Boshqaruv usullari


Pichan tayyorlash texnologiyasi


Download 260.11 Kb.
bet3/16
Sana17.11.2023
Hajmi260.11 Kb.
#1782308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
o\'simlikshunoslik mustaqil ishj

Pichan tayyorlash texnologiyasi.
Pichanni sifatini aniqlash va hisobga olish, g‘aramlarning hajmini aniqlash, vaznini aniqlash, pichanni sifatiga qo‘yiladigan talablar, ularni o‘rish muddatlari, ularning to‘yimliligi va o‘rishda qo‘llaniladigan mashinalar. Pichan va boshqa ozuqalar tayyorlash. Markaziy Osiyo va o‘tloq ozuqachiligi va O‘zbekiston tabiiy mintaqalarining yaylov va pichanzor maydonlar, ularning joylashuvi va hosildorligi va rivojlanish istiqbollari. Yaylov va pichanzor o‘simliklari, ularning guruhlari, foydalanishi, yaylovlardan samarali foydalanish, yaxshilash masalalari va madaniy yaylovlar yaratish-chorvachilik va qorako‘lchilikdagi muhim masalalar sifatidA*. O‘tloq va yaylov oziqachiligi tarixi, bu boradagi fan yutuqlari va ilg’or tajribalar. Chorvachilikda pichan, senaj, silos, o‘t qirqimlari va vitaminli o‘simliklarning ahamiyati.
Silos tayyorlash texnologiyasi va ularning biologik asoslari. Ozuqalarni siloslash va siloslashdagi mikrobiologik jarayonlar, uning yetilishi, silos chiqarish, silos vaznini aniqlash.
Senaj tayyorlash texnologiyasi. Ekin turlari, o‘rish muddati, sifat ko‘rsatkichlari.
Pichanzor va yaylovlardan foydalanish va ularni yaxshilash usullari.
Yaylovlardan oqilona foydalanish. O‘tlatish muddatlari va soni, yaylovlar hajmi, hayvonlarni o‘tlatish tizimi va texnikasi. Bo‘laklardan foydalanish muddatlari, o‘tlatish tartibi va tizimi. Yaylovlardan foydalanish tizimlari, yaylov jihozlari va hayvon boqishga tayyorlash.
Yuza yaxshilashda madaniylashtirish-texnika ishlari, do‘nglik va chuqurliklarni tekislash, turli axlat, shox-shabba va toshlardan tozalash, suv rejimini yaxshilash, o‘g‘itlarni qo‘llash. O’tzorni parvarish qilish, begona o‘tlarga qarshi kurash, tuproq va havo rejimini yaxshilash va o‘tlarni yashartirish, olasiga ekish.
O‘t aralashmalari ahamiyati, o‘tlarni tanlash va o‘t aralashmalari tarkibi. O‘tlarni ekish, me’yori, muddati, usuli. Cho‘l mintaqasida ozuqabop ekinlarni ekish xususiyatlari.Sug‘oriladigan madaniy yaylovlar barpo etishning xususiyatlari. Sug‘orish va o‘g‘itlash. Ekilgan pichanzor va yaylovlarni parvarishlash.
1.2 O‘simlik poyalarining mexanikaviy xossalari O‘simlik poyalarni qirqish balandligi, qirqish tezligi, qirqishga qarshilik kuchi poyalarning bikirligiga bog‘liq. Jismlarning bikirligi ularning deformatsiyalanishga qarshilik ko‘rsatish imkonini ifodalaydi. Bikirlik elastiklik moduli (E) ning jism ko‘ndalang kesimining 4 inertsiya momenti (J, sm ) ga ko‘paytmasiga teng va JE (N·sm )
bilan ifodalanadi. Elastiklik moduli (E) deformatsiyalanish jarayonida
pay-do bo‘ladigan kuchlanish 2 ( ) kabi N/m da o‘lchanadi. Poya
4-lang kesimining inertsiya momenti, sm :4J = d /20 . (1.1) Poya diametri d  2,0…3,5 mm. Quruq o‘t poyalarining bikirligi JE =(49…646)10-4 N·m2 yoki JE = (49…646) N∙sm2, quruq bug‘doy poyalari uchun elastiklik. moduli E = (4,67…7,48)109N/m yoki E = (4,67…7,48)103 2 N/mm . Tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, 1dondagi g‘allani o‘rishga Lo = 100…200 N·m/m 2, o‘t o‘rishga esa
200...300N·m/m2 ish sarflanadi. Bir dona bug‘doy poyani qirqish uch-un 2,0…6,0 N kuch, eng ko‘pi esa 19,6 N ga boradi. Segmentbar-moqli apparat bilan ishlaganda qamrash kenligining 1 m ga to‘g‘ri keladigan kuch g‘alla o‘rishda 392…490 N/m, o‘t o‘rishda esa 590...685 N/m ni tashkil etadi. Poyalarning tig‘ga ishqalanish burchaklari ekin turiga va poyalarning diametriga, o‘tkirligiga, silliqligiga va tish kertilganligiga bog‘liq. Masalan, diametri d = 3 mm li g‘allapoyaning yangi o‘tkir tig‘ga ishqalanish burchagi 16…17o , segment tig‘iga ustki tomondan mayda tishlar kertilgan bo‘lsa, 44…47o ni tashkil qiladi.
1.3 O‘to‘rgichlar O‘to‘rgichlar o‘simlik poyalarini tayanchsiz va tayanchli qirqish
usullariga asoslangan. Tayanchsiz qirqishga asoslangan o‘to‘rgichlar toifasiga rotatsion-diskli o‘to‘rgich va rotatsion-barabanli (rotorli) o‘to‘rgich maydalagichlar kiradi. Tayanchli qirqish apparatlari segment-barmoqli va barmoqsiz-segmentli bo‘ladi. Rotatsion-diskli o‘to‘rgich tabiiy o‘sgan va ekilgan yuqori hosilli o‘tlarni tayanchsiz (qarshi qirqish pichog‘isiz) o‘rishga mo‘ljallan-
gan. 1.1-rasmda KRONE firmasida chiqariladigan Easy Cut EC o‘to‘rgichning rotatsion-diskli o‘t o‘rish apparati ko‘rsatilgan Firma qamrash kengligi 2,4 m li to‘rt diskli va qamrash kengligi 3,2 m li sakkiz diskli rotatsion o‘to‘rgichlar ishlab chiqaradi. Bularning o‘rish apparatlari vertikal valda aylanadigan ellipssimon disklar 2 va ellipsning katta o‘qi yo‘nalishida sharnirli biriktirilgan ikkita
yassi po‘lat pichoq 3 dan iborat. Ish vaqtida har juft disk o‘rilgan o‘tlarni qator uyum ko‘rinishida ang‘iz ustida qoldiradi. Pichoqlar o‘tlarni 30...50 m/s tezlikda tayanchsiz qirqadi. O‘to‘rgichning ish unumi 1,5…3,0 ga/soat Mashina 0,9 va 1,4
klass traktorlari bilan agregatlanadi. Harakat disklarga traktorning -1 ketingi QOV dan (nqov = 540 min ) kardanli val va quti 1 ichida joylashgan silindrik shesternalar 4 orqali beriladi (quti ichida harakat yo‘nalishi qora chiziq bilan belgilangan). KRONE firmasining barcha turdagi rotatsion o‘to‘rgichlariga o‘rnatiladigan Easy Cut EC rotatsion o‘rish apparati chorva mollariga ozuqa uchun ekilgan har qanday o‘simlik poyalarini tez, oson va tekis o‘radi. O‘simlik poyalari qirqilayotganda mashinaning hech qanday qismiga tayanmaydi, poya-
larning pichoqlar ta’sirida old tomonga og‘ishi esa poyaning bikirligi, uning pichoq urilganda paydo bo‘ladigan inertsiya kuchi va qisman yondosh poyalarga tayanishi bilan cheklanadi.
Xo’jalikda eng ma’suliyatli tadbir hisoblanadi, chunki oziqa sifati va to’yimliligi, uning qanday tayyorlanganligiga bog’liq. Odatda oziqalar qish mavsumi uchun tayyorlanadi, chunki bu davrda hayvonlar yozda tayyorlangan oziqalarni iste’mol qiladilar. 
Pichan tayyorlash uchun o’simlikning o'rish davri belgilanadi, bu boshoqlilar uchun boshoq chiqargan davri, dukkaklilar uchun esa to’liq g’unchalab 10% gullagan paytda hisoblanadi. Pichan tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: o’rish, ag’darish, to’plash, ortish, tashish, g’aramlash. O’rish kosilkalar va jatkalar yordamida amalga oshiriladi. O’rilgan o’t bir tekisda qurishi uchun u ag’dariladi, uning namligi 20-25% ga tushganda u to’planadi, pogruzchiklar (PU-0,5) yordamida telejkalarga ortiladi va pichanxonalarga yetkaziladi. Pichan g’aramga bosiladi. G’aram tagi yerdan kamida 70 sm baland bo’lishi kerak, pichan to’liq bosib bo’lingandan keyin uning usti suyri bo’lib, qor va yomgir suvlari bemalol oqib tushadigan bo’lishi kerak. Iloji boricha g’aram ustini nam o’tkazmaydigan matolar bilan o’rash kerak, natijada pichan harajati 15-20% kamayadi.
Pichanni iloji bor joylarda maxsus ayvonlar tagida, soyada quritish uning tarkibidagi barcha to’yimli moddalar va karotinni saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari yirik fermer xo’jaliklarda pichanlarni sun’iy shamollatish (ventilyatorlar yordamida) orqali sifatli pichan tayyorlash mumkin. 
Ko’k o’tlarda o’t talqoni tayyorlash alohida ahamiyatga ega, chunki ushbu oziqa yosh hayvonlar, ayniqsa cho’chqa va parrandalar ratsioning ajralmas qismi hisoblanadi. Ko’k o’tlar AVM 0,4; 0,8., agregatlarida talqonga aylantiriladi, kerak bo’lsa OGM -0,8 agregatlarida donorga aylantirilib omborda saqlanadi. 
AVM(Агрегат Витаминной Муки)
Qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirishda silos alohida o’rin tutadi, chunki konservalanish davrida o’simlik qandidan hosil bo’lgan sut kislotasi barcha mikroorganizmlar faoliyatini to’xtatishi natijasida oziqalar tarkibida barcha to’yimli moddalari va xossalari saqlanib qoladi. 

Download 260.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling