Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
Ongli, ichki asosli bo'ysunish
Download 100.5 Kb.
|
1.Raimnazarov K
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy usullar quyidagi shakllarda boladi: rejalashtirish, tahlil qilish, iqtisodiy mustaqillikni taminlash. Bu esa mehnatkashlarning oz mehnati natijalariga moddiy qiziqishini uygotadi.
Ongli, ichki asosli bo'ysunish.
To'g'ridan-to'g'ri ta'sirlar xodimlarning passivligini oshirishi yoki yashirin bo'ysunishga olib kelishi mumkin. Shu sababli, maqsadlarni belgilash va rag'batlantiruvchi sharoitlarni yaratish orqali amalga oshiriladigan bilvosita ta'sir qilish usullari eng samarali hisoblanadi. Iqtisodiy usullar quyidagi shakllarda bo'ladi: rejalashtirish, tahlil qilish, iqtisodiy mustaqillikni ta'minlash. Bu esa mehnatkashlarning o'z mehnati natijalariga moddiy qiziqishini uyg'otadi. XULOSA Zamonaviylik talabi kundan-kunga ortib borayotgani bugungi kun soha vakillarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va taraqqiy etish jarayonlarini tashkil etishda har doim izlanishda boʻlishga daʼvat etadi. Kadr atamasi bugungi kunda personal atamasi tarzida qoʻllanilmoqda. Personalni boshqarish fani esa har qanday sohada oʻzini samarali faoliyatni amalga oshiruvchi omil boʻlib xizmat qilishini koʻrsatadi. Chunki, ushbu sohada psixologik xizmat faoliyati yuqori darajada qamrab olinganligi muhim ahamiyatga ega. Personallarni shakllanishida ilmiy nazariyalar asosida, bugungi kun talabiga javob beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini oʻzlashtira oladigan, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish imkonini amalga oshiruvchi, ya'ni xorijiy tillarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishda qiynalmaydigan personallarni yetkazib berish har bir sohani rivojlantirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlarni yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Bu esa oʻz navbatida oliygohlar fanlar tizimida yangi bir sohani rivojlantirishga asos boʻldi. Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat fani yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu fan turli mamlakatlarda qoʻllanilayotgan zamonaviy boshqaruv usullarini oʻrganish va amaliyotga joriy etish jarayonlarini shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Bunday holatlarni korxona va tashkilotlar faoliyatida yaqqol koʻrsatib beradi. Tashkilot va korxona, muassasalar faoliyatini amalga oshirish xodim va rahbarlar faoliyati, menejerlar faoliyati hamda bugungi kunda asosiy oʻrinda turuvchi psixolog faoliyati bilan birgalikda olib boriladi. Ushbu munosabatlar tizimida har bir vakillarning zimmasiga yuklatilgan vazifalar belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi.Shu bilan birgalikda har qanday faoliyat shaxs ijtimoiy qonun va qoidalarini inobatga olgan holda belgilanadi. Xodimlar faoliyatini tashkil etishdagi mahoratini oshirishga har doim harakat qilishga intilgan rahbar, albatta oʻzining kasbiy malakasini doimo rivojlantirib boradi. Xodimlarga ijodiy faoliyatini tashkil etish, hamkorlikda ish olib borish, turli xil tadbirlarda faol ishtirok etish, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni tanlash asosida oʻz faoliyatini belgilash, ragʻbatlantirish yoki oʻz oʻrnida jazolash kabi jarayonlarning barchasi rahbar tashkil etgan boshqaruv tizimidan oʻrin oladi. Oʻz navbatida xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar tizimida yuzaga keladigan ijobiy va salbiy holatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish, ishga kelgan yangi xodimlar faoliyatini samarali shakllanishiga koʻmaklashish, koʻp yillar davomida faoliyat olib borayotgan xodimlar orasida kuzatilishi mumkin boʻlgan kasbiy qoniqish hissini yoʻqolishi, stress, nevroz, depressiya kabi psixologik kasalliklarni yuzaga kelishini kamaytirish, shaxs oʻz-oʻzini anglash va boshqarishiga koʻmaklashish, har bir xodimdagi qobiliyat va imkoniyatlarini inobatga olgan holda unga kasbiy faoliyatini belgilab olishida yordam berish, shaxs xususiyatlari, temperamenti, tiplarini oʻrganish asosida munosabatlarni tartibga solish, bundan tashqari ehtiyoj va qadriyatlar tizimida muhim sanalgan omillar taʼsirida yuzaga keladigan munosabatlarni ham oʻrganish korxona va tashkilotlar faoliyatida psixolog zimmasiga yuklatilgan vazifalarni belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar asosida shakllanadi.Ushbu munosabatlar tizimi oʻyin, oʻquv va mehnat faoliyati natijasida paydo boʻladi. Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling