Boshqaruv va menejment Reja: Boshqaruv sohasidagi islohotlar Boshqaruvda hujjatlar bilan ishlash


Download 30.89 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi30.89 Kb.
#197598
  1   2   3   4   5
Bog'liq
basqariw ha'm menejment seminar


Boshqaruv va menejment

Reja:

1.Boshqaruv sohasidagi islohotlar

2.Boshqaruvda hujjatlar bilan ishlash

3.Menejment va boshqaruv tamoyillari
Tayanch so’z iboralar: Boshqaruv, menejment, boshqaruvda hujjat bilan ishlash, tamoyillar, ish yuritish, hujjat aylanmasi, hujjat, hujjatlashtirish, axborot boshqaruvi.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar boshqaruv va menejmentning rahbar kadrlarni tarbiyalashdagi o’rnini tadqiq qilishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, erkin fuqorolik jamiyat qurishga qaratilgan tub islohotlarning natijalari esa, ana shu sohadagi faoliyatni qanday tashkil etilganiga ko’p jihatdan bog’liq. Bu, o’z navbatida, mazkur yo’nalishda ham turli tarzda namoyon bo’layotgan maqsad, manfaat va intilishlarni ro’yobga chiqarish uchun jamiyatni demokratlashtirish, yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etish, uning iqtisodiy, siyosiy mustaqilligini mustahkamlash tamoyillariga tayanish lozimligini ko’rsatadi. Bu haqida O’zbekiston Prezidenti: “ mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi”11, deya bejiz ta’kidlamagan.Mamlakatda shakllanayotgan boshqaruv va menejmentning tushuncha va tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan. Bu borada “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”, “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, “Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari”, “Bunyodkorlik yo’lidan”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Adolat, Vatan va xalq manfaati: har narsadan ulug’”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, “O’zbekiston buyuk kelajak sari”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz”, “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin”, “O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kabi asarlarni alohida ko’rsatish mumkin.


Birinchidan, bu – iqtisodiyotni boshqarishda davlat rolining keskin qisqarishi, davlat tuzilmalarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuviga chek qo’yishdir.

Ikkinchidan, bu – respublika darajasidagi vakolatlarning bir qismini mahalliy boshqaruv organlariga o’tkazilishi demakdir.

Uchinchidan, bu – boshqaruv tizimini optimallashtirish, boshqaruvga oid vazifalarning takrorlanishiga barham berish, korxonalar faoliyatini asossiz nazorat qilinishiga chek qo’yish, bozor mexanizmlari hamda shaxsiy tashabbuskorlik va xususiy tadbirkorlik rivojiga halal beruvchi ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish, taqsimlash tizimini tugatish jarayonini yakunlashdir.

To’rtinchidan, bu – davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari xodimlari sonini optimal darajagacha qisqartirilishi demakdir.

Beshinchidan, bu – axborot va kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish asosida davlat boshqaruvi tizimini bosqichma-bosqich zamonaviylashtirish.Shu bilan birgalikda, aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish va korxonaning o’z aksionerlari bilan iqtisodiy munosabatlarini to’g’ri tashkil etish hamda boshqarish vazifalarini maqsadli belgilash hozirgi menejmentda murakkab vazifa hisoblanadi.

Ish yuritish – hujjatlashtirishni ta’minlaydigan va rasmiy hujjatlar bilan ishlashni uyushtiradigan faoliyat sohasi.

Hujjatlashtirish – axborotni belgilangan qoidalarga binoan turli vositalarga yozish.

Hujjat – aynan o’xshatish (identifikasiyalash) imkonini beradigan belgilar (rekvizitlar) bilan moddiy vositaga qayd etilgan axborot.


Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling