Boshqarishdagi barcha tamoyillarning bir-biri bilan o’zaro aloqadorligi.
Boshqarishning barcha tamoyillari bir-biri bilan o’zaro aloqadordir. Ishlab chiqarish sharoitida bir tamoyilning buzilishi barcha tamoyillarning ham buzilishiga olib keladi. Rahbar barcha tamoyillarni yoddan bilishi shart. Faqat shundagina menejer ishlab chiqarish muammosi paydo bo’lganda uni tezda hal qila oladi. Korxonadagi ish to’xtab qolish sababini aniqlaydi va mazkur holatda qaysi tamoyil amal qilishini belgilab beradi. Shuni unutmaslik kerakki, ko’rib chiqilgan barcha tamoyillarni ro’yobga chiqarish firma boshqaruvi tizimi samarali ishlashiga imkon beradi. Shuning uchun G’arbda ushbu tamoyillar boshqarishning “oltin” qoidalari deb ataladi.
Nazorat savollari:
1. Boshqaruv sohasidagi islohotlar qanday?
2.Boshqaruvda hujjatlar bilan ishlash tizimi nimalardan iborat?
3.Menejmentni tashkil etish va boshqarish jarayonlari qanday ?
4. Boshqaruv tamoyillari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |