Bosim bilan haydash va issiqlik mashinalari haqida umumiy tushunchalar naosolar haqida umumiy tushunchalar


Download 1.08 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1552076
Bog'liq
BOSIM BILAN HAYDASH VA ISSIQLIK MASHINALARI HAQIDA UMUMIY

BOSIM BILAN HAYDASH VA ISSIQLIK MASHINALARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Naosolar haqida umumiy tushunchalar

Nasoslar haqida umumiy malumot

  • Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina,, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan nasoslar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim.
  • Qadimda ham nasos yaratishga urinilgan. Masalan, qadimgi Oʻrta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. Yunon mexanigi Ktesibiy oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan birinchi nasosni ixtiro qilgan. 18-asr boshlariga qadar, asosan, suv koʻtarish mashinalari ishlatilgan. Bugʻ mashinasi yaratilgandan soʻng ularning oʻrnini asta-sekin N. egallay boshladi. 18-asr oxirlarida porshenli N. tarraqiyoti jadallashdi. 19-asr oʻrtalarida porshenli bug N.lari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli N. ham paydo boʻddi. 20-asr 20—30-yillaridan boshlab, baʼzi sohalarda porshenli N. oʻrniga markazdan qochma, rotorli N.lar ishlatila boshladi.

 taraqqiyotining ikkinchi yoʻnalishi aylanuvchi (rotorli) N. yaratilishidan boshlanadi. 17-asr boshida yaratilgan ikki rotorli N. hozirgi tishli gʻildirakli N.ga oʻxshaydi. Key-inchalik rotorli N.ning boshqa xillari paydo boʻldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920-yil markazdan qochma quril-ma deb atalgan birinchi soʻruvchi uyur-ma N.ni taklif qildi. Suyuklikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish gʻoyasini 15-asrda Leonardo da Vinchi ilgari surgan. 17-asr boshida fransuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma nasosni yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo boʻlgandan soʻng markazdan qochma nasos kengroq qoʻllanila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida parrakli va burilma kurakli nasoslar yaratildi. Suyuklikni bosim ostida haydashning uchinchi yoʻialishi — nasos-apparatlar yaratishdan iborat boʻladi. Yunonistonda qizdirilgan havo yoki suv bugʻi yordamida idishdagi suvni siqib chiqaradigan qurilma yaratilgan. Suvni haydashda siqilgan xavodan foydalanish gʻoyasi 20-asrda amalga oshirilgan. Nasos-apparatlarning xillaridan biri — suv oqimli nasos; uni ingliz olimi D. Tompson 1852-yilda taklif qilgan. U suv va havoni soʻrish uchun ishlatilgan. Keyinchalik suvli ejektor, bug-suvli ejektor va boshqa tarzidagi nasoslar yaratildi, quduqlardan suv chiqaradigan gidropnevmatik suv chiqargich taklif kilindi. 20-asr boshlarida magnitgidrodinamik nasoslarning yaratilishi nasos-appratlarni takomillashtirish yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Atom energetikasining taraqqi-yoti munosabati bilan 20-asr 50—60-yillaridagina bunday nasoslar keng qoʻllanila boshladi.

Nasoslarning turlari

«Bosim bilan haydash va issiqlik mashinalari» fani umumtexnika fanlari qatoriga kirib, suyqlik va gazlarni bosimini oshirish, tarmoqqa haydash (Bosim bilan haydash ), hamda issiqlik mashina va qurilmalarini (turbina) ishlash printsipi va konstruktiv xususiyatlarini o‘rganadi. Bu fanni asosan 3 qismga bo‘lish mumkin: Nasoslar, Kompressorlar hamda Turbinalar:


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling