Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Adiabatik namlanish jarayoni
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havo oqimchalari.
Adiabatik namlanish jarayoni. Suvning yupqa qatlami yoki tomchisi havo bilan kontaktda bo‘lganda nam termometr haroratni qabul qiladi. Bunday haroratga ega bo‘lgan suv bilan havo kontaktga bo‘lganda, havoni adiabatik (izoentalpiyali) namlanish jarayoni sodir bo‘ladi. I-d-diagrammada bunday jarayon I=const chizig‘i bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi (chapdan pastga o‘ng tomonga). Agar 1 holatidagi havo (3.6-rasm) nam termometr harorati tn1 ga teng bo‘lgan suv bilan kontaktda bo‘lsa, unda uning holati I1=const chizig‘i bo‘yicha o‘zgaradi, masalan, 2-nuqtagacha, bunda 1kg havoning quruq qismida d1 g. namlik assimilyasiyalanadi (aralashib ketadi). Mazkur jarayonda havoning oxirgi namlik bilan to‘yingan holati 3-nuqtada jarayon nuri va = 100 egri chizig‘ining kesishgan joyidir.
Konditsiyalashda ko‘pincha havoni retsirkulyasiyali suv bilan adiabatik namlashdan foydalaniladi. Buning uchun purkash kamerasida suv yana nasos yordamida olinadi. Suv havo bilan uzluksiz kontaktda bo‘lgach, nam termometr haroratiga yaqin haroratga ega bo‘ladi va kichik miqdorda (1-3% gacha) bug‘lanib, kameradan o‘tayotgan havoni namlaydi. Haqiqiy jarayon I=const chizig‘idan, nam havodagi suv bug‘i ulushining issiqlik sig‘imi ortishi natijasida biroz yuqoriga siljiydi, lekin bu siljish amalda yo‘q darajada kamdir. Havo oqimchalari. Tayanch so‘z va iboralar:konvektiv, erkin, izotermik oqimchalar, laminar, turbulent oqimcha Xonaga oqib keladigan havoni to‘g‘ri taqsimlashda havo oqimlari katta rol o‘ynaydi. Ventilyasiya texnikasida havo oqimlari xonadagi havo bilan aralashadi, bunday oqimlar cho‘ktirilgan deb ataladi. Gidrodinamik rejimiga ko‘ra havo oqimlari laminar va turbulent bo‘lishi mumkin. Oqib keluvchi ventilyasion havo oqimlari har doim turbulent bo‘ladi. 6.2 – rasm. Erkin turbulent oqim Havo oqimlari izotermik va izotermik bo‘lmagan oqimlarga bo‘linadi. Izotermik oqimlarda butun oqim bo‘ylab harorat o‘zgarmas bo‘lib, xonadagi havo haroratiga teng (6.3 – rasm). Agarda haroratlar farqi mavjud bo‘lsa, bunday havo oqimlari izotermik bo‘lmagan oqimlar bo‘ladi. Xonalarni ventilyasiya qilishda ko‘pincha izotermik bo‘lmagan oqimlar ishlatiladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling