Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
YOritish jihozlaridan issiqlik ajralishi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrodvigatellardan ajraladigan issiqlik oqimi.
- Quyosh radiatsiyasining issiqlik oqimini aniqlash
YOritish jihozlaridan issiqlik ajralishi
Sun’iy yoritish jihozlaridan ajraladigan issiqlik oqimi uning quvvatiga qarab aniqlanadi. Odatda, xonani yoritish uchun mo‘ljallangan energiya issiqlikka aylanadi va xonaning havosini isitadi deb qabul qilinadi. Agarda yoritish jihozlari quvvati noma’lum bo‘lsa ulardan ajraladigan issiqlik oqimi quyidagi ifodadan aniqlanadi: Qyorit=E F qyoryor ,Vt (4.10) bu erda: E-yoritilganligi (osveщennost) lk, 4.2-jadvaldan qabul qilinadi; F- xona maydoni, m2; qyor.–solishtirma issiqlik ajralishi, Vt/m2, 4.3-jadvaldan olinadi; yor -xonaga tushadigan issiqlik energiyasining ulushi; xonaning tashqi qismida joylashgan yoritgichlar uchun -0,45 lyuminessent lampalar va 0,15 qizitish lampalari uchun; Elektrodvigatellardan ajraladigan issiqlik oqimi. Elektrodvigatellardan ajralib chiqadigan umumiy issiqlik oqimi quyidagicha aniqlanadi: Q el.dv.=No‘r K foy Kyuk Kbir (1- +Kfoy ), Vt (4.11) bu erda: No‘r-o‘rnatilgan elektrodvigatelning quvvati, Vt; Kfoy=0,7-0,9-o‘rnatilgan quvvatidan foydalanish koeffitsienti; Kyuk=0,5-0,8 - yuklanish koeffitsienti; Kbir=0,5-1-elektrodvigatelning birdaniga ishlash koeffitsienti; Kfoy=0,1-1-mexanik energiyasi issiqlik energiyasiga o‘tish koeffitsienti. Quyosh radiatsiyasining issiqlik oqimini aniqlash Quyosh radiatsiyasining issiqligi tashqi to‘siqlar: deraza, devor, shift orqali xonaga kiradi. Derazadan quyosh radiatsiyasi orqali kiradigan issiqlik oqimini aniqlash Deraza orqali xonaga kirayotgan issiqlik oqimini qo‘yidagi formula yordamida topish mumkin Qmax =(qyor Fyor +qs Fs)Kn.o‘. , Vt (4.14) bu erda: qyor ,qc - mos ravshida quyoshdan yoritilgan va soyada bo‘lgan 1 m2, bir qavatli, oddiy, qalinligi =2,43,2 mm oyna orqali xonaga kirayotgan issiqlik oqimi, Vt/m2; Fyor, Fs- mos ravishda quyoshdan yoritilgan va soyada bo‘lgan oynaning yuzasi, m2; Kn.o‘ - oynadan quyosh radiatsiyasi nisbiy kirish koeffitsienti. Qurilish joyining jo‘g‘rofiy kengligi va bino oynalarining orientatsiyasiga qarab maksimal yoki belgilangan hisobiy soat uchun qyor, qc qiymatlari aniqlanadi. Oynani quyosh azimuti Ao,q<900 bo‘lganda. ya’ni tik oyna ayrim yoki to‘liq quyosh nuri bilan yoritilgan bo‘lganda qyor=( qto‘g‘r+ qtarq ) k1k2 (4.15) Agarda tik oyna soyada joylashgan bo‘lsa, ya’ni Ao,q900 bo‘lganda, yoki oynaning tashqarisidan quyoshdan ximoya qiluvchi qurilmalardan soya tushsa qs = qtarq k1k2 (4.16) Bu formulalarda qto‘g‘r , qtarq mos ravishda to‘g‘ri va tarqoq quyosh radiatsiyasining issiqlik oqimini eng katta qiymati 4.4-jadvaldan olinadi; k1-atmosfera iflosligini va deraza panjarasidan tushgan soyani e’tiborga oluvchi tuzatish koeffitsienti, 4.5-jadvaldan qabul qilinadi; k2–oynani iflosligini hisobga oluvchi tuzatish koeffitsienti, 4.6-jadvaldan olish mumkin. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling