Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Hovli kanalizatsiya tarmog‘i va uning hisoblash


Download 1.6 Mb.
bet52/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Hovli kanalizatsiya tarmog‘i va uning hisoblash.
Tayanch so‘z va iboralar: hovli kanalizatsiya sxemasi, joylashtirish kanalizatsiya quduqlari va ularning vazifasi, kanalizatsiya trubalari, truba materiallari ularni ko‘cha kanalizatsiyaga ulash
Oqova suvlar ichki kanalizatsiya tarmog‘idan tashqi hovli kanalizatsiya tarmog‘iga tushadi. Hovli kanalizatsiya tarmog‘i binodan chiqqan oqova suvlarni ko‘cha (shahar) tarmog‘iga olib ketadi, u, yerga yotqizilgan quvurlardan va quvurlar chizig‘iga joylashgan Quduqlardan iborat. Quvurlar uchun chuqur qaziganda binoning poydevori va devorlarning cho‘kishidan va darz ketishidan saqlash uchun hovli kanalizatsiya tarmog‘i quvurlari bino devoridan kamida 3 m naridan o‘tkaziladi. Agar quvurlarning yotqizilish chuqurligi va bino poydevorning chuqurligi ma’lum bo‘lsa, bu masofani yanada aniqroq belgilash mumkin. Kuzatish quduqlari shunday joylashtiriladi: bino devoridan quduqqacha bo‘lgan chiqarish quvurining uzunligi 8 m dan oshmasligi kerak. Agar 8 m dan ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha kuzatish qudug‘i quriladi. Shahar kanalizatsiya tarmog‘i oldidagi eng oxir gi quduq nazorat (kontrol) qudug‘i deb ataladi (chizmalarda K gi quduq nazorat (kontrol) qudug‘i deb ataladi (chizmalarda KK deb belgilanadi). Bu quduq, odatda, uchastka chegarasidan (qizil chiziqdan) 1–1, 5 narida joylashtiriladi. Tarmoq ishini tekshirish va tozalab uchun chiqarish quvurlari birlashgan paytda, qayirilishlarga, diametrlar va qiyaliklar o‘zgargan joylarga to‘g‘ri uchastkalarda 35 m quvurlar diametri 150 mm bo‘lganda va 50 m da, quvurlar diametri 200–450 mm bo‘lganda nazorat quduqlari o‘rnatiladi. Kanalizatsion kuzatish quduqlari ko‘pincha tayyor beton halqalar yoki bloklardan, ba’zan g‘ishtdan qilinadi. Quvurlar diametri 200 mm va chuqurligi 2 m gacha bo‘lganda 70 mm qabul qilinadi, katta diametrlar va chuqurliklar uchun1000 mm va undan ortiq qabul qilinadi. Quduqlar diametri 650 mm bo‘lgan cho‘yan qopqoq bilan biriktirib qo‘yiladi. Oqova suvlar qudug‘i tubida yarim doira shaklli beton novlar qilinadi. Novlarning diametri ularga tutashtiriladigan quvurlarning diametriga teng bo‘ladi. Novlarning burilish joylari ravon bo‘lishi kerak, aks holda, ular oqova suvlarning oqishiga to‘sqinlik qiladi va quduqning ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Novlar biroz qiyaroq o‘tkaziladi

Ichki uy kanalizatsiya tarmog‘i rastrubli cho‘yan kanalizatsiya quvurlari va shakldor qismlardan, shuningdek, asbest-sement va polietilen quvurlardan qilinadi. Alohida va umivalniklar guruhi, pissuarlar, rakovinalar, yuvgichlar va vannalar guruhidan keladigan tarmoq chizig‘ining diametri 50 mm li, unitazlardan o‘tadigan chiziqlar esa 100 mm li quvurlardan yig‘iladi. Tarmoq chiziqlari pol ustidan, orasidan yoki ship ostidan o‘tkaziladi. Ularni qayerdan o‘tkazish kerakligi sanitariya asbobining turiga, o‘rniga va zarur qiyalikni saqlash mumkinligiga qarab tanlanadi. Tarmoq quvurlarining diametri ham sanitariya asboblari tarmoq chiziqlarining diametridek bo‘lishi lozim. Agar tarmoq chizig‘ining diametri dastlab 50 mm bo‘lib, unga yo‘l-yo‘lakay unitazdan chiqqan quvur qo‘shilsa, shu joydan boshlab uning diametri 100 mm bo‘lishi lozim. Tarmoq chiziqlari tik quvurlarga 45–60 burchakli qiya uchliklar va xoch (krest)lar, shuningdek, 90º burchakli ravon tarmoqli to‘g‘ri uchliklar va xochlar yordamida ulanadi. Tarmoq chiziqlaridagi burilishlar kamida 90º bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Dumaloqlash radiusi katta bo‘lgan ravon burilishlar uchun birin-ketin ikkita 135º li otvod qo‘yiladi. Tik quvurlar boshidan oxirigacha bir xil diametrli bo‘lishi lozim. Bitta kanalizatsiya tik quvuri surish qismining diametri shu tik quvur diametriga teng bo‘lishi kerak. Bitta surish qismiga ko‘pi bilan oltita kanalizatsiya tik quvurini birlashtirish tavsiya etiladi.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling