Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Havoning xususiyatlari va uning holatini o‘zgarish jarayonlari
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
Havoning xususiyatlari va uning holatini o‘zgarish jarayonlari.
Tayanch so‘z va iboralar: nam havo, suv bug‘i. nisbiy namlik,nam saqlami, Klayperon tenglamasi Xonalarda amalga oshiriladigan maishiy va texnologik jarayonlar odatda zararliklarni ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladi. Ventilyasiya texnikasida zararliklar deb, umumlashtirilib xonaga ortiqcha issiqlik, namlik, gaz va bug‘lar, shuningdek, havo orqali kiradigan changlarga aytiladi. Konditsiyalashda xonadan ifloslangan havo olinib, tozasi uzatiladi. SHunday qilib, havo ventilyasiya va havoni konditsiyalash jarayonlarida asosiy ishchi muhitdir. Havoning xususiyatlari uning gazli tarkibi, issiqlik va namlik holati, zararli gazlar, bug‘lar, changlar mavjudligi bilan aniqlanadi. Bizning atrofimizdagi havo gazlar aralashmasidan tashkil topgan: azot gazi N2(78,13% hajmi bo‘yicha), kislorod O2(20,9%), inert gazlar argon va boshqalar (0,94%), CO2 (0,03%) – karbonat angidrid va boshqalar Quruq havoni suv bug‘lari bilan aralashmasiga nam havo deyiladi. Havoni konditsiyalashda nam havo hususiyatlari ko‘riladi, chunki havoda namlikning borligi jarayonlar termodinamikasiga va odamlarning o‘zini yaxshi his etishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nam havo odatda ikki ideal gaz aralashmasi deb ko‘riladi: quruq havo va suv bug‘lari. Dalton qonuniga ko‘ra: Rb= Rk.x. + Rs.b., Pa (3.1) bu erda: Rb – barometrik bosim, Pa (normal atmosfera bosimi 101,3kPa); Rk.x., Rs.b. – mos ravishda quruq havoning va suv bug‘larining parsial bosimi, Pa. Ideal gazning holati Klayperon tenglamasi bilan ifodalanadi: RV = mRT (3.2) bu erda: P – bosim, Pa; V-hajm, m3; m-massa, kg; R – gaz doimiysi, J/((kg·K)); T – harorat (harorat), K. Quruq havo uchun Rk.x.=286,69 kJ/(kg·K), suv bug‘lari uchun Rs.b. = 461,89 kJ/(kg·K). Havoning tarkibiy namligi deb, nam havoda uning 1 kg. quruq qismiga to‘g‘ri keladigan suv bug‘larining massa miqdoriga aytiladi va dharfi bilan belgilanadi: g/kg. Havoning namlik sig‘imi deb, to‘la to‘yingan nam havoda uning 1 kg quruq qismiga to‘g‘ri keladigan suv bug‘larining massa miqdoriga aytiladi va dT harfi bilan belgilanadi g/kg. (3.6) 3. Havoning nisbiy namligi deb, bir xil harorat nam havodagi suv bug‘larining haqiqiy parsial bosimini to‘la to‘yingan suv bug‘larining parsial bosimiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va harfi bilan belgilanadi: (3.7) bu erda: - havoning suv bug‘lar bilan to‘la to‘yingan holatiga nisbatan to‘yinish darajasini foizlar hisobida ko‘rsatadi; Rs.b -to‘la to‘yingan suv bug‘larining parsial bosimi faqat haroratga bog‘liq. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling