Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Hisobiy suv sarfi va erkin bosimini aniqlash


Download 1.6 Mb.
bet51/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Hisobiy suv sarfi va erkin bosimini aniqlash.
Tayanch so‘z va iboralar: sutkalik suv sarfi, soatbay suv sarfi, bino va inshootlarga bog‘liqlik, yashash binolari, sutkalik va kunlik notekislik koeffitsienti, erkin suv bosimi, geodezik balandlik, bosimni yo‘qolishi, ishchi bosim.
Hisoblanadigan suv tizimlaridagi umumiy kunlik suv sarfi
suv iste’molchilari toifasi va soniga qarab aniqlanadi.
Ko‘pincha suv ta’minoti obyektlarida bitta suv ta’minoti
tizimi quriladi, ular turar-joylarga va ma’muriy binolarga
xo‘jalik-ichimlik; sanoat korxonalari ishchilariga xo‘jalikichimlik va sanitariya ehtiyojlari uchun; texnologik jarayon
(ichimlik suv talab qiladigan sanoat korxonalari) uchun suv
uzatadi. Ba’zi bir korxonalarga texnologik jarayon uchun
tozalanmagan suvni yuborish mumkin.
Umumiy suv ta’minoti tizimi tanlanganda, ular aholi va
sanoat korxonalariga ichimlik suv yetkazib berish bilan birga
ko‘katlarni sug‘orish, yo‘lkalarga suv sepish, shahar va sanoat
korxonalaridagi yong‘inni o‘chirish uchun ham suv bilan
ta’minlay olishini e’tiborga olish lozim. Ma’lum sharoitlarda
shaharda joylashgan sanoat korxonalarining suv sifatiga
qo‘yadigan talablariga ko‘ra, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan bir
nechta suv ta’minoti tizimi qurilishi mumkin. Shunday qilib,
xo‘jalik-ichimlik va maishiy-ichimlikka sarflanadigan umumiy
o‘rtacha kunlik suv miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Qkunlik o‘rtacha = (q1 + q2
)•N/1000
bu yerda: q1
va q2 — solishtirma suv iste’moli, l/kun;
N — obodonlashtirish darajasi har xil turarjoydagi aholi soni.
Suv ta’minoti tizimida kunlik o‘rtacha suv sarfi to‘g‘risidagi
ma’lumot yetarli emas, chunki suv ta’minoti tizimi aholini har
xil sharoitda suv bilan ta’minlashi shart. Shaharda yil davomida
har kuni sarflanadigan suv miqdorining o‘rtacha suv sarfini
aniqlash uchun bir kunlik suv iste’molining notekislik koeffitsiyentini Kkun bilish kerak. Suv iste’molining bir kundagi
notekis koeffitsiyenti aholi turmush sharoitini, sanoat korxonalarining ish rejasini, binolarning obodonlik darajasini, yil
davomida, fasl va hafta davomida suv iste’molining o‘zgarishini
inobatga oluvchi koeffitsiyentdir, bu qiymat KMK—204.02.97
dan.
Kkun.maks. = 1.1—1.3; Kkun min.
= 0.7—0.9
qiymatlarga teng.
Bir kecha-kunduzdagi maksimal suv sarfi va minimal suv
sarfi quyidagi ifodada aniqlanadi:
Qkun maks. = Kkun maks.
•Qkun o‘rtacha, m3
/kun;
Qkun min.
= Kkun min.
•Qkun o‘rtacha, m3
/kun.
Bir soatlik hisobli suv sarfi quyidagi ifodada aniqlanadi:
qsoat maks. = Ksoat maks.•Qkun maks./ 24, m3
/ soat;
qsoat min. = Ksoat min.•Qkun min./ 24, m3
/ soat.
bu yerda: Ksoat maks., Ksoat min. — bir soatdagi maksimal va minimal
suv iste’mol qilishning notekis koeffitsiyenti.
Bir soatdagi suv iste’molining notekis koeffitsiyenti quyidagi
ifodada aniqlanadi:
Ksoat maks = amaks•bmaks
Ksoat min = amin•bmin
bu yerda: a — binolarning obodonlik darajasi, sanoat
korxonalarining ish rejimi va boshqa mahalliy sharoitlarni
inobatga oluvchi koeffitsiyent, bu qiymat KMK-2 04.02.97.
amaks = 1.2 - 1.4 : amin = 0.4 - 0.6 oralig‘ida qabul qilingan.
b — aholi turar-joyidagi aholi sonini inobatga oluvchi
koeffitsiyent va KMK-2 04.02.97. 1.8 jadvaldan olinadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling