Gidravlika
Download 0.68 Mb.
|
GIDRAVLIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat!
GIDRAVLIKA
Mavzu: Suyuqlik oqimining ikki hil harakat tartibi Reja:1. Reynolds kritik soni.2.Laminar harakat.3.Turbulent harakatSuyuqlik harakatining ikki tartibini ingliz olimi O.Reynolds tajribada tekshirgan va natijalarini 1883 yilda e‘lon qilgan. Suyuqlik harakatini tezlikning oqim o’lchamiga ko’paytmasining qovushqoqlik kinematik koefisientiga nisbatidan iborat o’lchovsiz miqdorni harakterlar ekan, bu miqdor olim sharafiga Reynolds soni deb ataladi va Rе bilan belgilanadi.Silindrik trubalardagi oqim uchun Reynolds soni quyidagicha hisoblanadi: Turli shakldagi nosilindrik trubalar va o’zanlardagi oqimlar uchun Reynolds soni quyidagicha o’lchanadi: bu Еrda d – trubaning ichki diametri; dэкв-o’zan yoki nosilindrik trubaning ekvivalent diametri; dэкв = 4R; R – gidravlik radius. Suyuqlikning laminar harakatdan turbulent harakatga o’tishini Reynolds soni Re ning ma‘lum kritik miqdori bilan aniqlanadi va u Reynolds quyi kritik soni deb atalib, silindrik trubalar uchun Rекр.к = 2320 Agar oqimni juda silliq trubada tekshirsak, reynolds kritik soni 2320 dan ortiq, xatto bir necha marotaba ortiq bo’lishi mumkin. Lekin reynolds soni ma‘lum bir qiymatdan o’tgandan so’ng harakat, qanday extiyot choralarini kurilmasin, albatta turbulent bo’ladi. Bu son reynolds yuqori kritik soni deb ataladi va Rекр∙ю = 10000 га teng bo’ladi.Odatda trubalarda oqayotgan suyuqliklar tekis harakatda bo’ladi, ya‘ni oqim yo’nalishi bo’yicha o’zgarmaydi. Harakatning qanday bo’lishiga, asosan, ichki ishqalanish kuchi ta‘sir qiladi. Bu holda uning ikki kesimidagi bosimlar farqi ishqalanish kuchining va geometrik balandliklar farqining katta yoki kichikligiga bog’liq bo’ladi. Bu kuchlar ta‘sirida tezliklar har xil bo’lishi mumkin. Tezlikning katta kichikligiga qarab, suyuqlikning harakati laminar va turbulent harakatga bo’linadi.Laminar harakat vaqtida suyuqlikning zarrachalari qavat – qavat bo’lib joylashadi va ular bir qavatdan ikkinchi qavatga o’tmaydi. Harakat fazosidagi oqim zarrachalari to’g’ri chiziq buylab harakat qiladi. Oqimning parallel oqimli yoki to’g’ri chiziq buylab tinch harakati laminar harakat deyiladi. Laminar harakatni tajribada ko’zatish uchun suyuqlik oqayotgan shisha trubaning boshlang’ich kesimiga shisha naycha orqali rangli suyuqlik keltirib qo’shib yuborsak, rang suyuqlikka aralashmasdan to’g’ri chiziq buylab oqadiOqim tezligini oshirib borsak, oqim zarrachalari bir qavatdan boshqa qavatga o’tib energiyasining bir qismini yo’qotib, o’z qavatiga qaytib keladi, oqim tezligi yanada oshsa zarrachalar bir qavatdan ikkinchisiga tez o’ta boshlaydi natijada harakat tartibi bo’ziladi, bunday harakat turbulent harakat deyiladi.Etiboringiz uchun rahmat!Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling