Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
6.3 rasm. Erkin izotermik oqimni sxemasi
Agarda havo oqimi o‘z yo‘lida to‘siqlarga duch kelmasa va erkin harakatda bo‘lsa, bunday oqim erkin oqim deyiladi. Agarda oqim o‘z yo‘lida to‘siq konstruksiyalari bilan qisilgan bo‘lsa u holda erkin bo‘lmagan yoki qisilgan oqim deyiladi. U mumiy holda albatta xonaning to‘siq konstruksiyalari oqib keluvchi ventilyasiya havo oqimlariga ta’sir ko‘rsatadilar. Lekin ma’lum sharoitlarda bu ta’sirni hisobga olmasdan turib oqib keluvchi havo oqimlarini erkin oqimlar deb ko‘riladi. Havo oqimi to‘siq konstruksiyasining sirtiga yaqin joylashgan tirqishdan hosil bo‘lsa, (masalan shiftga) va bu sirtga parallel tarqalib unga yoyilsa bunday oqim yoyilgan deyiladi. (6.4 – rasm) Hamma oqimlar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Tezlik vektorlari parallel bo‘lgan: 2. Tezlik vektorlari orasida ma’lum burchak bor bo‘lgan oqimlar. Oqib kelish o‘tkazmasini (pritochnыy nasadok) geometrik shakli oqimning shaklini va uning tarqalish qonuniyatlarini aniqlaydi. SHakli bo‘yicha ixcham (kompakt), yassi (ploskiy) va xalqasimon (kolsevoy) oqimlar mavjud. (6.6 – rasm) 6.6 - rasm. Turli shakldagi oqimlar a- ixcham o‘qiga nisbatan simmetriyali; v- konussimon; s- yassi; d) xalqasimon (to‘liq konussimon); e) to‘la elpig‘ichsimon
Kvadrat va to‘g‘riburchak tirqishlardan oqib chiqayotgan oqimlar boshida o‘z o‘qiga nisbatan simmetriyali bo‘lmaydi, keyinchalik ma’lum masofadan so‘ng o‘qiga simmetriyali oqim bo‘lib qoladi. YAssi oqimlar uzunligi cheksiz bo‘lgan tirqishli tirqishlardan oqib chiqish natijasida hosil bo‘ladi. Amalda tirqish uzunligi uning balandligidan yig‘irma marta katta bo‘lsa, oqim yassi oqim deb hisoblanadi, ya’ni . Agar havo oqimi xalqali tirqishdan oqib chiqayotganda kanal o‘qiga nisbatan 180, bunday oqim xalqali, 135 atrofida bo‘lsa-to‘la konusli, va =90-to‘la elpig‘ichli deyiladi. Tarqatish va so‘rish tirqishlari atrofidagi havo harakatining su’rati mutlaqo bir-biridan farqlanadi (6.7 – rasm). Agarda so‘rish teshigiga havo oqimi har tomonlaridan bir xilda oqib kelsa, tarqatish teshigida u 25 burchak ostida yoyiladigan havo oqimida otilib chiqadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling