Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Havoalmashuvinitashkiletishsxemalari
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
.Havoalmashuvinitashkiletishsxemalari
Tayanch so‘z iboralar:havo almashinuv sxemalari, so‘rish vahaydash tizimi, mahalliy va markazlashgan tizimlar, havoalmashuvi miqdori Ventilatsiya deganda binolarni toza havo bilan ta'minlash, havo almashtirish va talab qilinadigan havo muxitini yaratish tizimlari tushuniladi. Ventilatsiya orqali xonalardan gazlar va zararli moddalar bug'lari, changlar, ortiqcha suv bug'lari, issiqIik chiqarib yuboriladi va tashqaridan toza havo beriladi. Ventilatsiya tizimlari quyidagi asosiy konstruktiv belgilari va parametrlari bo'yicha tasniflanadi: 1. Bajaradigan vazifasiga ko'ra ventilatsiya - oqib kelish va so'rib chiqarish turlariga bo'linadi. Oqib kelish tizimlari deb, xonalarga toza havo uzatadigan ventilatsiya tizimlariga aytiladi. So'rib chiqarish tizimlari esa xonalardan ifloslangan havoni tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi. 2. Xonaga oqib keluvchi va xonadan so'rib chiqarib yuboriladigan havoni harakatga keltirish usuliga ko'ra tabiiy (tashkil etilgan va tashkil etilmagan) va mexanik (sun'iy) ventilatsiyaga bo'linadi. Tashkil etilmagan tabiiy ventilatsiyada xona ichida havo almashinuvi ichki va tashqi havoning bosimlar farqi natijasida ro'y beradi. Bunda shamol ta'siri, tashqi to'siq konstruksiyalarining zich bo'lmasligi, eshik, dyeraza, fortochka, framuga ochilishlari katta ahamiyatga egadir. Tashkil etilgan tabiiy ventilatsiyada xona ichida havo almashinuvi ichki va tashqi havoning bosimlar farqi va shamol ta'sirida ro'y beradi, ammo bu holda havoning asosiy qismi tashqi to'siqlarda maxsus o'rnati!gan v~ o~hili~h darajasi ro~tlanadi~an framugalar orqali almashadl. Ventdatslyanmg bunday tun ayeratslya deb aytiladi. Sun'iy ya'ni mexanik, ventilatsiya tizimlarida havo xonalarga ventilatorl~r yordamida ham uzatilib, ham tashqariga so'rib chiqarib yuboriladi. 3. Xonalarda havo almashinuvini tashkil etilishiga ko'ra - ventilatsiya umumiy havo almashinuvi (o6meo6MeHHaH) (3.1-rasm), mahalliy (JIOKaJIH3YlOmaH, MeCTHaH), aralash (cMemaHHaH), avariyali va tutunga qarshi ventilatsiyaga bo'linadi. Umumalmashinuv ventilatsiya butun havo bo'yicha bir xiI havo muhitini ta'minlashga xizmat qiladi. Bunday ventilatsiya oqib kelish, so'rib chiqarish yoki bir paytda oqib kelish va so'rib chiqarish ventiIatsiyasini o'z ichiga olishi mumkin. Mahalliy so'rib chiqarish ventilatsiya tizimlarida zararli moddalar bug'lari va gazlar to'g'ridan-to'g'ri paydo bo'lganjoylaridan tashqariga chiqarib yuboriladi. Mahalliy oqib kelish ventilatsiyasi faqat toza havo berish kerak bo'lgan ma'lumjoylarga beriladi. Bunday ventilatsiya havo dushlari kabi havoning yerkin oqimlarini ish joyiga yuboradi. Aralash ventilatsiya tizimlari, asosan, san oat ishlab chiqarish xonalarida ishlatiladi, ular mahalIiy va umumiy havo almashinuvli tizim1arini o'z ichiga oladilar. Avariyali ventilatsiya uskunalari faqat to'satdan ko'p miqdorda zararli moddalar bug'lari va gazlar ajrab chiqish mumkin bo'Igan xonalarda ishlatiladi. Bu uskunalar tezda zararli moddalar bug'larini va gazlami chiqarib yuborish kerak bo'lgan paytda ishga tushiriladi. Tutunga qarshi ventilatsiya yong'inning boshlang'ich bosqichida odamlarni xonalardan evakuasiya qilinishini ta'm'inlash uchun ishlatiladi. Ventilatsiya tizimlarining effektiv ishlashi xonalarga havoni to'g'ri uzatish va ulardan so'rib chiqarish chizmalarga bog'liqdir. Havo parametrlarini xona hajmida taqsimlanishi, birinchi navbatda, havo taqsimlovchi uskunalarining konstruktiv yechimlari bilan aniqlanadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling