Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat


Download 0.62 Mb.
bet7/8
Sana05.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1427395
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3.Raimnazarov K

О‘tkazilgan ijtimoiy-psixologik sо‘rovnoma natijalaridan xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda tibbiyot muassasalarida psixolog xizmatini yо‘lga qо‘yish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Har bir davolash muassasasining о‘ziga xos jihatlarini, har xil kasallik turlariga oid bemorlarning о‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ularning diagnostikasi va korreksiyasini amalga oshirishda о‘ziga xos va о‘ziga mos yondashuvlarni qо‘llash psixolog-mutaxassislar ish faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi, deyish mumkin. Biroq kо‘rib turganimizdek, savolnoma natijalari tibbiyot muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi zamon va aholi talabiga javob bermasligini, hatto shifokorlarning kо‘pchiligi klinik sharoitlarda psixologik xizmat qanday kо‘rinishda bо‘lishi zarurligi va psixolog aslida kim va u nima bilan shug‘ullanishi haqida yetarlicha tasavvurga ega emas. Bu holat somatik kasalliklar orqasida yashiringan psixologik muammolarni о‘z vaqtida qayd etish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini pasaytiradi. Ta’kidlash joizki, bir qator shifokorlar bilan о‘tkazilgan suhbat va sо‘rovnoma natijalaridan psixoterapevt aslida kim va u nima bilan shug‘ullanadi, degan savolga ham turlicha javoblar olindi. Psixoterapevt – tibbiy oliy ma’lumotga ega bо‘lgan shifokor, psixiatriya yо‘nalishi bо‘yicha ixtisoslashgan, biroq psixoterapiyadan xabari bor mutaxassis, degan javoblar ham uchradi. Universitet diplomiga ega psixolog psixoterapevt bо‘la olmasligi shifokorlar tomonidan bir necha marotaba ta’kidlandi. Kuzatishlarimiz Toshkent shahridagi poliklinikalarda psixonevrolog faoliyati, qо‘llayotgan metodikalari psixolognikidan deyarli farq qilmasligini kо‘rsatdi. Shu jumladan, sinaluvchilarimiz orasidan psixiatrlar sud-psixologik ekspertizaga universitet ma’lumotiga ega bо‘lgan psixologlar aralashayotganini ham nokompetentlikka yо‘ydilar va bu ish bilan faqatgina tibbiy ma’lumotga ega bо‘lgan psixiatrlar shug‘ullanishi kerakligini aytdilar.

  • О‘tkazilgan ijtimoiy-psixologik sо‘rovnoma natijalaridan xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda tibbiyot muassasalarida psixolog xizmatini yо‘lga qо‘yish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Har bir davolash muassasasining о‘ziga xos jihatlarini, har xil kasallik turlariga oid bemorlarning о‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ularning diagnostikasi va korreksiyasini amalga oshirishda о‘ziga xos va о‘ziga mos yondashuvlarni qо‘llash psixolog-mutaxassislar ish faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi, deyish mumkin. Biroq kо‘rib turganimizdek, savolnoma natijalari tibbiyot muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi zamon va aholi talabiga javob bermasligini, hatto shifokorlarning kо‘pchiligi klinik sharoitlarda psixologik xizmat qanday kо‘rinishda bо‘lishi zarurligi va psixolog aslida kim va u nima bilan shug‘ullanishi haqida yetarlicha tasavvurga ega emas. Bu holat somatik kasalliklar orqasida yashiringan psixologik muammolarni о‘z vaqtida qayd etish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini pasaytiradi. Ta’kidlash joizki, bir qator shifokorlar bilan о‘tkazilgan suhbat va sо‘rovnoma natijalaridan psixoterapevt aslida kim va u nima bilan shug‘ullanadi, degan savolga ham turlicha javoblar olindi. Psixoterapevt – tibbiy oliy ma’lumotga ega bо‘lgan shifokor, psixiatriya yо‘nalishi bо‘yicha ixtisoslashgan, biroq psixoterapiyadan xabari bor mutaxassis, degan javoblar ham uchradi. Universitet diplomiga ega psixolog psixoterapevt bо‘la olmasligi shifokorlar tomonidan bir necha marotaba ta’kidlandi. Kuzatishlarimiz Toshkent shahridagi poliklinikalarda psixonevrolog faoliyati, qо‘llayotgan metodikalari psixolognikidan deyarli farq qilmasligini kо‘rsatdi. Shu jumladan, sinaluvchilarimiz orasidan psixiatrlar sud-psixologik ekspertizaga universitet ma’lumotiga ega bо‘lgan psixologlar aralashayotganini ham nokompetentlikka yо‘ydilar va bu ish bilan faqatgina tibbiy ma’lumotga ega bо‘lgan psixiatrlar shug‘ullanishi kerakligini aytdilar.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling