asoslangan tadbirkorlikka qaratiladi. Boshqarishning iqtisodiy usullari tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, ixtirochilik imkoniyatlarini uyg’otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi. Bunday ijobiy holatlarning yuzaga kelishi albatta ma’lum. Chunki, tashkilot tashabbuskorlik, ixtirochilik, yangilikka intilish, tavsiya va takliflarni joriy qilishdan qo’shimcha daromad oladi. Bu qo’shimcha daromad (foyda)ning ma’lum bir qismidan jamoa a’zolari manfaatdor bo’lishadi. Bu boshqaruv tipidagi eng muhim masalalardan biri boshqaruv organi ham mehnat jamoasi ham o’z tashkiloti rahbariyatining faoliyati tashkilotni qanday iqtisodiy rivojlanishga olib kelishni maksimal holda bilishi lozim bo’ladi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy boshqaruv usuli yanada rivojlanadi. Boshqaruvda erkin harakat qilish kengayadi. Xo’jalik hisobidagi ba’zi hisob-kitoblar jarayonidagi cheklovlar barham topadi, iqtisodiy rag’batlantirish natijasida korxonaning har bir xodimi korxona iqtisodiyoti ko’tarilishi natijalariga o’z hissasini qo’shish yo’nalishiga o’tadi. Iqtisodiy boshqaruv usulida rejalashtirish, tahlil, xo’jalik hisobi, bahoni belgilash, moliyalashtirish, rag’bat- lantirish tizimi mukammallashtiriladi. Korxonada iqtisodiy –matematik usullarni qo’llash amalga oshiriladi. Bu usullarda ishlash olinadigan natijalarning aniqligiga asoslanish boshqaruvini ta’minlaydi. 3. Boshqaruvning ijtimoiy–psixologik usullari qo’lla- nilganda korxonada mehnat unumdorligini oshirish albatta xodimlarning ruhiyati holatlariga bog’liq bo’ladi. Boshqaruvda har bir xodimga individual (shaxsan) yondashish korxona oldiga qo’ygan maqsadni bajarishda yagona jamoani shakllantirishda juda qo’l keladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, rahbarning xo’jalikni boshqarish faoliyatidagi yutuqlarining 15 % malakali bilimga ega ekanligi, 85 % odamlar bilan muvaffaqiyatli ishlash qobiliyatiga bog’liq ekan. Yaponiyalik olimlarning tadqiqotlari bo’yicha korxonadagi psixologik muhitning ijobiy yoki salbiyligi jamoaning mehnat unumdorligini 1,5 % ga yoki oshiradi yoki pasaytirib yuboradi. Ijtimoiy–psixologik boshqaruv usullarining oddiy jihatlariga e’tibor bermaslik jamoada xodimlar o’rtasida nosog’lom muhitning asta-sekinlik bilan kuchayib borishiga sabab bo’ladi, jamoada boshqaruvdan norozi bo’lgan guruhlar shakllanadi, boshqaruv rahbariyati bilan bu guruhlar o’rtasida tortishish, to’qnashish hodisalari yuz bera boshlaydi, xodimlarning bir-biriga o’zaro yordam berishi munosabatlari yo’qola boradi. Natijada boshqaruvning korxona oldiga qo’ygan maqsadlari mehnat unumdorligining pasayishi sababli barbod bo’ladi. Ijtimoiy-psixologik boshqaruv usullarida rahbarning asosiy faoliyati xodimlarning tabiiy xulq-atvorlariga, jamoada ishlashda o’zaro munosabatlariga, shaxsiy manfaatdorlik tushunchalariga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Ijtimoiy- psixologik boshqaruv usulida shaxsning tarbiyalanganlik (oilada) belgilari, muomala darajalari, jamoa bilan hamfikrlik holatlari chuqur o’rganilishni talab etadi. Albatta bu boshqaruv usulida rahbarning bilimli, malakali printsipial xodimlarni rahbarlik lavozimlariga asta-sekinlik bilan ko’tarib borishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv usullari. 1.3Boshqarish faoliyatining turlariga funksiyalari Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funktsiyalar quyidagicha bo’ladi: boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari; ya’ni: mablag’larning doiraviy oborotini amalga oshirish; mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish; marketing xizmatini uyushtirish; foyda olishni ta’minlash va h.k. boshqarishning sotsial funktsiyalari, ya’ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarni qondirish; moddiy rag’batlantirishni ta’minlash; ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k. boshqarishning ma’naviy - ma’rifiy funktsiyalari, ya’ni: xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash; xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k. boshqarishning tashkiliy funktsiyalari, ya’ni: ishlab chiqarishni tashkil qilish; o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish; barcha bo’g’in va bo’limlar o’rtasida vazifalar taqsimoti, huquq berish va boshqarish apparati xodimlari o’rtasida mas’uliyatlarni belgilash; boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, menejmenti vazifalarni turkumlanishi boshqaruv ob’ektini xususiyatini baholashga asoslanadi. Bu holda ishlab chiqarish boshqaruvida butun bir tizimning aniq vazifalari ajratib ko’rsatiladi. Boshqaruv jarayonida funksiya bajarishdan maqsad bu boshqaruvni mustahkamlash, boshqaruvni umumiy, universal vazifalarini ajratib ko’rsatish. Ular har qanday tashkilotda boshqaruv jarayonining mazmunini izhor etadi va sub’ekt boshqaruvi uning xususiyatga bog’liq emas. Boshqaruvning funksiyalari ishlab chiqarish jarayonida samarali mehnat faoliyatini ta’minlaydi. Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, komponentlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, boshqaruv funksiyalari korxona va ishlab chiqarishdagi ishlarni yengillashtirishga qaratilgan. Misol qilib boshqarishning iqtisodiy funksiyasini olsak, bu funksiyani bajarish jarayonida korxonani iqtisodiy tanglikdan saqlashga qaratilgan:”mablag’larning doiraviy oborotini amalga oshirish;mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish;marketing xizmatini uyushtirish;foyda olishni ta’minlash”. Yuqorida keltirilgan ta’rifga ko’ra, korxonani mablag’larini aylanishini ta’minlash, sifatli maxsulot va sifatli xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotilishini ta’minlash, maxsulot sotilishi davomida foyda olishga qaratilgan funksiya hisoblanadi. Bundan tashqari boshqaruv funksiyalarini qo’llash jarayoni xodimlarni samarali mehnat faoliyati, o’z ishiga mehr-muhabbat, ularni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash,xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilishnin xam o’rgatadi. Bularga erishish uchun boshqaruvni yaxshi rejalashtirish, tashkil qilish, xodimlar va ish faoliyatlarini nazorat qilish zarur. Download 260.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling