Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Xonada havo almashinuvining miqdorini hisoblash
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
Xonada havo almashinuvining miqdorini hisoblash.
Tayanch so‘z va iboralar:oshkora issiqlik, Burchak koeffitsienti, to‘liq issiqlikni, namlikni ortiqligi Havo almashinishi deb xonada zararlangan havoni qisman yoki to‘liq toza atmosfera havosi bilan almashinuviga aytiladi. Xonaga berilayotgan havo sarfini bir necha yo‘l bilan aniqlash mumkin: me’yorlangan karraligi va me’yorlangan solishtirma sarfi bo‘yicha hisoblash. Berilayotgan havo sarfini QMQ 2.04.05-97. me’yoriy hujjatni 15-son va 17-son ilovada muvofiq ravishda va sanitariya me’yorlarini yoki portlash – yong‘in havfsizligi me’yorlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdorlarning kattasini qabul qilgan holda hisoblash yo‘li bilan aniqlash lozim. Yilning issiq va sovuq davrlari uchun havo almashinishi L, m3/soat, kirayotgan va chiqayotgan havoning zichligi 1,2 kg/m3 da teng deb olinganda quyidagi formulalar bilan aniqlanadi: a) oshkora issiqlik ortiqlig‘i bo‘yicha , m3/soat (5.1) b) ajralib chiqayotdan zararli moddalarning massasi bo‘yicha , m3/soat (5.2) v) namlikni ortiqligi bo‘yicha , m3/soat (5.3) d) to‘lik issiqlikni ortiqlig‘i bo‘yicha , m3/soat (5.4) (5.1) va (5.4) formulalardan xonalarda mahalliy so‘rma tizimlar mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin. Jamoat binolarni asosiy xonalarida so‘rma ventilyasiyaga ehtiyoj yo‘q. Bunda (5.1) va (5.4) formulalar o‘zgaradi va quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: , m3/soat (5.5 , m3/soat. (5.6) Xonada bir vaqtda issiqlik va namlik ajralishi ro‘y berganda hisobiy havo almashuvi miqdori I-d diagramma yordamida quruq havoni entalpiyasini va tarkibiy namligini o‘zgarishini hisobga olib aniqlanadi. Xonadagi havo holatini o‘zgarishini ko‘rsatgichi bu burchak koeffitsienti , uning qiymati quyidagicha topiladi: , kJ/kg, (5.7) ya’ni, xonadagi ortiqcha issiqlikning QT ortiqcha namligini W nisbati. Havo almashinishining karraligi jihozlar birligiga oqib keladigan, yoki so‘rib chiqadigan havoning me’yorlangan sarfi binolarni va xonalarni turiga qarab adabiyotlardan aniqlanishi mumkin Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling