Boshqaruv usullari
O‘ZBEKISTIN RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
Download 260.11 Kb.
|
o\'simlikshunoslik mustaqil ishj
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI MAVZU: PICHAN TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. Reja: 1. Pichan tayyorlash texnologiyasi.
- 4. Yem-xashak ekinlarni qo‘shib ekish texnologiyasi. 5. Yem-xashak ekinlarni takroriy ekin sifatida yetishtirish texnologiyasi.
O‘ZBEKISTIN RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI AGROBIZNES VA INVESTITSION FAOLIYAT yo‘nalishi S21-13 gurux talabasi RAXIMOV SALOXIDDINNING CHORVACHILIK VA IPAKCHILIK fanidan MUSTAQIL ISHI MAVZU: PICHAN TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. Reja: 1. Pichan tayyorlash texnologiyasi. 2. Pichanzor va yaylovlardan foydalanish va ularni yaxshilash usullari. 3. Silosbop o‘simliklar ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi. 4. Yem-xashak ekinlarni qo‘shib ekish texnologiyasi. 5. Yem-xashak ekinlarni takroriy ekin sifatida yetishtirish texnologiyasi. Mamlakatimizda g‘alla yetishtirish g‘alla mustaqilligini ta’minlashda asosiy omil bo‘lib, xalq xo‘jaligining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. “G‘alla – hammaga bosh” – xalqning bu dono so‘zlari insoniyatning butun rivojlanish tarixi mobaynida odamlar ongiga singib ketgan. Inson hayoti qadim asrlardan beri g‘alla yetishtirish bilan bog‘liq. Don – insonning hayot asosidir. Don – doim davlat boyligi, farovonligi va qudratini ifodalovchi asosiy ko‘rsat kichlardan biri bo‘lib kelgan, hozir ham, kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi G‘alla hosildorligini va miqdorini jadal sur’atlar bilan oshirish qishloq xo‘jaligi oldiga qo‘yilgan muhim vazifadir. Vazifa mamlakatimizning oziq-ovqatbop yuqori sifatli g‘allaga va yem-ozuqabop g‘allaga talabini yanada to‘liq qondirish, davlatimizning boy g‘alla zaxiralarini kengaytirish, xorijiy mamlakatlarga sotish imkoniyatlarini kuchaytirishdan iborat. G‘alla yetishtirishni yuqori pog‘onalarga ko‘tarish uchun barcha xo‘jaliklarda hosildorlikni oshirish, foydalanilmay yotgan lalmikor yerlarni o‘zlashtirish, g‘alla yetishtirish jarayonining barcha bosqich- larida, ayniqsa, o‘rim-yig‘im davrida, yig‘ib olingandan keyingi ishlovlar berishda sodir bo‘ladigan bevosita va bilvosita nobudgarchiliklarni bartaraf etish zarur. Hosilni yig‘ishtirib olish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish omillari: ♦ boshoqli va dukkakli ekinlarni yetishtirishda ishlatiladigan texnik vositalar va texnologiyalarni uzluksiz takomillashtirish, zamonaviy eng yuqori texnologiyalarga asoslangan g‘alla va don-dukkakli ekinlar hosilini yig‘ishtirish mashina va kombaynlaridan foydalanish; ♦ g‘alla va don-dukkakli ekinlarni yetishtirish agrotexnikasini yanada mukammallashtirish, dalalar holatini yaxshilash, yirik boshoqli va doni to‘kilmaydigan g‘alla navlarini yaratish, ekish, dalada g‘allaning tekis va bir xil qalinlikda bo‘lishini hamda bir vaqtda yetilishini ta’minlash. G‘alla eng muhim oziq-ovqat o‘simligi. Yer yuzidagi quruqlikning 1/82 ga yaqin hamda ekin ekiladigan hamma maydonning 1/5 qismida bug‘doy, arpa, suli ekiladi. Bug‘doy g‘allaning eng muhimi bo‘lib, uning tarkibida 20% oqsil modda bo‘ladi. Bug‘doy donidan un, kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlar olinadi. G‘allani yanchishda hosil bo‘lgan chiqitlardan chorva uchun to‘yimli yem-ozuqa sifatida foydalaniladi. Poxol-somonlar mollarga yem va to‘shama, qurilish materiallari sifatida ishlatiladi. Ulardan qog‘oz ham tayyorlanadi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollanmoqda. G‘alla o‘rishda Amerika Qo‘shmashtatlarining Case IH firmasida chiqarilgan Axial Flow bo‘ylama rotorli kombaynlari, Germaniya СLAAS firmasining “DOMINATOR150/140/130”, Rossiyaning “Yenisey” va boshqa rusumli kombaynlari qo‘llanilmoqda. Masalalar to‘plamida mashinalarning har bir guruhi bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar keltirilgan. Masalalar, asosan, mashina va ishchi organlarning asosiy konstruktiv, texnologik va dinamik parametrlarini hisoblash, optimal parametrlarini aniqlashga qaratilgan. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy vazifalaridan biri chorvachilik uchun yetarli mustahkam ozuqa bazasini yaratishdan iborat. Ozuqa tayyorlash uchun tabiiy o‘sgan va ekilgan o‘tlar, poxol va somondan foydalaniladi. O‘tlardan pichan, senaj olinadi, qisman silos bostiriladi. O‘tlarga qayta ishlov berib, vitaminga boy yem–o‘t uni tayyorlanadi. Silos uchun makkajo‘xori, ko‘pyillik baland poyali o‘tlar ekib, yetishtiriladi. Ozuqa tayyorlashda ishlab chiqarish jarayoniga qo‘yiladigan asosiy talab – hosilni nobud qilmay yig‘ishtirib olish va Davlat standartlari talablarini qondiradigan, yuqori sifatli ozuqa tayyorlash. Masalan, dukkakli o‘tlar pichanida kamida 8…14 % protein, 1 kg pichanda 15…30 mg karotin bo‘lishi lozim. Sifatli ozuqa tayyorlash va nobud garchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘tlarni eng maqbul agrotexnik muddatlarda o‘rish, texnologiya va mashinalar turkumini to‘g‘ri tanlash, mashinalarni maqbul rejimlarda ishlaydigan qilib sozlash, yig‘im ishlarini qisqa muddatlarda o‘tkazish, mehnatni tashkil qilish va haq to‘lashning progressiv usullarini qo‘llash kerak. O‘tlarni o‘rish, poyalarni so‘litish va quritish, tashish, g‘aramlash ishlari ko‘pi bilan 10…15 kunda bajarilishi lozim. Har bir o‘t o‘simligi tuproq-iqlim va geografik sharoitlarga qarab turli biologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shuning uchun pichanni o‘rib-yig‘ib olish usullari ham shu xususiyatlarga qarab tanlanadi. O‘tloqlarda tabiiy o‘sgan o‘tlar 4…6 sm, dasht o‘tlari 4 sm va ekilgan o‘tlar 8…10 sm balanddan o‘riladi. O‘rilgan o‘tlarni uzoq muddat saqlash uchun ularning namligi 16…18 % ga yetgunga qadar quritish kerak. Ob-havo issiq bo‘lsa, o‘tlar o‘zining o‘rilgan joyida yoyib qoldiriladi. Pichanning nobud bo‘lmasligi uchun va qurigandan keyin uni oson yig‘ishtirib olish maqsadida, o‘rilgan o‘tlar kengligi 1,3 m li qator uyumlarga to‘planadi. Qator uyumdagi pichanning ostki qismini ham tekis quritish uchun pichan uyumi yarim aylanaga ag‘darib qo‘yiladi. Pichan namligi 25…30 % ga yetganda qator uyumlar alohida-alohida to‘dalab qo‘yiladi. To‘dalar tashish uchun qulay shaklda bo‘lishi lozim. To‘dalar vazni dashtli mintaqalarda 300…500 kg, o‘rmon-o‘tloq va bedazorlarda 50…150 kg bo‘ladi. To‘dalar bir qatorga joylashtiriladi. Qator uyum yoki to‘dalarda namligi 16-18% ga yetguncha quritilgan pichan ikki xil texnologiya bo‘yicha yig‘ishtirib olinadi: 1) tayyor pichan maxsus mashinalar yordamida zichlanib, ulardan to‘g‘ri to‘rtburchak yoki rulon shaklidagi toylar tayyorlanadi; 2) qurigan pichan maxsus joylarga keltirilib, katta-kichik g‘aramlarga bosiladi. Birinchi usulda bajariladigan ishlar va mashinalar turkumi quyidagilardan iborat: 1) o‘tlar o‘to‘rgich (kosilka) lar bilan o‘rib, dalada qoldiriladi; 2) namligi 40% gacha kamayib so‘litiladi; 3) xaskashlar yordamida qator uyumlarga yig‘ishtirib qo‘yiladi; 4) qator uyumlardagi pichan yig‘ishtirgich-zichlagich yordamida yig‘ishtirib olinadi va bir yo‘la zichlab, ulardan to‘g‘rito‘rtburchak yoki rulon shaklidagi toylar tayyorlanadi; 5)toylar dalaga tashlab ketiladi yoki bir yo‘la aravaga ortiladi, xirmonga keltirilib, taxlab saqlanadi. Ikkinchi usulda ham o‘tlar o‘to‘rgichlar bilan o‘riladi; xaskashlar yordamida qatorga uyumlanadi so‘ngra sudratmalar yordamida to‘dalab qo‘yiladi. To‘dalar bir qatorga joylashtiriladi. Pichan to‘dalarda yana bir oz quriydi. Daladagi to‘dalar sudratmalar yoki g‘aramtashigichlar yordamida katta g‘aramlarga tashib keltiriladi.. G‘aram vazni 20…40 t bo‘ladi. Birinchi usul ikkinchisiga qaraganda qator afzalliklarga ega. Pichan toylari ozuqa moddalarni uzoq saqlashga imkon beradi, tashish, taxlash va yem tayyorlash jarayonlarini osonlashtiradi. Toyning zichligi pichanning namlik darajasiga qarab tanlanadi. Namligi 18…30 % li pichan toyining zichligi 100…300 kg/m3, 12 % 3gacha quritilganda esa, 700 kg/m bo‘ladi. Download 260.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling