Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Download 1.6 Mb.
bet26/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Issiqliq tashuvchilari
Tayanch so‘z va iboralar: suv, bug‘, havo, gaz, elektr issiqlik tashuvchilar afzallik va kamchiliklari
Doimiy harakatda bo‘luvchi issiqlik tashuvchilar (suv, bug\ havo va gaz)
doimo issiqlikni issiqlik beruvchi manbadan yig'ib olgach, uni eltib issiqlik
asbobida xona ichidagi havoga uzatadi. Issiqlik tashuvchi yetarli darajada tez
va yaxshi harakat qilishi hamda arzon bo‘lishi lozim. sovuq joylarida isitish tizimlaridagi suvning muzlab qolmasligi uchun kalsiy
xloming 27 foizli eritmasi suvga qo'shiladiJ Issiqlik tashuvchilarning xususiyatlariga qarab ulardagj afzallik va kamchiliklar bir-biriga solishtirib k o ‘riladi
G azlar qattiq, suyuq va gaz holatidagi yoqilg‘ini yoqish evaziga hosil
qilinadii Bu yoqilg‘ilarning yonishidan hosil bo'lgan m ahsulot yuqori
haroratga ega bo‘lganligi uchun, uning issiqlik uskunasiga berayotgan
haroratini uskunalarda boshqarish mumkin bo‘lgan taqdirda ham da u
sanitariya-gigiyenik talablariga mos bo‘lsa qo'llash m um kin.i§huning
bilan birgalikda issiq gazlarning kanallar va quvurlar orqali harakati
jarayonida issiqlik miqdorining befoyda sarfi ko‘proqdir. Shunday qilib,
yuqori haroratga ega bo‘Igan issiq gazli muhit xonalam ing ichidagi havo
sifatini buzishga ham qodir, chunki ular to‘g*ridan-to‘g‘ri x o n a ichiga
tarqalishi ham mumkin. Shuning uchun yonish davrida chiqqan mahsulotni issiqlik tashuvchi sifatida xonaga olib kirsak, uning chiqarib yuboruvchi m ukam m al tizimini ham qurishga to ‘g‘ri kelgani uchun uiarning
qiym ati oshadi va foydali ish koeffitsiyenti kamayadi.
Issiqlik tashuvchi gazlarning ishlatilish hajmi biroz cheklanib, u lar faqat
otashxonalarda va kalorifer yordamida binolami isitishda ishlatiladi. Shuning uchun suv, bug* va havo issiqlik tashuvchi sifatida qayta-qayta ishlatilishi bilan birgalikda atrof-muhitga zararli ta’siri yo‘qligi va ekologik toza issiqlik tashuvchi bo'lganligi tufayli issiq gazlarga nisbatan amaliyotda keng
ishlatilmoqda.
Suvning issiqlik tashuvchi sifatida keng ko‘lam da ishlatilishi, uning
siqilmasligi, katta zichlikka ega ekanligi va issiqlik sig‘imining kattaligidadir. Suv haroratga bog'liq holda zichligini, hajmini va yopishqoqlik xususiyatini o ‘zgartiradi va bosim ham da haroratning o ‘zgarishiga bog* liq holda
havoni o ‘ziga eritib qabul qilishi va uni chiqarish qobiliyatiga ega.
P u g ‘ esa issiqlik tashuvchi sifatida tez harakat qilish qobiliyatiga ega
b o ‘lib, zichligi suvga nisbatan (Y $ = 917 kg/m3, Y b =1,5 kg/rn3) juda
ham kamdir^ Bug'ning harorati va zichligi bosimga bog‘liq b o 'lib , uning
bir holatdan (bug*) ikkinchi holatga (kondensat) o ‘tishi ham da hajmini
tez o ‘zgartirishi oson k o ‘chadi.
H avo ham issiqlik tashuvchi sifatida yengil harakat qilish qobiliyatiga
ega va yopishqoqligi, zichligi va issiqlik sig‘imi ham kam boiib, haroratga
bogMiq holda zichligi hamda hajmini tez o‘zgartira oladi. K o‘rinib turibdiki, bu oxirgi uchta issiqlik tashuvchi issiqlik tizimlariga bo‘lgan asosiy
talablarni qoniqtiradi. Sanitariya-gigiyenik talablariga ko‘ra ham bino
xonalarida havo haroratini bir tekis ushlash lozim. Shu sababli boshqa
issiqlik tashuvchilarga nisbatan havo ustun turadi. Chunki xonaga kerakli
haroratdagi issiq havoni yuborib xona ichidagi haroratni istalgan miqdord a saqlash va zudlik bilan boshqarish mumkin. Bu xususiyat ekspluatatsion boshqarish deyiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, issiq havo orqali xonalarni isitish bilan birgalikda havoni almashtirish ham mumkin.
A gar isitish tizimlarida issiqlik tashuvchi suv bo‘lgan taqdirda ham
xonalardagi havo haroratini bir xil ushlash mumkin. Bu issiqlik asboblari
oldidagi jo ‘mrak!ar yoki tirgaklarda o ‘rnatilgan ventillar yordam ida
am alga oshiriladi. Ammojfuv, quvur va asboblarning issiqlik inertsiyasi
t a ’siridan havo harorati 1+2 °C atrofida o ‘zgarib turishi mumkin/
Isitish tizimlarida issiqlik tashuvchi bug‘ bo‘lgan taqdirda binoning
xonalaridagi havo harorati bir xil bo'lmaydi va natijada bu ko‘rsatkich
sanitariya-gigiyenik bobidagi talablarga m a’qul kelmaydi. Bu holat isitish
tizimlaridan berilayotgan issiqlikning o'zgarmas bosim va harorat ostida
notekis tarqatilishi natijasida hosil bo‘lib, bundan tashqari xonalarda sarf
b o ‘layotgan issiqlik miqdori ham o ‘zgaruvchandir. Natijada ayrim xonalar
o ‘ta issiq, ayrim xonalar esa talab qilingan haroratdan past bo‘lishi mumkin
JBug‘ bilan ishlaydigan issiqlik tizimlarida issiq tashuvchining harorati 14)00 С dan kam bo‘Imaydij bu holat esa xonalarda gigiyena talabining chegarasini buzishga olib keladi. Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlardan
biri isitish tizimlarining qurilishida metall tejamkorligidir. M a’lumki, issiqlik qurilmalaridagi quvurlarning k o ‘ndalang kesini yuzasi ortgan sari
quvurlarga sarf bo‘lgan m etall vazni ortadi. Agar bir xil k o ‘ndalang kesim ga ega bo‘lgan quvurdan bug‘, havo, suvdan iborat issiqlik tashuvchining bir xil miqdorini o‘tkazib k o ‘rsak quyidagi xulosaga ega bo‘lamiz
Suvning h aro rati 1500-700C, bug* 0,17 M Pa bosim ostida 130 °C
harorat bilan va havoning harorati 600-150 °C oralig‘ida bo‘lganda hisoblar natijasi 1.1-jadvalda keltirilganBu jadvaidan foydalanib chiqarilgan xulosa asosida issiqlik tashuvchilaming eng sam arali turini tanlash mumkin. Q o‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, k o ‘p qavatii binolam ing isitish tizimlarini loyihalashda
bug‘li tizimni qabul qilish lozim, aks holda tizimdagi gidrostatik bosim
kuchi ta ’sirida quvurlar mustahkamligi chidashga qodir bo‘lm ay qolishi
mumkin. Rivojlangan xorijiy m am lakatlarda baland qavatii binolardagi
isitish tizimlari bug* bilan ishlaydi (AQSH). Issiqlik tashuvchilam i birbiriga nisbatan o ‘ziga xos ustunliklari va kamchiliklari mavjud.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling