Boshqaruvning ijtimoiy-axloqiy mazmuni


Download 26.99 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi26.99 Kb.
#201794
Bog'liq
Ochilov Asliddin Boshqaruv 1- topshiriq


Ochilov Asliddin

1-MAVZU. “BOSHQARUVNING IJTIMOIY-AXLOQIY MAZMUNI” MAVZUSI BO‘YICHA SEMINAR SAVOLLARI

  1. "Boshqaruv etikasi" tushunchasi va  boshqaruv sohasining mohiyati  haqidagi fikringiz.

  2. Boshqaruvda insoniylik sifatlarning ko‘rinishlari haqidagi fikringiz.

  3. Davlat boshqaruvi tuzilmalarining axloqiy jihatlari xaqida nimalarni bilasiz?

Javoblar

1. Boshqaruv inson miyasiga taqqoslanadi, bunda Shaxsning yaratuvchilik imkoniyatlari mujassamlangan, undan uning ijodiy qobiliyati namoyon etilishiga ko’rsatma beriladi. Insoniyat tomonidan fan-texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvafaqqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko’ra boshqaruv faoliyatining ilmga bo’lgan talabi ham to’xtovsiz o’sib boradi. Bunday ilmiy yondaShish ehtiyojini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin: - Birinchidan, boshqaruvning nodir xususiyati : biror yo’qdan muayyan nimanidir qilish, tarqoq unsurlardan tizim tuzish. - Ikkinchidan, rahbar tasarrufida bo’lgan yoki u javobgar hisoblangan qadriyatlar ko’lamining jadal oshishi. 6 - Uchinchidan, insonlar kuch-g’ayratiga asoslangan boshqaruvning yaratuvchilik samarasi rahbariyatdan har tomonlama ma’lumotlilik, o’z kasbini ustasi bo’lishlik va tizimli yondaShishni talab qiladi. Boshqaruv etikasining pedagogik tamoyillari: vakolatlilik – lozim vakolatini malakali bajarish uchun zarur bilim, tajriba va o’quvga ega bo’lish; insonparvarlik – xizmat xulqidagi insonni sevish va ezgu ahloqiy xislat, odamlardagi eng yaxShi Shaxsiy ishga qobillik sifatlarini ochishga intilish; innovatsiyaviylik - yangilikni izlash, unga intilish ishtiyoqi, asosli tavakkal qila bilish qobiliyati; pragmatika – natijalarga ko’ra ishlash, ish vaqtidan samarali foydalanish, faol investitsiya faoliyati; ortobiotiklik - o’z hayotini qadrlay bilishni anglash, kelajakka bo’lgan barqaror ishonch, atrof muhitga g’amhurlik bilan munosabatda bo’lish. Ma’muriy rahbar (“birinchi Shaxs”) muvaffaqiyati ko’p jihatdan u o’z hokimiyatini boshqa rahbarlar bilan qanchalik bo’lisha olishligiga va o’ziga bo’ysunuvchilarning ishbilarmonliklaridan qanchalik keng foydalana bilishiga bog’liq. Shunga bog’liq ravishda ma’muriy rahbar xatti-harakatining to’rt uslubini boshqaruv pedagogikasi va etikasining uslublari sifatida e’tirof etiladi: 1 avtokratik : rahbar – bajaruvchi; 2 byurokratik: boshqaruv “nomenklatura g’ildiragi” – bajaruvchi; 3 demokratik: rahbar – boshqaruv “ijtmoiy g’ildiragi” – bajaruvchi; 4 aristokratik: rahbar - mehnatni rag’batlantirish tizimi – bajaruvchi. Boshqaruv sohasining o’ziga xos majburiyatlari va vazifalari mavjud bo’lib, boshqaruvning 5 asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bular: 1. Rag’batlantirish - bu inson omilini keng demokrataya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo’lida g’amxo’rlik qilishni boshqarish; 2. hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me’yorda ta’minlashni boshqarish. 3. Rejalashtirish – oldimizga qo’iyilgan maqsadlarni enhg avvalo reja qilib boramiz. 4. Tashkil qilish – bunda rejalashtirgan rejalarimizni amalga oshirish uchun tashkillashtiramiz. 5. muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o’zaro aloqa o’rnatiladi, amaldagi me’yor va me’yoriy hujjatlardan chetlanilsa ogohlantiriladi. Boshqaruv etikasi bu - jamoani boshqarish madaniyati bo'lib, u insonlarni qadr-qimmatini hurmat qilish va umum ezgulikka hayrihoxlikdagi korporativ maqsadlarga erishish imkoniyatlarini ta'minlash, axloqiy bilim bo'lib, kodeks, norma, loyiha, etalon, standart, ekspert xulosalari va boshqa shu kabi axloqiy tanlov asosida amalga oshirilgan amaliy faoliyat turlaridir.

2. Sivilizatsiyalashgan jamiyatdagi rahbar o`zining ma'naviyati, barkamolligi,

fidoiyligi, iymon-e`tiqodliligi, vatanparvarligi, alohida qobiliyatga ega ekanligi

bilan boshqalardan ajralib turishi kеrak.

Boshqaruv psixologiyasi asoslarini puxta egallash orqaligina har bir insonda

yuksak his-tuyg`ular, mеhnatga ijobiy munosabat, ijtimoiy faollik, komfort

hislarini shakllantirish mumkin. O`zini-o`zi anglash milliy ong kabi yuksak

tuyg`ularni qaror toptirish orqali mеhnatsеvar, vatanparvar kishilarni shakllantirish

joiz. Bozor iqtisodiyotining birmuncha murakkab mеxanizmlari qay yo`sinda

ishlashini tushunib еtish, muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsata olish uchun nimalar

qilish kеrakligini anglash, unga to`g`ri yo`l topa bilish mumkindir.

Hozirgi ijtimoiy muhitda shaxslararo munosabatlar silsilasida “birdamlik ruhi”

va “mushtaraklik tuyg`usi” singari hamkorlik faoliyatini yo`lga qo`yishning

samarali usullari va uslublari psixologiya fanida ishlab chiqilgan. Huddi shu nuqtai

nazarga binoan ijrochi, amalga oshiruvchi inson fikrlashga ojiz robot emas, balki

individual maqsad va manfaatlarga erishish yo`lida o`zining muayyan ijtimoiy

ehtiyojlari majmuasiga ega bo`lgan o`ziga xos shaxs subyеktidir, dеgan ta'rifni

bеrish bilan birga u ziddiyatli zot ekanligiga asoslanib boshqaruvchi shaxsga

(boshqaruvchiga) jiddiy e'tibor qaratishni hamda uning jamoadagi faoliyati

darajasiga asoslanib jamoaning unga nisbatan munosabatini shakllantirish va

aksincha holatlarni o`rganishga e'tibor ortayotganligini ta'kidlab o`tish maqsadga

muvofiq.

Boshqaruv yoki rahbar psixologiyasi orqali shaxsda boshqarishning o`ziga xos

murakkab muammolarini bilishga nisbatan intilishni kuchaytirish, ularda amaliy

tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg`otishga qaratilgandir. Hozirgi davr shaxsi

ertangi kunda boshqaruv tizimining xodimi, kichik, o`rta va katta jamoalar rahbari,

korxona yoki firma faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo`yicha loyihalar,

tadbirlar ishlab chiquvchi yuksak saviyali mutaxassis bo`lib yеtishadi. Buning

uchun boshqaruv psixologiyasining amaliy ko`nikmalari bilan qurollanish shart

hisoblanadi.

3. Rahbar shaxsining axloqiy madaniyati hayotiy tajriba va tarbiya, bilim va san'at shaxs jamiyatning axloqiy madaniyati yutuqlarini turli darajada o'z ongi va xatti-harakatlarida jamlaydigan murakkab dasturdir. SHAXSNING AXLOQIY MADANIYATI-  individ tomonidan axloqiy ong orqali jamiyat 

madaniyatini  idrok  etish  darajasi;  axloq  talablari  inson  xatti-harakatlari  jamiyatning shakllantiruvchi  ta’siri  ostida  qay  darajada  chuqur  va  uyg‘un  ekanligi  ko‘rsatkichidir.  Turli omillar  ta’siri  ostida:  hayotiy  tajriba  va  tarbiya;  bilim  va  san’at  shaxs  jamiyatning  axloqiy madaniyati yutuqlarini turli darajada o‘z ongi va xatti-harakatlarida jamlaydi.  

Shaxsning  axloqiy  madaniyati  murakkab  dastur  bo‘lib,  o‘z  ichiga  insoniyatning  shunday tajribasini oladiki, unga ko‘ra inson an’anaviy vaziyatlarda axloqan ish yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini –axloqiy aql, intuitsiyani ham o‘z ichiga oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda ahloqiy qarorlar qabul qila oladi.  Shaxsning  axloqiy  madaniyatini  shakllantirishdan  maqsad-an’anaviy  va  ijodiy elementlarning  optimal  uyg‘unligiga  erishish,  shaxsning  aniq  bir  tajribasini  jamoatchilik axloqining barcha boyliklari bilan birlashtirishdir. 

Shaxsning  axloqiy  madaniyati  elementlarining  yaxlit  tizimi  bo‘lib,  etik 

 fikrlash madaniyati  (axloqiy  mulohaza  yuritish  qobiliyati,  etik  bilimlardan  foydalana  olish,  yaxshilik  va 

yomonlikni  ajratish,  yuzaga  kelgan  vaziyatning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  axloqiy  me’yorlarni qo‘llay  bilish  va  hakozalar)ni  qamrab  oladi.  O‘z  ichiga  yana  tuyg‘ular  madaniyatini,  insonning “axloqiy rezonansga” qobilligini, hamdardligini va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va o‘ylarning  amalga  oshirilish  qiyofasini,  ularning  kundalik  hayotda  xatti-harakat  me’yoriga aylanib  borish  darajasini  xarakterlovchi  xulq-atvor  madaniyati;  shakllarni  reglamentlovchi qoidalarga  qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni,  muloqotda shaxsning o‘zini tuta bilishini oladi.  

Xulosa  qilib  aytganda,  shaxsning  axloqiy  madaniyati  -  umumiy  axloqiy  tamoyillarni 

bilish,  ularni  chuqur  his  etilgan  qarashlariga  aylantirish,  xatti-harakatlarning  eng  munosib shaklini qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini o‘zlashtirish shaxsning axloqiy madaniyati mustahkamligini shakllantirishga yordam beradi.  



U o'z ichiga insoniyatning shunday tajribasini oladiki, unga ko'ra inson an'anaviy vaziyatlarda axloqan ish yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini – axloqiy aql, intuitsiyani ham o'z ichiga oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda ahloqiy qarorlar qabul qila oladi. Rahbar shaxsining axloqiy madaniyatini shakllantirishdan maqsad-an'anaviy va ijodiy elementlarning optimal uyg'unligiga erishish, shaxsning aniq bi tajribasini jamoatchilik axloqining barcha boyliklari bilan birlashtirishdir. Rahbar shaxsining axloqiy madaniyati - elementlarining yaxlit tizimi bo'lib, axloqiy fikrlash madaniyati (axloqiy mulohaza yuritish qobiliyati, axloqiy bilimlardan foydalana olish, yaxshilik va yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o'ziga xos xususiyatlariga axloqiy me'yorlarni qo'llay bilish va xakozalar)ni qamrab oladi

  • Kamtar bo'lish;

  • qo'l ostidagilar bilan hushmuomala bo'lish;

  • odamlarga keng ko'lamda o'z foydaliligini namoyon etish uchun hokimiyatga intilish;

  • o'z xodimlarini boshqaruv faoliyatida qatnashish uchun faol jalb etish;

  • foydali tanqidni samimiy qabul qilish va jamoat fikrini hurmat qilish;

  • qo'l ostidagilarga ishongan holda munosabatga moyillik, ularni o'z hamfikrlari deb bilish.

Axloqiylik kishilar jismoniy va ruhiy to'laqonligining muhim sub'ektiv omili hisoblanadi. Jamoa faoliyatining natijasi faqat rahbarning axloqiy sifatlarigagina emas, balki ayrim shaxsning va umumiy jamoaning axloqiy sog'lomligiga ham bog'liq. Kishilar jamoasini axloqan sog'lom jamoaga aylantirish rahbarning muhim boshqaruv maqsadi hisoblanadi.
Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling