Korxonalarda xarajatlarni boshqarish
Download 155.25 Kb.
|
Mavzu-12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlarni optimallashtirishda leveridjni axamiyati. Tayanch soʻz va iboralar
12-MAVZU: “KORXONALARDA XARAJATLARNI BOSHQARISH” Reja Xarajatlarni moliyaviy boshkarish moxiyati. Tannarx tarkibiga kiruvchi xarajatlarni guruxlash. TMZga tegishli xarajatlarni taxlil kilish. Xarajatlarni optimallashtirishda leveridjni axamiyati. Tayanch soʻz va iboralar: xarjatlar, daromad, foyda, doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar, bevosita va bilvosita xarajatlar, tannarx, fifo, lifo, leveridj. Xarajatlarni moliyaviy boshqarish moxiyati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona toʻlov qobiliyatini ta’minlash uning raxbari uchun muxim vazifalardan biridir.Korxona uchun daromad bilan faoliyat koʻrsatish kifoya emas, balki oʻz majburiyatlari buyicha toʻlov qobiliyatini saklash ancha muximdir. Yaxshi faoliyat koʻrsatuvchi korxona oʻz ishchilariga oʻz vaqtida ish xaki toʻlashni, mol etkazib beruvchilar bilan xisoblashishni, soliqlarni oʻz vaqtida utkazishni, qarzlar buyicha foizlarni toʻlashni, kelgusi faoliyatiga investitsiya qilishni va aksionerlarga daromadni ta’minlashi kerak. Korxona uz daromadini maxsulot sotishdan oladi. Bunda turli maxsulotlarni xissasi turlicha. Bu bozorga (qaysi narx bilan qancha sotish mumkin) va xarajatlarga (qancha xarajat qilib qancha ishlab chiqarish mumkin) bogʻliq. Foyda bu daromad va xarajat oʻrtasidagi farqdir. Korxonani foydasi maxsulotni butun assortimentidan keladigan daromadga bogʻliq. Boshqaruv xisobi – bu xarajatlar xarakatini tushinish va ular ustidan nazorat qilish vositasidir. Aksionerlarni, banklarni, xodimlarni, davlat organlarini va boshqa kizikuvchilarni xisobotlar orkali, korxona utgan davr mobaynida qanchalik effektiv ish olib borganidan xabardor kiluvchi moliyaviy uchyotdan farqli ularok, korxona boshqaruviga optimal qaror qabul qilish uchun axborot etkazib beruvchi boshqaruv uchyoti tizimi ishlab chikiladi. Boshqaruv uchyotining asosi mantikdir. Ushbu ukuv materiali tinglovchilarni korxonani Oʻzbekiston va dunyo bozorida raqobatdosh va oʻz urniga ega boʻlish uchun zarur vosita – boshqaruv uchyoti (xarjatlar xarkati) bilan tanishtiradi. Ushbu materialni oʻzlashtirgandan soʻng menejerlar quyidagilarni amalga oshira oladilar: xarjatlarni turli tuzuvchilarga boʻlish, xarajatlar xarakatini tushinish va pirovard natijada maxsulot xar bir turi rentabelligi xaqida toʻgʻri va aniq ma’lumotga ega boʻlish; maxsulot xar bir turining rentabelligi ta’minlanadigan minimal xajmni va daromad maksimal boʻladigan yagona baxo va xajm oʻrtasidagi moslashuvni topish; maxsulot assortimentidagi tovarlar xissasini topish, baholash va uni oʻzgartirish xaqida xulosa qabul qilish, lozim boʻlsa maksimal daromadga olib keluvchi assortimentni topish; bitta maxsulot turini rentabelligini oshirish orkali boshqa maxsulot turlarini rentabelliklarini tushirib yubormaslikni bilish; zaxiralarni oʻzgarishini taxlil qilish va oborot mablagʻlarini effektiv ishlatish; ma’lum bir komponentni ishlab chiqarish urniga uni sotib olish ratsionalligini tushinish. «Xarajatlarni boshqarish» nima degani? Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona oldidagi asosiy masala bu foyda olishdir. Download 155.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling