Boshqaruv usullari


Download 260.11 Kb.
bet9/16
Sana17.11.2023
Hajmi260.11 Kb.
#1782308
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
o\'simlikshunoslik mustaqil ishj

Oltinko‘z - bugungi kunda dehqonchilikda ishlatiladigan eng samarali entomofaglardan biri. Bir yil davomida 76 turdagi zararkunandalar va 11 turdagi kana tuxumlari bilan oziqlanadigan lichinkalarning beshta avlodini beradi.
Shuning uchun, ushbu entomofagni joriy etish ko‘pchilik ekinlar uchun samarali bo‘lib, vegetatsiya davrining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin.
Har bir lichinka 400 tagacha shira, 2 mingdan ortiq o‘rgimchakkana, kolorado kartoshka qo‘ng‘izining 300 ga yaqin tuxumini yo‘q qilishga qodir. Lichinkalari 14 kungacha yashaydi. Urg‘ochilar tug‘ilgandan 5-10 kun o‘tgach yangi avlod bera boshlaydi va tuxum qo‘yish 1-2 oy davom etadi. 1 ga ekin maydonlariga 3 kun oralatib ming, bir yarim mingtagacha oltinko‘z uchiriladi.
Ushbu entomofagning texnik samaradorligi 97% gacha hosildorlikni saqlab qoladi.
O‘simliklarni to‘liq himoya qilish va hosilning maksimal xavfsizligiga 90% gacha erishish uchun o‘simliklarning o‘sish bosqichiga, shuningdek, o‘simliklarning turlari va rivojlanishiga qarab tanlab olinadigan to‘g‘ri turdagi entomofaglarni zararkunandalar populyatsiyasiga qarab o‘z vaqtida joriy etish kerak. Mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotganda, dalaga ishlov berish vaqtiga qadar biolaboratoriyalarda kerakli entomofaglar populyatsiyasini ko‘paytirish uchun dalaning entomofaglar bilan davolash rejasini tuzish muhimdir.
Hozirgi vaqtda viloyatda 32 ta biolaboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 17 ta xususiy va MCHJ biolaboratoriyalar, 5 ta paxta to‘qimachilik klasterlariga, 2 ta paxta tozalash korxonalariga qarashli, 8 ta O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga qarashli biolaboratoriya.
2022-yil mavsumida ushbu biolaboratoriyalar tomonidan 386 kg trixogramma, 296 mln. dona oltinko‘z, 273 mln. dona brakon foydali entomofaglarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Rejadagi biomahsulotlarni ko‘paytirish uchun 2022-yil mavsumida ozuqa mahsulotlaridan 250 tonna arpa, 4.82 tonna shakar, 3.23 tonna merva, 4.71 kg margarin ozuqa mahsulotlari hamda 69.5 tonna ko‘mir yoqilg‘isi talab etiladi.
Rejadagi biomahsulotlarni sifatli qilib, o‘z vaqtida ko‘paytirish uchun 2022-yil mavsumida boshlang‘ich ozuqa mahsulotlaridan rejadagi arpa donidan 86 tonna yoki (34.4%), shakar 1.7 tonna yoki (35.4%), merva 0.85 tonna yoki (26.4%), margarin 1.35 tonna yoki (28.6 %) ga ozuqa mahsulotlari hamda 26 tonna ko‘mir zaxirasi shakllantirilgan.
2022-yil hosili uchun biolaboratoriyalar 910 ta paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va 5 ta paxta to‘qimachilik klasterlari o‘rtasida 65 ming gektar maydonga biomahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
Ushbu biolaboratoriyalar hamda O‘simliklar klinikalari fermer xo‘jaliklari, dehqonlar, agrar sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar va aholi uchun asqotmoqda. Biolaboratoriyalar va o‘simliklar klinikalari paxta, don, kartoshka, meva-sabzavot va boshqa ekinlarni zararli organizmlardan himoya qilish bilan birga dehqonchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Muxtasar qilib aytganda, mazkur biolaboratoriyalar va o‘simliklar klinikalarining faoliyat yurtishidan maqsad, qishloq xo‘jalik ekinlarini zararlanishiga qarshi kurashish va mo‘l hosil garovi uchun xizmat qilishdir.

Trixogramma



Oltinko‘z

Brakon

Download 260.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling