Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari


Download 15.73 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi15.73 Kb.
#1509644
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari-fayllar.org (1)

Reglamentga solish boshqaruv tuzilmalari va xodimlari faoliyatini qonunlar, qoidalar, buyruqlar, nizomlar orqali aniq belgilab qo`yish va ularni qo`llashga oid yo`riqnomalar ishlab chiqish bilan xarakterlanadi. Bulardan tashqari har bir mansabning bajaradigan ishlari turlarini, vakolatlarini, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradigan mansab yo`riqnomalari ham ishlab chiqilishi mumkin.
  • Me’yorlash, o`z navbatida, mehnat sharoitlari, ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy, mehnat va kapital sarflarini hamda ishlab chiqarish natijalarini ma’lum bir normativlar, kvotalar o`rnatish orqali miqdoriy chegaraga solishni anglatadi.
    • 3-chizma. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari tarkibi
    • Me’yorlarni vaqt sarfi (ish yoki mahsulot birligini yaratishga sarflangan vaqt sarfi), ish yoki mahsulot hajmi (bir ish soati, kuni yoki smenasida bajariladigan ish yoki ishlab chiqariladigan mahsulot) va miqdor sarfi (mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarishga sarflanadigan moddiy, mehnat va kapital sarflari) bo`yicha o`rnatish mumkin.
    • Ayrim hollarda obyektiv (iqtisodiy sharoitlarning o`zgarishi, noqulay iqlim va ob-havo ta’siri, texnikaning ishdan chiqishi va boshqalar) va subyektiv (mehnat intizomining buzilishi, mahsulot sifatining pasayib ketishi, mas’uliyatsizlik va g`ayriqonuniy xatti-harakatlar) omillar ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga jiddiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Bunday holatlarda ishlab chiqarishdagi uzluksizlik tashkiliy-farmoyish va ma’muriy usullar orqali tartibga solinadi.
    • Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydi, boshqaruvning har bir bo`g`ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, xodimlarni tanlaydi va joy-joyiga qo`yadi, buyruqlar va farmoyishlarning bajaralishini nazorat etadi, ishda tartib o`rnatadi va hokazo.
    • Shu bilan birga bu usullarni me’yor doirasida va o`z o`rnida qo`llash lozimligini unutmaslik lozim. Chunki tashkiliy-farmoyish usullariga haddan tashqari keng o`rin berish ma’muriyatchilik va byurokratizmga yo`l ochadi, ishchi va mutaxassis xodimlarning ishlab chiqarishning yakuniy natijalarini oshirishga bo`lgan rag`batini va manfaatdorligini susaytiradi. Tashkiliy-farmoyish usullarni iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullar bilan birgalikda qo`llash maqsadga muvofiq.
    • Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining asosini iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy usullar bu munosabatlarni tashkil etadi, tartibga soladi va takomillashtirib boradi.
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling