Boshqaruv xisobi oraliq nazorat ishi
Boshqaruv hisobining metodi
Download 155.64 Kb.
|
BOSHQARUV MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Boshqaruv hisobi tamoyillari
3. Boshqaruv hisobining metodiBoshqaruv hisobi tizimida uning obyektlari o’ziga xos mazmun va mohiyatga ega. Xususan, yuqorida boshqaruv hisobining birinchi obyekti deb e’tirof etilgan ishlab chiqarish resurslarining holati har qanday olingan xo’jalik yurituvchi subyektda ham aniq davrlar bo’yicha aks ettiriladi, shuningdek ularning harakati uzluksiz tarzda hisobga olib boriladi hamda xo’jalik yurituvchi subyekt xo’jalik faoliyati jarayonida ulardan foydalaniishning maqsadga muvofiqligi doimiy tarzda e’tiborga olib boriladi. Oddiyroq aytiladigan bo’lsa, ana shu ishlab chiqarish resurslarining o’zini har doim aniq hisobini olib borish, harakatini kuzatish va hisobda aks ettirish hamda ularning o’zi kerakmi yoki boshqalariga almashtirish lozimmi degan savollarga javob berib borish kerak bo’ladi. Buning uchun esa, ana shu obyektlarni boshqaruv hisobida aniq bir yondashuv va usullar orqali aks ettirish kerak bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi subyekt ma’lumotlar tizimida boshqaruv hisobi obyektlarining turli xil usullar va yo’llar orqali ifoda etilishi boshqaruv hisobi metodi deb ataladi. Boshqaruv hisobining metodi, boshqaruv hisobi obyektlarini xo’jalik yurituvchi subyektning yagona ma’lumotlar tizimida aks ettirish imkonini beradigan usul va uslublar yig’indisidir. Ana shu usul va uslublarga buxgalteriya hisobining metodi elementlari (xujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kalkulyatsiya, buxgalteriya schyotlari, ikki yoqlama yozuv, buxgalteriya hisoboti va balans), shuningdek me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat qilish, moliyaviy va iqtisodiy matematik tahlillar ham kiradi. Sxematik tarzda uni quyidagicha aks ettirish mumkin: Hujjatlashtirish - xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog’liq barcha jarayonlarning to’liq ifodalanganligini kafolatlovchi birlamchi hujjatlar va elektron ma’lumotlar bazasi tushuniladi. Birlamchi hisob boshqaruv va moliyaviy hisob uchun asosiy ma’lumot manbai bo’lib xizmat qiladi. 4. Boshqaruv hisobi tamoyillariXo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarish murakkab jarayon hisoblanadi. Boshqaruv talablariga javob beruvchi hisob tizimi ham murakkab bo’lib, ko’pgina tadbirlar va jarayonlardan tashkil topadi. Boshqaruv maqsadlaridan kelib chiqib, boshqaruv hisobi tizimi elementlari tarkibi o’zgarishi mumkin. Shu bilan birga, aniq xo’jalik yurituvchi subyektda tashkil qilingan har qanday hisob siyosati umumqabul qilingan tamoyillarga javob berishi kerak. Albatta, bundan boshqaruv hisobi ham mustasno emas. Boshqaruv hisobining tamoyillari mohiyatini to’g’ri anglash shu hisob turidan samarali foydalanish imkonini beradi. Boshqaruv hisobi tamoyillariga quyidagilar kiradi: xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining uzluksizligi; rejalashtirish va hisoblashda yagona o’lchov birliklarini ishlatish; xo’jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo’linmalari faoliyati natijalarini baholash; boshqaruv maqsadida birlamchi va oraliq ma’lumotlarning ko’p marotaba ishlatilishi; xo’jalik yurituvchi subyekt ichidagi kommunikatsiya tizimi; xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishda byudjet usulini qo’llash; hisob obyektlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlovchi to’liqlik va tahliliylik; xo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati tomonidan o’rnatilgan ishlab chiqarish va tijorat jarayonlarining davriyligi. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining uzluksizligi tamoyili – xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish ko’lamini kamaytirish va o’z faoliyatini tugatish maqsadlari yo’qligini namoyon etib, istiqbolda hamisha rivojlanishga intilishini bildiradi. Bu tamoyil hisobchilarni uzoq muddatli muammolarning echimiga qaratilgan ma’lumot xizmatlarini yaratishga yo’naltiradi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish raqobatbardoshliligi tahlili, xom-ashyo va materiallarni etkazib berish, assortimentni o’zgartirish va yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish, ishlab chiqarishga ilg’or texnologiyalarni jalb qilish, investitsiya qilish va shu kabi muhim masalalar borasida operativ (tezkor) va har tomonlama asoslangan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga undaydi. . Download 155.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling