Boshqaruv usullari
Download 260.11 Kb.
|
o\'simlikshunoslik mustaqil ishj
Ma’lum bir tuzilishga ega bo’lgan quruq tuproq og’irligining u egallagan hajmga nisbati tuproqning hajmiy massasi deyiladi va g/sm3 da ifodalanadi. Bo’z tuproqlarning hajmiy massasi haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 atrofida bo’ladi.
Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligiga har xil talab qo’yadi. Кo’pgina o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 gr/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi. 4. Tuproq strukturasi va uni yaxshilash usullari. Mayda chang zar-rachalarini bir - biri bilan yopishib, har xil kattallikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo’lishida organik modda yelimlovchi vazifasini o’taydi. Chirindi qancha ko’p bo’lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo’ladi. Кesak-chalar yirik maydaligiga qarab quyidagilarga bo’linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq), makrostrukturali (diametri 10-0,25 mm) va mikrosturturali (diametri 0,25 mm dan kichik). Mikrostruktura o’z navbatida dag’al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik mikrosturuktu-raga (0,01 mm dan kichik) bo’linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan tashkil topgan tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. Tuproqning donadorligi suv, havo, issiqlik va oziq rejimlariga ta’sir etadi. Struktura mexanik, fizik, kimyoviy, biologik omillar ta’sirida buziladi. Mexanik omillarga kesakchalarning qishloq xo’jalik mashinalarining g’ildiraklari, ishchi organlari va boshqa kuchlar ta’sirida ezilishi kiradi. Fizikaviy omilga bostirib sug’organda tuproq ichidagi havoni suv bosim bilan siqib chiqarishi natijasida strukturani buzishi kiradi. Bir valentli kationlar (H+, NÍ4+, К+ , Na+) tuproq strukturasini buzadi, bu kimyoviy omilga kiradi. Mikroorganizmlarning organik moddani parcha-lab strukturani buzishi biologik omilga kiradi.Tuproq strukturasi organik o’g’itlar solish, almashlab ekish ya’ni organik modda miqdorini ko’paytirish hisobiga tiklanadi. Tuproq strukturasini saqlashda yerga ishlov berish sonini kamaytirish ham alohida o’rin tutadi. 5. Tuproqda o’simliklar o’zlashtiradigan holdagi oziq moddalar yetarli bo’lmasa ekinlardan kerakli hosilni olib bo’lmaydi. Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simlik-larning ham o’sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq. G’o’za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o’simlik. Masa-lan: 1 t paxta yetishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi. Кungaboqar ham azot, fosfor va kaliyga talabchan o’simlik hisob-lanadi. 1 t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 50 kg azot, 27 kg fosfor va 22,8 kg kaliy, sarflanadi. Ildizmevalilar va tugunakmevalilar fosfor va azotga qaraganda kaliyga ko’proq talabchan. Odatda oziq element-larning umumiy miqdori har gektar yerda bir necha tonna atrofida bo’ladi. Masalan, kuzatishlarga qaraganda, deyarli 100 yildan ortiq sug’orilib dehqonchilik qilinayotgan bir gektar tipik bo’z tuproqli yerning haydalma qatlamida(0-28 sm) o’rtacha 59,1 t chirindi, 4 t azot, 8 t fosfor va undan pastki 28-100 smli qatlamida esa yuqoridagilarga muvofiq 73,5; 4,97 va 16 t oziq elementlari bo’lar ekan. O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o’g’itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliya-tiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo’lla-nishiga ham bog’liqdir. O’simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo’linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullari. Avtotrof oziqlanishda o’simliklar tuproqdan suvda erib oksidlangan mineral tuzlarni o’zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o’simliklar uchun asosiy hisoblanadi. Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi. U’simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziq-lanish deyiladi. Dukkakli ekinlar ildizidagi tugunak bakteriyalar erkin azotni o’simliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tkazib beradi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlari-dan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo’lgan nitratlar, (NO2, NO3 ) va ammo-niy(NH4) tuzlaridan o’zlashtiradi. Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish jarayoni am-monifikatsiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib,nitrit va nitrat kislotalarga aylanish jarayoni nitrofikatsiya deyiladi. O’simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg’ish va qo’n-g’ir tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va tushib ketadi. Кaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo’lishini va harakatini faollashtirali. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tez-lashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi. 6.Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) tuproqni oziq moddalar bilan boyitish; 2) tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini oson o’zlashtiradigan holatga o’tkazish; 3) oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi uchun sharoit yara-tish; 4) tuproqda oziq moddalar kamayishiga qarshi kurash. Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqlarni ohaklash , ishqoriylarini gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, yetarli namlikni saqlash, oziq rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Go’ng solinganda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, ya’ni mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi yengil tuproqlarning yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don ekinlari ekish yaxshi ta’sir etadi. Download 260.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling