Iqtisodiy usullar qo`yilgan maqsadga erishish uchun ishchi va xodimlarning manfaatlariga ta’sir o`tkazish orqali boshqaruv maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga imkon beruvchi rag`batlar va vositalar yig`indisidan tashkil topadi (4-chizma). - 4-chizma. Boshqaruvning iqtisodiy usullari tarkibi
- Ularning mohiyati korxona faoliyatini iqtisodiy ta’sir vositalari (narx, kredit, rejalashtirish, xarajatlar va tannarx, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag`batlantirish va hokazo) orqali boshqarishdir. Iqtisodiy manfaatlar tizimi davlat va jamiyat manfaatlari, jamoa manfaatlari va shaxs manfaatlaridan tashkil topadi. Davlat va jamiyat manfaatlari bilan jamoa hamda shaxs manfaatlari orasida muayyan bog`liqlik mavjud.
- Masalan, shaxs birinchi navbatda o`z mehnati natijalarini yuksaltirishdan manfaatdor. Shu bilan birga, u o`zi a’zo bo`lgan jamoaning mehnati natijalarini yuksaltirishdan ham manfaatdor. Chunki, korxona jamoasining yuqori mehnat natijalari xodimning ish haqi darajasiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Ammo, jamiyat miqyosida moddiy farovonlikni ta’minlamasdan, uning barqarorligi va xavfsizligiga erishmasdan, alohida olingan bir shaxsning barkamol rivojlanishini tasavvur etib bo`lmaydi. Jamiyat, jamoa va shaxs manfaatlarini uyg`unlashtirish doimo murakkab iqtisodiy vazifa bo`lib kelgan. Buning uchun
- jamiyatda iste’mol va jamg`arish o`rtasidagi, ish haqi fondi bilan rag`batlantirish fondi
- tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o`rinni egalashi lozim.
- o`rtasidagi, foydaning taqsimlanadigan qismi bilan turli zahira fondlariga jamg`ariladigan va taqsimlanmaydigan qismi o`rtasidagi nisbatlarini optimallashtirish talab etiladi. Aynan shu vazifalarni amalga oshirishda boshqaruvning iqtisodiy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
- Boshqaruvning iqtisodiy usullari xo`jaligi yuritishning barcha dastaklari ta’siriga:
- rejalashtirish, iqtisodiy tahlil, moddiy rag`batlantirish va
Do'stlaringiz bilan baham: |