Boshqaruvning ijtimoiy-axloqiy mazmuni


Download 24.61 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi24.61 Kb.
#1503742
Bog'liq
Boshqaruvning ijtimoiy-axloqiy mazmuni


1-MAVZU. “BOSHQARUVNING IJTIMOIY-AXLOQIY MAZMUNI” MAVZUSI BO‘YICHA SEMINAR SAVOLLARI

  1. "Boshqaruv etikasi" tushunchasi va boshqaruv sohasining mohiyati haqidagi fikringiz.

  2. Boshqaruvda insoniylik sifatlarning ko‘rinishlari haqidagi fikringiz.

  3. Davlat boshqaruvi tuzilmalarining axloqiy jihatlari xaqida nimalarni bilasiz?

Javoblar
1. Boshqaruv inson miyasiga taqqoslanadi, bunda Shaxsning yaratuvchilik imkoniyatlari mujassamlangan, undan uning ijodiy qobiliyati namoyon etilishiga ko’rsatma beriladi. Insoniyat tomonidan fan-texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvafaqqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko’ra boshqaruv faoliyatining ilmga bo’lgan talabi ham to’xtovsiz o’sib boradi. Bunday ilmiy yondaShish ehtiyojini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin: - Birinchidan, boshqaruvning nodir xususiyati : biror yo’qdan muayyan nimanidir qilish, tarqoq unsurlardan tizim tuzish. - Ikkinchidan, rahbar tasarrufida bo’lgan yoki u javobgar hisoblangan qadriyatlar ko’lamining jadal oshishi. 6 - Uchinchidan, insonlar kuch-g’ayratiga asoslangan boshqaruvning yaratuvchilik samarasi rahbariyatdan har tomonlama ma’lumotlilik, o’z kasbini ustasi bo’lishlik va tizimli yondaShishni talab qiladi. Boshqaruv etikasining pedagogik tamoyillari: vakolatlilik – lozim vakolatini malakali bajarish uchun zarur bilim, tajriba va o’quvga ega bo’lish; insonparvarlik – xizmat xulqidagi insonni sevish va ezgu ahloqiy xislat, odamlardagi eng yaxShi Shaxsiy ishga qobillik sifatlarini ochishga intilish; innovatsiyaviylik - yangilikni izlash, unga intilish ishtiyoqi, asosli tavakkal qila bilish qobiliyati; pragmatika – natijalarga ko’ra ishlash, ish vaqtidan samarali foydalanish, faol investitsiya faoliyati; ortobiotiklik - o’z hayotini qadrlay bilishni anglash, kelajakka bo’lgan barqaror ishonch, atrof muhitga g’amhurlik bilan munosabatda bo’lish. Ma’muriy rahbar (“birinchi Shaxs”) muvaffaqiyati ko’p jihatdan u o’z hokimiyatini boshqa rahbarlar bilan qanchalik bo’lisha olishligiga va o’ziga bo’ysunuvchilarning ishbilarmonliklaridan qanchalik keng foydalana bilishiga bog’liq. Shunga bog’liq ravishda ma’muriy rahbar xatti-harakatining to’rt uslubini boshqaruv pedagogikasi va etikasining uslublari sifatida e’tirof etiladi: 1 avtokratik : rahbar – bajaruvchi; 2 byurokratik: boshqaruv “nomenklatura g’ildiragi” – bajaruvchi; 3 demokratik: rahbar – boshqaruv “ijtmoiy g’ildiragi” – bajaruvchi; 4 aristokratik: rahbar - mehnatni rag’batlantirish tizimi – bajaruvchi. Boshqaruv sohasining o’ziga xos majburiyatlari va vazifalari mavjud bo’lib, boshqaruvning 5 asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bular: 1. Rag’batlantirish - bu inson omilini keng demokrataya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo’lida g’amxo’rlik qilishni boshqarish; 2. hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me’yorda ta’minlashni boshqarish. 3. Rejalashtirish – oldimizga qo’iyilgan maqsadlarni enhg avvalo reja qilib boramiz. 4. Tashkil qilish – bunda rejalashtirgan rejalarimizni amalga oshirish uchun tashkillashtiramiz. 5. muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o’zaro aloqa o’rnatiladi, amaldagi me’yor va me’yoriy hujjatlardan chetlanilsa ogohlantiriladi. Boshqaruv etikasi bu - jamoani boshqarish madaniyati bo'lib, u insonlarni qadr-qimmatini hurmat qilish va umum ezgulikka hayrihoxlikdagi korporativ maqsadlarga erishish imkoniyatlarini ta'minlash, axloqiy bilim bo'lib, kodeks, norma, loyiha, etalon, standart, ekspert xulosalari va boshqa shu kabi axloqiy tanlov asosida amalga oshirilgan amaliy faoliyat turlaridir.
2. Sivilizatsiyalashgan jamiyatdagi rahbar o`zining ma'naviyati, barkamolligi,
fidoiyligi, iymon-e`tiqodliligi, vatanparvarligi, alohida qobiliyatga ega ekanligi
bilan boshqalardan ajralib turishi kеrak.
Boshqaruv psixologiyasi asoslarini puxta egallash orqaligina har bir insonda
yuksak his-tuyg`ular, mеhnatga ijobiy munosabat, ijtimoiy faollik, komfort
hislarini shakllantirish mumkin. O`zini-o`zi anglash milliy ong kabi yuksak
tuyg`ularni qaror toptirish orqali mеhnatsеvar, vatanparvar kishilarni shakllantirish
joiz. Bozor iqtisodiyotining birmuncha murakkab mеxanizmlari qay yo`sinda
ishlashini tushunib еtish, muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsata olish uchun nimalar
qilish kеrakligini anglash, unga to`g`ri yo`l topa bilish mumkindir.
Hozirgi ijtimoiy muhitda shaxslararo munosabatlar silsilasida “birdamlik ruhi”
va “mushtaraklik tuyg`usi” singari hamkorlik faoliyatini yo`lga qo`yishning
samarali usullari va uslublari psixologiya fanida ishlab chiqilgan. Huddi shu nuqtai
nazarga binoan ijrochi, amalga oshiruvchi inson fikrlashga ojiz robot emas, balki
individual maqsad va manfaatlarga erishish yo`lida o`zining muayyan ijtimoiy
ehtiyojlari majmuasiga ega bo`lgan o`ziga xos shaxs subyеktidir, dеgan ta'rifni
bеrish bilan birga u ziddiyatli zot ekanligiga asoslanib boshqaruvchi shaxsga
(boshqaruvchiga) jiddiy e'tibor qaratishni hamda uning jamoadagi faoliyati
darajasiga asoslanib jamoaning unga nisbatan munosabatini shakllantirish va
aksincha holatlarni o`rganishga e'tibor ortayotganligini ta'kidlab o`tish maqsadga
muvofiq.

Boshqaruv yoki rahbar psixologiyasi orqali shaxsda boshqarishning o`ziga xos


murakkab muammolarini bilishga nisbatan intilishni kuchaytirish, ularda amaliy
tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg`otishga qaratilgandir. Hozirgi davr shaxsi
ertangi kunda boshqaruv tizimining xodimi, kichik, o`rta va katta jamoalar rahbari,
korxona yoki firma faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo`yicha loyihalar,
tadbirlar ishlab chiquvchi yuksak saviyali mutaxassis bo`lib yеtishadi. Buning
uchun boshqaruv psixologiyasining amaliy ko`nikmalari bilan qurollanish shart
hisoblanadi.

3. Rahbar shaxsining axloqiy madaniyati hayotiy tajriba va tarbiya, bilim va san'at shaxs jamiyatning axloqiy madaniyati yutuqlarini turli darajada o'z ongi va xatti-harakatlarida jamlaydigan murakkab dasturdir. SHAXSNING AXLOQIY MADANIYATI- individ tomonidan axloqiy ong orqali jamiyat 


madaniyatini idrok etish darajasi; axloq talablari inson xatti-harakatlari jamiyatning shakllantiruvchi ta’siri ostida qay darajada chuqur va uyg‘un ekanligi ko‘rsatkichidir. Turli omillar ta’siri ostida: hayotiy tajriba va tarbiya; bilim va san’at shaxs jamiyatning axloqiy madaniyati yutuqlarini turli darajada o‘z ongi va xatti-harakatlarida jamlaydi.

Shaxsning axloqiy madaniyati murakkab dastur bo‘lib, o‘z ichiga insoniyatning shunday tajribasini oladiki, unga ko‘ra inson an’anaviy vaziyatlarda axloqan ish yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini –axloqiy aql, intuitsiyani ham o‘z ichiga oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda ahloqiy qarorlar qabul qila oladi. Shaxsning axloqiy madaniyatini shakllantirishdan maqsad-an’anaviy va ijodiy elementlarning optimal uyg‘unligiga erishish, shaxsning aniq bir tajribasini jamoatchilik axloqining barcha boyliklari bilan birlashtirishdir. 



Shaxsning axloqiy madaniyati elementlarining yaxlit tizimi bo‘lib, etik 
fikrlash madaniyati (axloqiy mulohaza yuritish qobiliyati, etik bilimlardan foydalana olish, yaxshilik va 
yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlariga axloqiy me’yorlarni qo‘llay bilish va hakozalar)ni qamrab oladi. O‘z ichiga yana tuyg‘ular madaniyatini, insonning “axloqiy rezonansga” qobilligini, hamdardligini va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va o‘ylarning amalga oshirilish qiyofasini, ularning kundalik hayotda xatti-harakat me’yoriga aylanib borish darajasini xarakterlovchi xulq-atvor madaniyati; shakllarni reglamentlovchi qoidalarga qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni, muloqotda shaxsning o‘zini tuta bilishini oladi.
Xulosa qilib aytganda, shaxsning axloqiy madaniyati - umumiy axloqiy tamoyillarni 
bilish, ularni chuqur his etilgan qarashlariga aylantirish, xatti-harakatlarning eng munosib shaklini qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini o‘zlashtirish shaxsning axloqiy madaniyati mustahkamligini shakllantirishga yordam beradi.
U o'z ichiga insoniyatning shunday tajribasini oladiki, unga ko'ra inson an'anaviy vaziyatlarda axloqan ish yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini – axloqiy aql, intuitsiyani ham o'z ichiga oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda ahloqiy qarorlar qabul qila oladi. Rahbar shaxsining axloqiy madaniyatini shakllantirishdan maqsad-an'anaviy va ijodiy elementlarning optimal uyg'unligiga erishish, shaxsning aniq bi tajribasini jamoatchilik axloqining barcha boyliklari bilan birlashtirishdir. Rahbar shaxsining axloqiy madaniyati - elementlarining yaxlit tizimi bo'lib, axloqiy fikrlash madaniyati (axloqiy mulohaza yuritish qobiliyati, axloqiy bilimlardan foydalana olish, yaxshilik va yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o'ziga xos xususiyatlariga axloqiy me'yorlarni qo'llay bilish va xakozalar)ni qamrab oladi

  • Kamtar bo'lish;

  • qo'l ostidagilar bilan hushmuomala bo'lish;

  • odamlarga keng ko'lamda o'z foydaliligini namoyon etish uchun hokimiyatga intilish;

  • o'z xodimlarini boshqaruv faoliyatida qatnashish uchun faol jalb etish;

  • foydali tanqidni samimiy qabul qilish va jamoat fikrini hurmat qilish;

  • qo'l ostidagilarga ishongan holda munosabatga moyillik, ularni o'z hamfikrlari deb bilish.

Axloqiylik kishilar jismoniy va ruhiy to'laqonligining muhim sub'ektiv omili hisoblanadi. Jamoa faoliyatining natijasi faqat rahbarning axloqiy sifatlarigagina emas, balki ayrim shaxsning va umumiy jamoaning axloqiy sog'lomligiga ham bog'liq. Kishilar jamoasini axloqan sog'lom jamoaga aylantirish rahbarning muhim boshqaruv maqsadi hisoblanadi.
Download 24.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling